Yangi mavzuni mustahkamlash.
1.O`rta Osiyoning siyosiy xaritasi qanday bo`lgan?
2.O`rta Osiyoning aholisi qanchani tashkil etadi.
Uyga vazifa. : kitobdan 3-4 betlerni mavzuni o’qib kelish.
Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ____________
Sana: _______________ Sinf : ___________________
Mavzu: Geografik xarita, atlas, globus va ular bilan ishlash.
Proeksiyalar haqida tushuncha
Darsning maqsadi:
1. Ta`limiy maqsad: Geografik xarita, atlas, globus va ular bilan ishlash.
Proeksiyalar haqida tushuncha haqida ma’limotlar berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini va tafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob
Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
1. Xaritalardagi xatoliklar. 2.Хarita tuzish andozalari
Yangi darsning bayoni.
Xaritalardagi xatoliklar. Хarita tuzish andozalari. Globusda Yer yuzasi- quruqliklar, okeanlar, dengizlar, orollar sayyoramizda aslida qanday shaklda bo‘lsa, deyarli o‘shanday shaklda, lekin juda kichraytirib tasvirlanganda ko‘p narsalarni ko‘rsatish mumkin emas. Shu sababli Yer yuzini, undagi geografik obyektlarni tasvirlash uchun geografik xaritalardan foydalaniladi. Geografik xaritalar yer yuzidagi geografik obyektlarni tasvirlashning asosiy usuli hisoblanadi. Biroq geografik xaritalarda Yerning qabariq yuzasi tekis yuzada tasvirlangan. Buning oqibatida geografik xaritada Yer yuzining ayrim qismlarini chozib, ayrim qismlarini qisqartirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi.Binobarin, globusda Yer yuzasidagi barcha geografik obyektlar- materiklar, orollar, daryolar, dengizlar, okeanlar bir xil nisbatda kichraytirilib tasvirlanadi. Masshtab ham globusdagi har bir chiziqda bir xil bo‘ladi. Geografik xaritalarda esa geografik obyektlar tasvirlanganda ularning maydonlari, shakllari va burchaklarini tasvirlashda xatog‘a yol qo‘yiladi. Xaritaning turli qismlaridagi mashstab, maydon, shakl va burchaklarda, albatta xatolik bo‘ladi. Shuning uchun globus va xaritalardagi geografik obyektlarning qiyofalari bir-biridan farq qiladi.Shu maqsadda turli xil andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari, asosan, uch xil bo‘ladi:Teng burchakli andazalar. Bunday andazalarda tuzilgan xaritalardagi burchaklar globusdagi, ya’ni joydagi burchaklarga teng bo‘ladi. Teng burchakli andozalar asosida tuzilgan xaritalarda yo‘nalishlarni aniqlash qulay, biroq maydonlar va masofalarni tasvirlashda xatolarga yo‘l qo‘yiladi.Teng maydonli yoki teng hajmli nadzalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar,orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi. Lekin burchaklar, shakllarni tasvirlashda ancha xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Teng maydonli xaritalardan geografik obyektlar maydonlari o‘lchanadi.Ixtiyoriy andazalar asosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham, maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi, lekin xatolik kamroq bo‘ladi. Ixtiyoriy andazalar orasida teng masofali andazalar boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |