Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Download 2,01 Mb.
bet223/524
Sana02.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#479332
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

8.8. Kelgusi davr xarajatlari hisobi


Kelgusi davr xarajatlari va kechiktirilgan xarajatlar – joriy qismi. Ushbu xarajatlarni hisobga olish uchun hisobvaraqlar rejasida ikki guruh hisobvaraqlar qo’llaniladi:
- kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (3100);
- kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (3200).
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Ushbu hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi bo’yicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan xarajatlar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
3110 “Oldindan to’langan operativ ijara haqi”;
3120 “Oldindan to’langan xizmat haqi”;
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
Bu hisobvaraqlarda quyidagilar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan to’lash;
b) mulkning yillik sug’urtasini to’lash;
c) kelgusi davrlar uchun operativ ijara to’lovi badallari va kelgusida xarajatlarga kiritilishi mumkin bo’lgan boshqa xarajatlar.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (3100)da hisobga olingan xarajatlar xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish o’rnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
3110 “Oldindan to’langan operativ ijara haqi” hisobvarag’ida ushbu hisobot davrida to’langan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli operativ ijara haqi hisobga olinadi, masalan, korxona yil boshida bir yil uchun oldindan ijara haqini to’ladi.
3120 “Oldindan to’langan xizmat haqi” hisobvarag’ida ushbu hisobot davrida oldindan haqi to’langan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli bo’lgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda obuna bo’yicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” hisobvarag’ida 3110 “Oldindan to’langan operativ ijara haqi” va 3120 “Oldindan to’langan xizmat haqi” hisobvaraqlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan to’langan xarajatlar hisobga olinadi.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (3100) bo’yicha analitik hisob hisobvaraqlari xarajat moddalari va ob’ektlari (yo’nalishlari) bo’yicha yuritiladi.
Quyida kelgusi davr xarajatlari harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib chiqamiz:
1) Kelgusi davr xarajatlarida hisobga olinadigan ishlarni amalga oshirish uchun materiallar, tayyor mahsulotlar chiqarildi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.
2) Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning ko’rsatgan xizmatlari:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
3) Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli bo’lgan umumishlab chiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari”.
4) Kelgusi yilga obuna bo’yicha xarajatlar amalga oshirildi:
D 3120 “Oldindan to’langan xizmat haqi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
5) Kelgusi davr xarajatlariga tegishli bo’lgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol etkazib beruvchilarga va pudratchilarga bo’lgan qarzlar:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 7010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
6) Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa to’lanadigan hisobvaraqlar:
D 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki boshqa majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar.
7) Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar hisobvaraqlariga o’tkazildi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
K 3100 “Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish