Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati.
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi.
Amortizatsiyalaydigan qiymat – boshlang’ich va tugatish qiymati o’rtasidagi farq. Masalan, yuk mashinasining boshlang’ich qiymati 60 million so’m va tugatish qiymati - 5 million so’m bo’lsa, uning amortizatsiyalanadigan qiymati 55 mln. so’mni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |