Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi



Download 2,34 Mb.
bet88/525
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#793246
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   525
Bog'liq
Muxametov A.B. BUXGALTERIYA HISOBI - DARSLIK

3.8. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi

Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar (garov, kafillik, bank kafolati) bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi.


Agar tashkilotlar hisob siyosatida dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv yaratilishi nazarda tutilgan hollarda, rezerv tashkil qilishlari mumkin va bu summani moliyaviy natijalarda hisobga oladilar.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobot yili oxirida korxonaning debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi:
- buxgalteriya hisobida –“Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq;
- soliq hisobida – O‘zR Soliq kodeksining 44 bob 313 modda talablariga muvofiq.
Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga ko‘ra, bankrotlik, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki da’vo muddati o‘tganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bog‘liq bo‘lgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq to‘lovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Shu bilan birga buxgalteriya hisobi va soliq hisobida rezerv tuzish uchun turli talablar qo‘yiladi.
O‘zRda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot yuritilishida uchta shart bajarilsa, dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil qilish mumkin:
- qarzdorlik mahsulot, tovar, ish, xizmat uchun hisob-kitoblar bo‘yicha paydo bo‘lgan;
- shartnoma bo‘yicha qarzni qaytarish muddati tugagan;
- qarzni qaytarish kafolatlari mavjud emas.
Soliq kodeksida dargumon qarzlar uchun rezerv tashkil qilishga qo‘shimcha talablar qo‘yiladi, ya’ni:
- dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil qilish uchun, korxonalar soliqqa tortish maqsadida sotishdan tushumni hisoblash usuli bilan amalga oshirilsa;
- rezerv summasi majburiyatning vujudga kelish davriga bog‘liq;
- dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv umumiy summasi hisobot davri bo‘yicha chorak, yarim yillik, to‘qqiz oy, yillik jamlanib boruvchi olingan savdo tushumining 10% idan oshmasligi kerak.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlarning holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” hisobvarag‘ida amalga oshiriladi.
Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bo‘yicha dargumon qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag‘iga olib boriladi.
Rezerv hajmi har bir dargumon qarz bo‘yicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (to‘lov qobiliyati) va qarz summasini to‘liq yoki qisman to‘lash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agar shubhali qarz bo‘yicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning ma’lum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qo‘shiladi va foyda solig‘ini hisoblashda soliq bazasiga qo‘shiladi.
Ilgari korxona tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” hisobvarag‘ining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan hisobvaraqlar)ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Dargumon qarzlar bo‘yicha ishlatilmagan rezerv summasining foydaga qo‘shilishi 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” hisobvarag‘ining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi.
4910 "Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv" hisobvarag‘i bo‘yicha analitik hisob har bir dargumon qarz va rezerv tashkil qilingan muddat bo‘yicha yuritiladi.
Quyida dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni harakati bo‘yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko‘rib o‘tamiz:
1) Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv tashkil qilindi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”.
2) Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv hisobiga hisobdan chiqarildi:
D 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasining ishlatilmagan qismining ular tashkil etilgan yildan keyingi yilning foydasiga qo‘shilishi:
D 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish