Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Download 2,01 Mb.
bet334/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”;
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”;
9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.
Banklar, mol etkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara bo’yicha foizlar va boshqa foiz to’lovi xarajatlari 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar” hisobvarag’ining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvarag’ida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar bo’yicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari bo’yicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvarag’ining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar” hisobvarag’ining debetida majburiyatlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar” hisobvarag’ida moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
Quyida moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Kreditlar va qarzlar bo’yicha foizlar hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
2) Asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha foizlar hisoblandi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
3) Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs tafovutlari:
D 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar.
4) Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar hisobga olindi:
D 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” va boshqa majburiyatlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
5) Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi):
D 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
6) Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”
K 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
K 9630 “Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bo’yicha xarajatlar”
K 9690 “Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar”.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish