Buxgalteriya daftarlari - sintetik va analitik hisobni hujjatlarga asosan qayd qilish.
Daftar (kitob) varaqalariga nazoratni olib borish maqsadida oldindan tartib raqamlari yozib qo’yiladi. Buxgalteriya daftarlari buxgalteriya hisobining eskirgan shakli memorial-orderda keng qo’llanilsada, boshqa shakllarda ham qo’llanilishi mumkin. Masalan, jurnal-order hisob shaklida asosiy vositalar bo’yicha buyum varaqasi (inventar kartochka) qo’llanilmasa, asosiy vositalar hisobidan foydalanish mumkin.
Qo’l mehnatida olib boriladigan buxgalteriya hisobida bosh daftardan foydalaniladi, hamma buxgalteriya hisobi shakllarida ham kassa daftari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |