Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Ishlab chiqarish xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning bo’linmali usuli



Download 2,01 Mb.
bet265/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Ishlab chiqarish xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashning bo’linmali usuli. Bu usul xom-ashyoni kompleks ishlatadigan tarmoqlarda, shuningdek, sanoatni ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishga ega bo’lgan tarmoqlarda qo’llaniladi, unda qayta ishlanadigan xom-ashyo va materiallar ketma-ket bir necha qayta ishlash (bo’linmalar) fazalardan o’tadi. Bo’linma deganda oraliq mahsulot (yarim tayyor mahsulot) yoki tayyor mahsulot (oxirgi bo’linmada)ni ishlab chiqarish bo’yicha texnologik operatsiyalar majmui tushuniladi.
Qora metallurgiyada bo’linmalar cho’yan eritish (domna tsexi), po’lat eritish (po’lat quyish tsexi), prokatlash (prokatlash tsexi)dan iborat; to’qimachilik sanoatida – ip yigiruv, mato ishlab chiqarish va bo’yash bo’linmalardan iborat.
Bo’linmali usul bundan tashqari, yog’ochni qayta ishlash, kimyo, tsellyuloza-qog’oz va boshqa bir qator sanoat sohalarda keng qo’llaniladi.
Bo’linmali usulda ishlab chiqarish xarajatlari nafaqat mahsulot turlari va kalkulyatsion moddalar, balki bo’linmalar bo’yicha ham hisobga olinadi.
Xom-ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlardan kompleks foydalanishda ishlab chiqarilayotgan turli navlar va markalardagi mahsulotlar koeffitsientlar tizimi orqali shartli navga o’tkaziladi. Bir xil turdagi xom ashyodan bir necha mahsulot ishlab chiqarilsa asosiy mahsulot ajratiladi. Qolganlari esa yo’ldosh mahsulotlar deb hisoblanadi va ular belgilangan narxlarda baholanadi. Baholangan yo’ldosh mahsulotlar qiymati ishlab chiqarishning umumiy xarajatlaridan chegirib tashlanadi, qolgan xarajatlar esa asosiy mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashni yarim tayyor mahsulotsiz va yarim tayyor mahsulotli bo’linmali usullari mavjud.
Birinchi variantda, xarajatlar har bir bo’linma bo’yicha hisobga olish bilan cheklangan. Buxgalteriya hisobida yarim tayyor mahsulotlar harakati aks ettirilmaydi. Ularning bir bo’linmadan boshqa bo’linmaga harakati, tsexlarda yuritiladigan yarim tayyor mahsulotlar harakatining operativ hisobi bo’yicha, buxgalteriya tomonidan nazorat qilib boriladi. Xarajatlarni hisobga olishning ushbu tartibiga muvofiq har bir bo’linmadan keyin yarim tayyor mahsulot tannarxi aniqlanmaydi, balki faqat tayyor mahsulot tannarxi hisoblanadi.
Ikkinchi variantda yarim tayyor mahsulotlarning bir tsexdan ikkinchi tsexga harakati buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi va yarim tayyor mahsulot tannarxi har bir bo’linmadan keyin hisoblanadi, bu esa yarim tayyor mahsulotlar tannarxini turli bosqichlarida qayta ishlashda aniqlash imkonini beradi va mahsulot tannarxi ustidan yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Bo’linmali usulda me’yoriy usulning eng muhim elementlari - joriy me’yorlardan (rejali tannarx) haqiqiy xarajatlarning og’ishini tizimli aniqlash va bu me’yorlarning o’zgarishini hisoblashda foydalaniladi. Birlamchi hujjatlarda va operativ hisobotlarda xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulot, energiya va hokazolarning haqiqiy xarajati bilan normativlar taqqoslanishi kerak. Me’yoriy usul elementlaridan foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini kundalik nazorat qilish, normalardan chetga chiqish sabablarini ochib berish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun zahiralarni aniqlash imkonini beradi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish