Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,34 Mb.
bet38/525
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#793246
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   525
Bog'liq
Muxametov A.B. BUXGALTERIYA HISOBI - DARSLIK

I bob. “Uzoq muddatli aktivlar”; II bob. “Joriy aktivlar”.
Passivda esa yuqoridagi bo‘limlar qarshisida quyidagi bo‘limlar joylashgan:
I bob. “O‘z mablag‘lari manbalari”; II bob. “Majburiyatlar”.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zR Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Balans ikki tomonlama (gorizontal) va bir tomonlama (vertikal) bo‘lishi mumkin. Balansni chap tomoni aktiv va o‘ng tomoni passiv deb ataladi. Balansni vertikal shaklida avval aktiv boblari va moddalari keyin esa passiv boblari va moddalari ko‘rsatiladi.
Balans aktivining I “Uzoq muddatli aktivlar” bo‘limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar va shunga o‘xshash aks ettiriladi.
Aktivning II “Joriy aktivlar” bo‘limida yuqori likvidli, ya’ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga asosan, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari, debitorlik qarzlar, pul mablag‘lari va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar kiradi.
Balansning passivida o‘z mablag‘larining manbasi va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I “O‘z mablag‘lari manbasi” bo‘limida xususiy kapital asosiy o‘rin egallaydi. O‘zR «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni 19-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zahira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Balans passivining II “Majburiyatlar” bo‘limida korxona majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi. Xususan, bu bo‘limda quyidagi majburiyatlar aks ettiriladi:
- mol etkazib beruvchi va pudratchilarga;
- sho‘’ba va tobe korxonalarga;
- ajratilgan bo‘linmalarga;
- kechiktirilgan majburiyatlar;
- olingan bo‘naklar;
- sug‘urtalar bo‘yicha qarz;
- ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar;
- mehnat haqi bo‘yicha qarzlar;
- bank kreditlari va sh.k.
Shunday qilib, bayon qilingan talablarga muvofiq tuzilgan buxgalteriya balansi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ma’lum sanaga bo‘lgan moliyaviy ahvolini aks ettirishi lozim.
Buxgalteriya balansi bozor iqtisodiyoti sharoitida turli axborotdan foydalanuvchilar uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning balansi, mulkdorlar, menejerlar va boshqaruv bilan bog‘liq boshqa shaxslarni korxonaning mulkiy holati bilan tanishtiradi. Balansdan mulkdor nimaga ega ekanligini, ya’ni korxona tasarruf qila oladigan tovar-moddiy zahiralar va boshqa aktivlar qanday miqdor va sifat nisbatida ekanligini bilish mumkin.
Balansga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajara olishi yoki unga moliyaviy qiyinchiliklar xavf tug‘dirayotganligini aniqlash mumkin.
Balans bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi hisobot davrida xususiy kapitalning o‘sishi ko‘rinishida aniqlanib, unga muvofiq korxona rahbarlarining ularga ishonib topshirilgan moddiy va moliyaviy resurslarni saqlash va ko‘paytirish layoqati baholanadi.
Balans ma’lumotlari asosida istalgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning operativ moliyaviy rejasi tuziladi va olingan foydaga muvofiq, pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish amalga oshiriladi.
Balans ma’lumotlari soliq organlari, kredit muassasalari va davlat boshqaruv organlari tomonidan keng foydalaniladi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish