1.6. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi va
ular o’rtasidagi tafovutlar
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo’yadigan talablari ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasi – foyda olishga qaratilganligi bilan bog’liq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uchta yo’nalishda qayta shakllanmoqda:
a) moliyaviy hisob;
b) boshqaruv hisobi;
c) soliq hisobi.
Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat.
Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlari (strategik hisob)ga xizmat qiladi.
Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo’yicha soliqqa tortiladigan bazani to’g’ri hisoblash va byudjet bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |