Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet105/724
Sana06.02.2022
Hajmi2,01 Mb.
#432594
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   724
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI

Kreditlar va qarzlar hisobi 24-sonli BHMS “Qarzlar bo’yicha xarajatlar hisobi” me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Kredit va qarzlarni hisobga olish uchun quyidagi passiv hisobvaraqlar ko’zda tutilgan: 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”, 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”, 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”.
Kredit, qarz olishda qarz oluvchi tashkilot tomonidan olingan pul mablag’lari yoki narsalar qiymati, agar kredit qanday olingan bo’lsa, pul mablag’lari yoki tovarlar haqiqiy olingan muddatga kreditorlik qarzlar tarkibida hisobga olinadi.
Kredit va qarzlar bo’yicha analitik hisobi kredit va qarzlarni turlari bo’yicha va ular olingan maqsadlarga qarab olib borilishi kerak.
Xorijiy valyutada olingan yoki shartli birliklarda ifodalangan kreditlar va qarzlar bo’yicha qarz mablag’lari olingan sanada MB tomonidan belgilangan bank kursi bo’yicha so’mda hisobga olinadi. Agar qarz Markaziy bankning stavkasi belgilanmagan shartli birliklarda ifodalansa, qarz taraflarning kelishuviga ko’ra belgilangan kurs bo’yicha hisobga olinadi. Qarzni qaytarish sanasida kredit yoki shartli birliklar kursi o’zgarsa, paydo bo’lgan farq summasiga kreditorlik qarzlar tartibga solinadi va ayni vaqtda bu farq boshqa daromadlar va xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Korxona tomonidan O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so’mda va chet el valyutasida olingan turli qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi (21-sonli BHMS):
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”;
6820 “Qisqa muddatli qarzlar”;
6830 “To’lanadigan obligatsiyalar”;
6840 “To’lanadigan veksellar”.
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” hisobvarag’ida korxonaning banklardan olgan turli qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi.
Olingan qisqa muddatli bank kreditlarining summalari 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” hisobvarag’ining kreditida va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Qaytarilgan qisqa muddatli bank kreditlari summasi 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” hisobvarag’ining debet tomonida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir kreditni taqdim etgan bank, kredit summasi, muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ida O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) 12 oydan ko’p bo’lmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablag’lar pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ining krediti bo’yicha qayd qilib boriladi.
Olingan qarzlarni qaytarish 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’ining debetida va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob qarz beruvchilar va qarzlarni qaytarish muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” hisobvarag’ida to’lov muddati 12 oydan ortiq bo’lmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga korxonaga jalb etilgan mablag’lar hisobga olinadi. Agar mablag’larni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yo’li bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati o’rtasidagi farq 6220 “Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvarag’ining kreditida hisobga olinadi.
6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va uni qoplash muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
6840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’ida qoplash muddati 12 oydan ortiq bo’lmagan berilgan veksellar hisobga olinadi.
Korxonada berilgan veksellarni hisobga olish muomalalari 6840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’ining krediti va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti tomonida aks ettiriladi.
Veksel bo’yicha muomalalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablag’larining korxona tomonidan qaytarilishi 6840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’ining debetida pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
6840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko’rsatilgan:
1) Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
K 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”.
2) Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan mol etkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzi to’landi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
K 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”.
3) Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar qaytarildi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlar ajratilgan bo’linmalar hisobidan qaytarildi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
5) Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga qisqa muddatli qarz olindi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
K 6840 “To’lanadigan veksellar”.
6) Berilgan veksel va obligatsiyalar qoplandi:
D 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
D 6840 “To’lanadigan veksellar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
K 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
Korxonaning O’zbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan so’mda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holatlari to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”;
7820 “Uzoq muddatli qarzlar”;
7830 “To’lanadigan obligatsiyalar”;
7840 “To’lanadigan veksellar”.
Olingan uzoq muddatli bank kreditlari summasi 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvarag’ining kreditida va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli bank kreditini joriy qismga o’tkazishda, tegishli summaga 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” hisobvarag’i debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” hisobvarag’i kreditlanadi bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlang’ich qiymati kamaytiriladi.
Uzoq muddatli kreditlarning analitik hisobi ularga berilgan kreditlarning turlari va muddatlari, banklar bo’yicha alohida yuritiladi.
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvarag’ida korxonaning O’zbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) 12 oydan uzoq muddatga olgan qarzlari hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) kelib tushgan mablag’lar pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvarag’ining kreditida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli qarzlar joriy qismga o’tkazilganda 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvarag’i debetlanadi va to’lanadigan summa uzoq muddatli qarzlarning boshlang’ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” hisobvarag’ining kredit tomonida ko’rsatiladi.
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir qarz beruvchi va qarzlarni to’lash muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” hisobvarag’ida to’lov muddati 12 oydan ko’p bo’lgan obligatsiyalarni sotish hisobiga korxonaga jalb etilgan mablag’lar hisobga olinadi. Agar mablag’larni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yo’li bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati o’rtasidagi farq 7220 “Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvarag’ining kreditida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli to’lanadigan obligitsiyalar joriy qismga o’tkazilganda 7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” hisobvarag’i debetlanadi va to’lanadigan summa uzoq muddatli to’lanadigan obligatsiyalarning boshlang’ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” hisobvarag’ining kredit tomonida ko’rsatiladi.
7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va to’lash muddati bo’yicha alohida yuritiladi.
7840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’ida qarz beruvchilarga 12 oydan ortiq muddatda qaytarish uchun berilgan veksellar hisobga olinadi.
Berilgan veksellar korxonada 7840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’ining kreditida va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli to’lanadigan veksellar joriy qismga o’tkazilganda 7840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’i debetlanadi va to’lanadigan summa uzoq muddatli to’lanadigan veksellarning boshlang’ich summasini ushbu miqdorga kamaytirib 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism” hisobvarag’ining kredit tomonida ko’rsatiladi.
7840 “To’lanadigan veksellar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel bo’yicha alohida yuritiladi.
Quyida uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar olindi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” yoki
K 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”.
2) Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobiga olingan TMZ qabul qilindi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” yoki
K 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”.
3) Uzoq muddatli bank kreditlari va qarzlar hisobidan bo’naklar berildi:
D 4300 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 4410 “Byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (turlari bo’yicha)” yoki
D 4500 “Maqsadli davlat jamg’armalariga va sug’urtalar bo’yicha to’lovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” yoki
K 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”.
4) Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo’lgan qarz to’landi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari” yoki
K 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”.
5) Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olindi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i” yoki
D 5200 “Chet el valyutasidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 5500 “Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 7830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
K 7840 “To’lanadigan veksellar”.
6) Uzoq muddatli kreditlar, qarzlar, obligatsiyalar va veksellarni joriy qismga o’tkazish:
D 7800 “Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qism”.
Kredit va qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar kreditorlik qarzlar tarkibida hisobga olinadi, to’lovidan qat’iy nazar hisoblangan oyida hisobga olinishi kerak. Buning uchun 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvarag’i ochilgan.
Qarzlar bo’yicha xarajatlar, kapitalizatsiya qilinadigan qismidan tashqari qolgan qismi, ular amalga oshirilgan davrning xarajatlari (moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar) sifatida tan olinishi lozim va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan aks ettiradi:
D 9610 “Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
Investitsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo’li orqali kapitalizatsiya qilinishi lozim. Qarzlar bo’yicha xarajatlar investitsiyalangan aktivning qiymatiga qo’shish yo’li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan xo’jalik yurituvchi sub’ekt kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo’lsa va bunda xarajatlarni ishonchli o’lchash imkoniyati mavjud bo’lsa.
Agar asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmasa unda kredit va qarzlar bo’yicha foizlar boshqa operatsion xarajatlar tarkibida hisobga olinadi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
Agar asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblansa unda kredit va qarzlar bo’yicha foizlar asosiy vositalarni boshlang’ich qiymatiga qo’shiladi, buning uchun quyidagi shartlarga javob berish kerak:
1) asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa yoki boshqaruv ehtiyojlari uchun foydalansa;
b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa;
2) tashkilot asosiy vositani sotib olish yoki qurilish ishlarini boshlab xarajat qilingan bo’lsa;
3) foizlar to’lash muddati etgan bo’lsa;
4) asosiy vositalar qiymati aylanmadan tashqari qo’yilmalar tarkibida aks ettirgan bo’lsa;
5) asosiy vosita foydalanishga topshirmagan bo’lsa.
Bu holatda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuv bo’ladi:
1) asosiy vositani foydalanishga topshirguncha:
D 0810 “Tugallanmagan qurilish”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
2) asosiy vositani foydalanishga topshirganda va 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” hisobvarag’iga qabul qilgandan so’ng:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 6920 “Hisoblangan foizlar”.
Agar bu shartlar rioya qilinmasa, foizlar boshqa operatsion xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Agar asosiy vositalar ob’ektini qurish uch oydan ortiq muddatga to’xtatilsa, foizlar boshqa operatsion xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.



Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   724




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish