Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Mehnatga haq to’lashning aralash tizimlari



Download 2,01 Mb.
bet178/524
Sana02.03.2022
Hajmi2,01 Mb.
#479332
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   524
Bog'liq
Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B

Mehnatga haq to’lashning aralash tizimlari. Tarifsiz va tarifsiz tizimlardan tashqari yangi shakllar sifatida aralash tizimlarni ham keltirish mumkin, chunki bu tizim tarifsiz va tarifsiz haq to’lash shakllarining belgilariga ega bo’lganligi tufayli shu nomni olgan.
Bular, birinchi navbatda, quyidagi haq to’lash tizimlarini o’z ichiga oladi:
- suzib yuruvchi ish haqi tizimi;
- haq to’lashning komission tizimi;
- dilerlik faoliyati.
1) suzuvchi ish haqi tizimi har oyning oxirida ish tugashidan va har bir xodimning mehnatiga haq to’lashdan keyin, keyingi oy uchun yangi lavozim maoshlarini shakllantirilishini ko’zda tutadi. Topshiriqni bajarish sharti bilan ushbu mutaxassis tomonidan xizmat qilgan ish joyida hosildorlikning har bir foizi o’sishi (yoki kamayishi) uchun ish haqi ortadi (yoki kamayadi).
Bunday ish haqi tizimi hosildorlik va sifatni yaxshilashini rag’batlantirish uchun mo’ljallangan bo’lib, bu ko’rsatkichlar yomonlashgandek bo’lsa, keyingi oy uchun ish haqi kamaytiriladi.
2) mehnat haqining komissiya shakli xodimning korxona nomidan biron-bir bitim (shartnoma) tuzish bo’yicha harakatlarini ushbu bitimning umumiy hajmidan komissiya foizida to’lashni nazarda tutadi. Bu usul, masalan, savdo bo’limlari xodimlari, tashqi iqtisodiy xizmat, reklama agentlari va boshqalar uchun qo’llaniladi.
Komissiyaga asoslangan haq to’lash tizimi yakuniy natija uchun to’lov shaklidir. Ish haqi hajmi korxona tomonidan mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan daromaddan qat’iy foiz ko’rinishida belgilanadi. Xodimga to’lanadigan tushumdan foiz haq to’lash tashkilot rahbari tomonidan mehnatga haq to’lash to’g’risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi va uning buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Sotilgan mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar) qiymati QQSsiz aniqlanadi. Xodimga mehnat haqining qat’iy miqdorda belgilanishi mumkin, agar foiz bilan hisoblangan ish haqi summasi ushbu miqdordan past bo’lgan taqdirda to’lanadi.
Komission daromadlar qat’tiy foiz sifatida belgilanishi mumkin:
- xodim tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan olingan daromaddan;
- ishchi tomonidan realizatsiya qilingan mahsulot hajmi summasidan;
- ishchi tomonidan realizatsiya qilingan mahsulotning ma’lum turi miqdoridan;
- ta’mirlash, texnik, konsalting va boshqa xizmat turlari bo’yicha ishchi tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun mijozlar tomonidan to’lovlar summasidan va boshqalar.
3) Dilerlik mexanizmi korxona mahsulotining bir qismi xodim tomonidan o’z mablag’lari bilan sotib olishni keyinchalik o’z kuchlari bilan realizatsiya qilishni ko’zda tutiladi. Diler (ingl. dealer - sotuvchi, savdogar) - tovar, qimmatli qog’ozlar va valyutani oldi-sotdi bitimlarida vositachilik qiluvchi shaxs yoki firma.
Bu holatda, diler mahsulotni ulgurji sotib olib chakana savdoda sotadigan va tovarlar qiymatidagi farqdan daromad oladigan tadbirkordir. Bu mexanizmni natura shaklida bo’nak ish haqi to’lash va keyinchalik qayti hisob-kitob qilish deb tasavvur qilish mumkin.
Korxona va xodim o’rtasidagi kelishuvga ko’ra, tovar oldindan to’lovga olinishi mumkin va hisob-kitob mahsulot oldindan belgilangan narxda sotilgandan so’ng amalga oshiriladi.

Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   524




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish