Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Bank plastik kartalar bilan hisob-kitoblar



Download 2,34 Mb.
bet72/525
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#793246
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   525
Bog'liq
Muxametov A.B. BUXGALTERIYA HISOBI - DARSLIK

Bank plastik kartalar bilan hisob-kitoblar. BPK - bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasidir.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.
Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga xizmat ko‘rsatiladi.
BPKlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart:
- taraflarning nomi;
- shartnoma predmeti;
- taraflarning huquqlari va majburiyatlari;
- taraflarning javobgarligi;
- hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;
- shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor qilish shartlari;
- nizolarni hal qilish tartibi;
- taraflarning yuridik manzili.
BPKlar personalizatsiya qilingan taqdirda, unda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi shart:
- identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (BPKning seriyasi va tartib raqami);
- bank-emitentning unikal kodi (xos raqami);
- hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi);
- BPKning amal qilish muddati.
- BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.
Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan BPKlar hisobi “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” 93609 ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ining alohida shaxsiy hisobvarag‘ida yuritiladi.
BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qog‘ozda (slip, elektron terminal kvitantsiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga etarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo‘lishi shart.
Elektron ma’lumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
BPKlar bo‘yicha banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar:
- elektron to‘lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;
- amaliyot kuni davomida o‘zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o‘tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar elektron to‘lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
- bank tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayer uning hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
- mijozning BPK hisobvarag‘idagi mablag‘lar bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
- bank tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank-ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda o‘tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;
- bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaktsiyani avtorizatsiya qilib, mablag‘larni elektron to‘lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag‘larni BPK hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
- mablag‘lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va memorial order ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
- amaliyot kuni davomida BPKlar bo‘yicha protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;
- yakuniy summalar O‘zR Markaziy bankining hisob-kitob markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda o‘tkaziladi;
- banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablag‘lar, shu jumladan, ijtimoiy muassasalar, ob’ektlar (bolalar bog‘chasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, o‘zga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablag‘lari; korxonaning talabiga ko‘ra alohida hisobvaraqda yig‘iladigan va sarflanadigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish mablag‘lari; davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Korxonaning ajratilgan bo‘linmalarga bankda joriy xarajatlarni (mehnat haqi, alohida xo‘jalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy hisobvaraqlarda ushbu ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati alohida hisobvaraqda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar” bo‘yicha analitik hisobni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining naqdligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Quyida bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag‘larini harakati bo‘yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko‘rib o‘tamiz:
1) Akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi:
D 5510 “Akkreditivlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
K 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
K 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
2) Qondirilgan da’volar summasining maxsus hisobraqamga kelib tushishi:
D 5510 “Akkreditivlar” yoki
D 5520 “Chek daftarchalari” yoki
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 4860 “Da’volar bo‘yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Depozit ishtirokchisi sifatida aktsiya obunachilaridan bo‘nak summasining olinishi:
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 6320 “Aktsiyaga obunachilardan olingan bo‘naklar”.
4) Qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan akkreditivlarga pul mablag‘lari o‘tkazildi:
D 5510 “Akkreditivlar”
K 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”.
5) Sotish xarajatlarining to‘lovi chek bilan amalga oshirildi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
6) Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi:
a) akkreditivlar:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5510 “Akkreditivlar”.
b) chek daftarchalari:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i” yoki
D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” yoki
D 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
7) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarzni to‘lashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarildi
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
8) Akkreditivdan bo‘nakning berilishi:
D 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar” yoki
D 4390 “Boshqa berilgan bo‘naklar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
9) Sug‘urta bo‘yicha qarzlarning akkreditiv mablag‘lari hisobiga qoplanishi:
D 6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”
K 5510 “Akkreditivlar”.
10) Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun to‘lovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarish:
D 6990 “Boshqa majburiyatlar”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
11) Maxsus hisobvaraqdan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga bo‘lgan qarzning to‘lanishi:
D 6120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar»
K 5530 «Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
12) Sotib olingan putyovkalar uchun maxsus hisobvaraqdan to‘langan summa:
D 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)”
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
13) Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablag‘larning qisqa muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”
K 5520 “Chek daftarchalari”.
14) Akkreditivdagi ishlatilmagan mablag‘ning uzoq muddatli bank kreditlarini qoplash uchun qaytarilishi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi” yoki
D 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”
K 5510 “Akkreditivlar”.
15) Qondirilgan da’volar summasining maxsus hisobraqamga kelib tushishi:
D 6920 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari” yoki
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
16) Ijaraga beruvchiga tegishli bo‘lgan to‘lovlar to‘landi:
D 6910 “To‘lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.



Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish