Hujjatni saqlash
|
20
|
Hujjatni О‘z о‘zini testlash nomi bilan saqlang va о‘qituvchiga havola eting.
|
|
Ishni bajarish tartibi:
|
Savol va Topshiriqlar
|
|
Interfaol test yaratish amalini qanday tushundingiz?
|
|
Создать слайд ilovasidagi buyruqlarni (shablonlarni) aytib о‘ting.
|
|
Титульный слайд shabloni asosida yaratilgan slaydga qaysi mazmundagi matnlar kiritiladi?
|
|
Rasmdagi tugmalar nima vazifa bajarishini tavsiflang.
|
|
Заголовок и объект shabloni asosida yaratilgan slaydga qaysi mazmundagi matnlar kiritiladi?
|
|
WordArt obyektlarini о‘rnatishni izohlang.
|
|
Место в документе asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?
|
|
Файл, веб-страницей asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?
|
|
Новый документ asosida qanday murojaat о‘rnatiladi?
|
|
Ta’lim yо‘nalishingiz bо‘yicha, 10 ta savoldan iborat bо‘lgan testlovchi jarayonni tashkil qiling.
|
|
№6 – Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
2-soat
|
Ofis dasturlarini bir biri bilan bog’lanishini hosil qilish (OLE texnologiyasi).
|
Ishning maqsadi:
Talabalarda ofis dasturlarini bir biri bilan bog’lanishini hosil qilish (OLE texnologiyasi) ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
Microsoft Word, PowerPoint, Excel ва CorelDRAW vositalari yordamida hujjatlar yaratish kо‘nikmalariga tayangan holda, fakultet blanki va fakultet 1 bosqich talabalarining sessiya natijalari haqidagi ma’lumotlarni, TDPU logotipini yarating va OLE texnologiyasi asosida bu ilovalar orasida aloqadorlikni о‘rnating. Bunda ilovalar orasida ma’lumotlar almashishni turli usullaridan foydalaning.
Ishni bajarish uchun lozim bо‘ladigan ma’lumotlar: Fizika-matematika fakulteti blanki namunasi va qishqi sessiya natijalari haqidagi ma’lumotlar.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar:
OLE obyektlarini bog‘lash va ularni joriy etish texlogiyasi-bu shunday texnologiyaki, server OLE deb ataluvchi dasturlar yoki ilovalar yordamida yaratilgan obyektlarni mijoz OLE deb hisoblanuvchi dasturlar yoki ilovalarda yaratilgan obyektlarga о‘rnatish tushuniladi.
Officening turli ilovalari orasida ma’lumotlar almashish usullari:
Ma’lumotlarni statistik nusxasini olish yoki joylashtirish;
Ma’lumotlarni bog‘lash;
Ma’lumotlarni qо‘llash.
Ma’lumotlar almashish jarayonlari rо‘y berayotgan ilovalarni, qabul qiluvchi va manba ilovalari deyiladi. Ular yordamida yaratilgan hujjatlarni esa, о‘z vaqtida manba hujjati va qabul qiluvchi hujjat deb ataladi.
Statistik nusxa olish yoki statistik joylashtirishda almashtirish buferidan foydalaniladi. Bunda о‘rnatilgan ma’lumotlar qabul qiluvchi ilovaning tarkib elementiga aylanadi. Bu usuldan odatda ilovaning bitta hujjatida ishlashda yoki bir ilovaning bir necha hujjatlarida ishlashda foydalanish mumkin.
Aloqa о‘rnatishda (Linking), о‘rnatilgan ma’lumotlar manba ilovasi bilan aloqa bog‘lash imkoniyatini saqlab qoladi. Bog‘langan ma’lumotlarni tahrirlash manba ilovasida amalga oshiriladi va bu о‘zgartirishlar qabul qiluvchi ilovaga avtomatik yoki qо‘l yordamida uzatiladi.
Ma’lumotlarni qо‘llash (Embedding) da ham ma’lumotlar, manba ilovasi bilan emas balki boshlang‘ich hujjat bilan aloqani saqlaydi. Joriy qilingan ma’lumotlarni tahrirlash, qabul qiluvchi hujjatda amalga oshiriladi lekin ma’lumotlar bilan manba dasturi orasidagi aloqa, ma’lumotlarni tahrirlash uchun manba dasturi vositalarini qо‘llash imkonini beradi.
Ishni bajarish tartibi:
Microsoft Word dasturini ishga tushuring.
Menyuning ВСТАВКА bandi Текст guruhidagi Объект sо‘ngra Объект… ilovasini tanlash natijasida ochilgan Вставка объекта muloqot oynasidagi Тип объекта: darchasidan Слайд Microsoft PowerPoint buyrug‘ini tanlang va OK tugmasini bosing.
Natijada dasturda slayd namoyon bо‘ladi.
Slaydning Заголовок слайда maydoniga “OLE texnologiyasi” va Подзаголовок слайда maydoniga esa “Fizika-matematika fakulteti blanki namunasi va qishqi sessiya natijalari haqidagi ma’lumotlar” iboralarini kiriting va ular ustida tahrirlash va bezash ishlarini bajaring. U quyidagi rasm holatiga kelsin.
Slayddan tashqarida avvaliga sichqonchaning chap tugmasini sо‘ngra Enter tugmasini ikki marta bosing.
Izoh: Obyektlardan foydalanishda ikki usulni qо‘llashingiz mumkin:
Manba sifatida foydalaniladigan dastur yorlig‘ini tanlash orqali;
Yoki bevosita yuqorida kо‘rganimizdek tо‘g‘ridan tо‘g‘ri slaydni о‘rnatish yо‘li bilan.
Word matn muharriri imkoniyatlaridan foydalanish kо‘nikmalariga tayangan holda fakultet blanki kо‘rinishini yarating.
Buning uchun 3х1 (3 ta ustun va 1 ta satr) о‘lchamdagi jadval о‘rnating.
Jadvalning birinchi va uchinchi ustuni enini 7 sm va satr balandligini esa 4 sm о‘lchamda tanlab, jadval chegarasini olib tashlang.
Jadvalga quyidagi jadvalda havola etilgan kо‘rinishni kiriting. Bunda matn о‘lchami, shrifti va abzats chekinishlariga e’tibor bering.
Nizomiy nomidagi TDPU
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
Yusuf Xos Xojib kо‘chasi 103 uy, 7000063, Toshkent sh, tel. (871)2559809
faks (871) 2559809
|
|
TSPU named after Nizami
FACULTY of PHYZICS and MATHEMATIC
Yusuf Xos Xojib street, №103, 7000063
Tashkent city, tel. (871) 2559806
faks (871) 2559809
|
__________№__________
Universitet logotipini yaratish maqsadida CorelDRAW dasturini ishga tushuring.
Dastur imkoniyatlaridan (uskunalar, ranglar, matnlar) foydalanib, logotipni yarating.
Yaratilgan logotipni menyuning Правка bandidagi, avvaliga Выбрать все so‘ngra Объекты buyrug‘ini tanlash natijasida belgilang va nusxasini oling.
Word dasturiga qayting va kursorni fakultet ma’lumotlari joylashgan jadvalning ikkinchi katakchasini о‘rtasiga о‘rnating.
Menyuning ГЛАВНАЯ bandi almashtirish buferidagi, Вставить buyrug‘ining tag qismida joylashgan strelkani bosish natijasida, ochilgan darchadan Специальная вставка... buyrug‘ini tanlaнг.
Natijada Специальная вставка muloqot oynasi namoyon bо‘ladi.
Muloqot oynaning Как: nomli darchasidan Метафайл Windows (EMF) ilovasini tanlang sо‘ngra Связать: va OK tugmasini bosing.
Hosil bо‘lgan shaklning о‘lchamini kerakli holga keltiring.
Yana menyuning ВСТАВКА bandi Текст guruhidagi Объект sо‘ngra Объект… ilovasini tanlash natijasida ochilgan Вставка объекта muloqot oynasidagi Тип объекта: darchasidan Лист Microsoft Excel buyrug‘ini tanlang va OK tugmasini bosing.
Excel elektron jadvaliga yuqoridagi ma’lumotlarni kiriting.
Word hujjatini “Talabalar haqidagi ma’lumot” nomi bilan saqlang.
Bajarilgan ishni о‘qituvchiga havola eting.
№
|
Savol va Topshiriqlar
|
|
OLE texnologiyasi haqida ma’lumot bering.
|
|
OLE sо‘zlarning qisqartmasi qanday ma’noni anglatadi?
|
|
OLE obekti deb nimani tushundingiz?
|
|
Server OLE, mijoz OLE larni tushuntiring.
|
|
Turli ilovalar orasida ma’lumotlar almashish usullarini aytib о‘ting.
|
|
Almashtirish buferida joylashgan buyruqlarni izohlang.
|
|
Текст guruhidagi buyruqlarni izohlang.
|
|
Tahrirlash ishlarini qayday tushunish kerak?
|
|
Метафайл Windows (EMF) deb nimani tushundingiz?
|
|
№7 – Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
2-soat
|
Corel Draw dasturida interfeysni sozlash va tasvirlar yaratish.
|
Ishning maqsadi:
Talabalarda Corel Draw dasturida interfeysni sozlash haqida ko’nikma va malakalarini hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |