Bog'liq Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B
Tashkilotning valyuta hisobvaraqlari bo’yicha sintetik hisob-kitob operatsiyalari. Tashkilotning valyuta hisobidagi valyutadagi pul oqimi ikki asosiy bosqichdan iborat:
1) pul mablag’larini valyuta hisobiga olish bosqichi;
2) tashkilotning valyuta hisobidan pul mablag’larini hisobdan chiqarish bosqichi.
Tashkilotning valyuta hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarning sintetik hisobi hisob-kitob hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalarni hisobga olishga o’xshaydi. Asosiy hisob registri mablag’larni to’lovchining shaxsiy hisobvarag’idan ko’chirma hisoblanadi.
BHMS № 22 “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ning maqsadi chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda ochib berish tartibini belgilash hisoblanadi.
BHMS № 22 ning amal qilishi O’zR hududidagi, O’zR hududida chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun mo’ljallangan.
O’zRda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar milliy valyuta - so’mda buxgalteriya hisobini yuritishlari va moliyaviy hisobotni taqdim etishlari kerak.
Chet el valyutalarining so’mga nisbatan O’zR Markaziy banki tomonidan belgilangan kursining o’zgarishiga hamda aktivlar va majburiyatlarni qayta hisoblashga bog’liq holda musbat yoki manfiy kurs farqi yuzaga keladi.
Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning qiymati, buxgalteriya hisobida aks ettirish maqsadida so’mlarga qayta hisoblanishi kerak. Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlar qiymatini so’mlarda qayta hisoblashish ana shu chet el valyutasi uchun so’mga nisbatan Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun ko’rsatilgan so’mlardagi qayta hisoblash chet el valyutasida operatsiya sodir etilgan sanada Markaziy bank kursi bo’yicha amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun chet el valyutasida ayrim operatsiyalarni sodir etish sanalari maxsus ilovada keltirilgan.
Buxgalteriya hisobida chet el valyutasida konsignantdan kreditorlik qarzi konsignatsiya tovarlari ana shu sanaga Markaziy bank kursi bo’yicha sotilish sanasida yuzaga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zahiralari va boshqa aktivlarni baholash, ularning xarid qilinganligini tasdiqlovchi boshlang’ich hisob hujjatlarida (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasida) ko’rsatilgan qiymatidan kelib chiqib, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo’yicha qayta hisoblab, shuningdek O’zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizom”ning 1.1.12-bandi, O’zR 5-son BHMS “Asosiy vositalar” (ro’yxat raqami 1299, 2004 yil 20 yanvar) va O’zR 4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar”ga (ro’yxat raqami 1595, 2006 yil 17 iyul) muvofiq shakllanadigan, xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.