Buxgalteriya hisobi-bu san’at va ayni damda iste’dod vasabr-toqat talab qiladigan kasbdir. Iqtisodiyotning murakkab dunyosini raqamlar ortidagi o’zaro bog’liqlik va uyg’unlikda ko’rish o’ziga xos iqtidordir. I.Shtemmle.
4 BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI
4.1. Asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 34, 35, 36, 37 boblar.
2. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahrir) 306-309, 410-423 moddalar.
3. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zR qonuni (yangi tahrir) 13.04.2016 y. № O’zRQ-404.
4. “Moliyaviy ijara (lizing) to’g’risida”gi O’zR qonuni. 19.11.1991.
5. “Tijorat siri to’g’risida”gi O’zR qonuni. (28.08.2014 y. O’zR qonuni № 374).
6. “Byudjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalari asosiy vositalarni va tugallanmagan qurish ob’ektlarini sotish, shuningdek ularni realizatsiyadan tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi to’g’risida Nizom” (O’zR VMning 2009 yil 31 dekabrdagi 343-sonli qarori).
7. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida”gi Nizom. O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
8. O’zR 2-son BHMS “Asosiy xo’jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”. (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 26.08.1998 y. № 483).
9. O’zR 5-son BHMS “Asosiy vositalar”. (O’zR Adliya vazirligida 2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan ro’yxatga olingan).
10. O’zR 7-son BHMS “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahrir). (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 27.06.2005 y. № 1485).
11. O’zR 11-son BHMS “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar”. (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 28.12.1998 y. № 581).
12. O’zR 17-son BHMS “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari”. (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 23.12.1998 y. № 579).
11. O’zR 21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo’llash bo’yicha Yo’riqnoma”. (O’zR Adliya vazirligida 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan).
13. O’zR 22-son BHMS “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”. (O’zR Adliya vazirligi 2004 yil 21 mayda 1364-son bilan ro’yxatga olingan).
14. O’zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom (Yangi tahrir)”. (O’zR Adliya vazirligida 2004 yil 29 avgustda 1401-son bilan ro’yxatga olingan).
15. “Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi Nizom”. (O’zR Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatga olingan 14.01.2004 y. № 1297).