Hujjatlarni guruhlash - hujjatni qayta ishlash bosqichlaridan biri bo’lib, hujjatlarni hisob registrlariga sintetik va analitik hisobvaraqlarni yozish uchun tayyorlashdir. Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda har kuni anchagina miqdorda har xil hujjatlar to’ldiriladi. Agar har bir hujjat buxgalteriya hisobvarag’ining alohida hisobvaraqlarida aks ettirilib borilsa, u holda buxgalteriyada juda katta qiyinchiliklar vujudga keladi. Yozuv ishlarini kamaytirish maqsadida hujjatlar belgilari va yozilgan davriga ko’ra guruhlanadi. Buning uchun mexanizatsiya vositalari va yig’ma hujjatlardan foydalaniladi va ushbu hujjatlar asosida buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |