Aktsiz solig’i bo’yicha hisob-kitoblar hisobi
Aktsiz – bu egri soliq bo’lib, mahsulotni sotish narxi ustiga qo’shiladi.
Aktsiz to’lanadigan tovarlarning (xizmatlarning) ro’yxati va ularga doir soliq stavkalari O’zRning Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan o’lchov birligiga nisbatan mutloq summada (qat’iy belgilangan), shuningdek advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalarini o’z ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi (11.1-jadval).
11.1-jadval
O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulot
(ko’rsatiladigan xizmatlar) uchun qat’iy belgilangan aktsiz solig’i
STAVKALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |