Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Kompyuter viruslaridan himoyalash



Download 5,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/145
Sana21.12.2022
Hajmi5,64 Mb.
#893080
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   145
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kompyuter ta`minoti

Kompyuter viruslaridan himoyalash


Viruslar bilan kurashish metodlari va vositalari.
Viruslar 
tarqalishining ommalashuvi, ular ta’siri oqibatlarining jiddiyligi virusga qarshi 
maxsus vositalami va ularni qo‘llash metodlarini yaratish zaruriyatini tug'dirdi. 
Virusga qarshi vositalar yordamida quyidagi masalalar yechiladi:
• 
kompyuter sistemalaridagi viruslar aniqlanadi; 
viruslar ta’siri 
oqibatlari yo'qotiladi.
Viruslarni ularning ta ’siri boshlanishi bilanoq yoki, loaqal, zararkunandalik 
vazifalari boshlanmasdanoq aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Barcha 
xil viruslaming aniqlanishini kafolatlovchi virusga qarshi vositalar mavjud 
emasligini ta’kidlash lozim. Kompyuter sistemalarida viruslarni aniqlashning 
quyidagi metodlari mavjud:
• 
skanerlash;
• 
o’zgarishlarni bilib qolish;
• 
evristik tahlil;
• 
rezident qorovullardan foydalanish;
• 
dasturni vaksinasiyalash;
• 
viruslardan apparat-dasturiy himoyalanish.
Skanerlash viruslarni aniqlashning eng oddiy metodlaridan hisoblanadi. 
Skanerlash skaner-dastur tomonidan amalga oshiriladi. Bu skanerdastur 
viruslaming tanituvchi qismini — signaturani qidirish maqsadida fayllarni 
ko‘rib chiqadi. Ko‘pincha skaner-dasturlar aniqlangan viruslarni yo‘qotishi 
mumkin. Bunday dasturlar polifaglar deb ataladi. Skanerlash metodi 
signaturalari ajratilgan va doimiy bo‘lgan viruslarni aniqlashda qo‘llanadi.
O‘zgarishlarni bilib olish metodi dasturiy taftishchidan foydalanishga 
asoslangan. Bunday dasturlar, odatda, virus joylashadigan diskning barcha 
qismlari tavsifini aniqlaydi va eslab qoladi. Dasturtaftishchining davriy 
bajarilish jarayonida saqlanuvchi tavsiflari bilan disk qismlarini nazoratlash 
natijasidagi xarakteristikalar taqqoslanadi. Taftish natijasida dasturiy viruslar 
borligi xususida taxminga asoslangan axborotni beradi.
Bu metodning eng asosiy afzalligi viruslaming barcha xilini hamda 
noma’lum viruslarni aniqlay olish imkoniyatidir.
Evristik tahlil metodi ham, o‘zgarishlarni bilib olish metodlari kabi, 
noma’lum viruslarni aniqlash imkonini beradi. Ammo bu metod fayl sistemasi 
xususidagi axborotni oldindan yig‘ish, ishlash va saqlashni talab etmaydi. 
Evristik tahlilning mohiyati viruslar yashashi ehtimol tutilgan makonlarni 
tekshirish va ulardagi viruslarga xos buyruqlarni (buyruqlar guruhini) 
aniqlashdan iboratdir.
Rezident qorovullardan foydalanish metodi hisoblash mashinasining 
asosiy xotirasida doimo saqlanuvchi va boshqa dasturlar harakatini kuzatuvchi 
dasturlarga asoslangan. Bu metodning jiddiy kamchiligi unda yolg'ondakam 
trevogalar foizining yuqoriligidir.


Dasturni vaksinatsiyalash deganda, uning yaxlitligini nazorat qilish 
maqsadida maxsus modulning yaratilishi tushuniladi. Fayl yaxlitligining tavsifi 
sifatida, odatda, nazorat yig'indisidan foydalaniladi.Vaksinatsiyalangan fayl 
zaharlansa, nazorat moduli nazorat yig‘indisining o‘zgarishini aniqlaydi va 
foydalanuvchini bu xususda ogohlantiradi.
Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalardan foydalanish viruslardan 
himoyalanishning eng ishonchli metodi hisoblanadi. Hozir shaxsiy 
kompyuterlarni himoyalashda maxsus nazoratchilar va ularning dasturiy 
ta’minotidan foydalaniladi. Nazoratchi umumiy shinadan foydalana oladi va 
shu sababli disk sistemasiga bo'lgan barcha murojaatlarni nazorat qila oladi. 
Nazoratchining dasturiy ta’minotida ishlashning oddiy rejimida diskning 
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan qismlari xotirlanadi.
Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalar quyidagi afzalliklarga ega:
• 
doimo ishlaydi;
• 
ta’sir mexanizmidan qat’i nazar barcha viruslarni aniqlaydi;
• 
virus ta’siri yoki malakasiz foydalanuvchi ishi natijasidagi ruxsatsiz 
harakatlarni to'xtadi.
Bu vositalarning shaxsiy kompyuter apparat vositalariga bog‘liqligini 
ularning kamchiligi sifatida ko'rsatish mumkin. Viruslar ta’siri oqibatlarini 
yo'qotish jarayonida viruslar yo‘qotiladi hamda virus tushgan fayllar va xotira 
qismlari tiklanadi. Viruslarga qarshi dasturlar yordamida viruslar ta’siri 
oqibatlarini yo‘qotishning ikki metodi mavjud.
Birinchi metodga binoan, sistema ma’lum viruslar ta’siridan so‘ng 
tiklanadi. Virusni yo‘qotuvchi dastumi yaratuvchi virusning strukturasini va 
uning yashash makonida joylashish tavsifini bilishi shart.
Ikkinchi metod noma’lum viruslar bilan zaharlangan Fayllarni va 
yuklama sektorni tiklashga imkon beradi. Fayllarni tiklash uchun tiklovchi 
dastur fayllar xususidagi joyda viruslar yo'qligidagi axborotni oldindan saqlashi 
lozim. Zaharlanmagan fayl xususidagi va viruslar ishlashining umumiy 
prinsiplari xususidagi axborotlar fayllarni tiklash imkonini beradi.

Download 5,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish