6.6. Materiallarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
№ 1 misol
Mahalliy kompaniya materiallar etkazib berish bo’yicha xorijiy mol etkazib beruvchi bilan shartnoma imzoladi. Materiallarning shartnoma qiymati 10 000 AQSh dollari. Valyuta kursi O’zR MB tomonidan, materiallarni kirim qilish sanasida, belgilangan summa 9400 so’mni, to’lov sanasida – 9500 so’mni tashkil etdi. Materiallarni qabul qilish sanasi davlat bojxona deklaratsiyasini ramiylashtirish sanaga to’g’ri keladi. Import materiallari bo’yicha bojxona boji 5 %; bojxona yig’imi - 0,1%; QQS summasi - 15 %. Kompaniya materiallarni qabul qilish hisobini 1510 hisobvarag’ini qo’llash yordamida amalga oshiradi.
Yechim
Xo’jalik operatsiyalari mazmuni
Summa, so’m
Hisobvaraqlarning bog’lanishi
Debet
Kredit
Import bo’yicha bojxona boji summasi aks ettiriladi (10 000 x 9400 so’m x 5 %)
4 700 000
1510
6990
Import bo’yicha bojxona yig’imi summasi aks ettiriladi(10 000 x 9400 x 0,1 %)
94 000
1510
6990
Tovarlarni O’zR hududiga olib kirishda bojxona organlariga to’lanadigan QQS summasi aks ettiriladi ((10 000 x 9400 so’m + 4 700 000 so’m + 94 000 so’m) x 15 %)
O’zR valyutasiga O’zR MBning hisob-kitob sanasidagi kursi bo’yicha import qilingan materiallarining shartnoma qiymati aks ettiriladi (10000 x 9400)
94 000 000
1510
6010
Import materiallari balansda haqiqiy sotib olish xarajatlari summasida qayd etiladi (4 700000 + 94 000 + 94 000 000)
98 794 000
1010
1510
Xorijiy mol etkazib beruvchiga to’langan summa aks ettiriladi (10 000 x 9500)
95 000 000
6010
5210
Olingan import materiallari bo’yicha bojxona organlariga to’lanadigan QQS hisobga olindi
14 819 100
6410
4410
Xorijiy mol etkazib beruvchi bilan hisob-kitoblar bo’yicha kurs farqi aks ettiriladi
1 000 000
9620
6010
№ 2 misol
2019 fevral oyida kompaniya asosiy faoliyat uchun yog’och sotib oldi. Mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha materiallar qiymati shartnoma sanasida O’zR MB tomonidan tasdiqlangan AQSh dollari kursiga ekvivalent bo’lgan shartliy birliklarda aniqlandi va 20 000 dollarni tashkil etdi va QQS summasi - 3000 AQSh dollar. Materiallarni qabul qilish sanasida MB kursi 1$= 9400 so’mni tashkil etdi. To’lov sanasida- 9500 so’m.
Yog’ochni sotib olish uchun kompaniya boshqa tashkilotdan maqsadli qisqa muddatli kredit oldi, unda yog’ochni omborga olishdan oldin hisoblangan foizlar 300 000 so’mni tashkil etdi.
Yog’ochni mol etkazib beruvchidan xaridor omboriga etkazib berish xarajatlari 300 00 so’mni, QQS summasi - 45000 so’mni tashkil etdi.
Hisob siyosatiga ko’ra tashkilotda materiallar tannarxini shakllantirishni 1510 va 1610 -hisobvaraqlar yordamida amalga oshiriladi. Sotib olingan materiallarning hisob qiymati 180 000 000 so’mni tashkil etadi.
Xo’jalik operatsiyalariga buxgalteriya yozuvlari tuzing.
Yechim