Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi)



Download 2,34 Mb.
bet28/525
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#793246
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   525
Bog'liq
Muxametov A.B. BUXGALTERIYA HISOBI - DARSLIK

Offsetting (moddalarning o‘zaro hisobga olinishi). Aktivlar va passivlar o‘rtasida o‘zaro hisobga olinishi bo‘lmasligi kerak, agar boshqa BHMSlarda bu holat ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Daromadlar va xarajatlar moddalari o‘zaro hisobga olinishi mumkin emas, faqat quyidagi hollar bundan mustasno:
- BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi;
- foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xarajatlar va voqealar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyaning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday miqdorlar umumlashtirilishi va netto-asosda taqdim etilishi kerak.
Agar daromadlar va xarajatlar o‘zaro hisobga olingan bo‘lsa, shunga qaramay xo‘jalik yurituvchi sub’ekt muhimlik tamoyiliga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni ochib ko‘rsatish ehtiyojini qarab chiqishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini “Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasida tashkil etilgan zahiralarni shubhali qarzlardan chiqarib tashlab aks ettirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, lekin tushuntirish yozuvida debitorlik qarzi miqdori ham, shubhali qarzlar bo‘yicha tashkil etilgan zahiralar miqdori ham alohida ko‘rsatiladi.
Xolislik. Moliyaviy hisobot sub’ektning moliyaviy ahvolini, uning faoliyati moliyaviy natijalarini va pul mablag‘larining harakatini xolisona ko‘rsatishi lozim. Xolislik tamoyiliga erishish uchun har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish chog‘ida BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy tamoyillarini qo‘llanishga majburdir.
Faoliyatning xilma-xil turlari bo‘yicha yangiliklarni joriy etishning tezligi shunday operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkinki, bunday operatsiyalar va vaziyatlar bo‘yicha BHMS hali ishlab chiqilmagan. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga hisob siyosatini tanlash va qo‘llanish yo‘li bilan erishiladi. Bunday siyosat xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu standartga muvofiq ravishda mustaqil ishlab chiqilishi lozim.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   525




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish