Счетесли, Срзнач, Целое, Сегодня, Если funksiyalari va saralash amallari bilan ishlashga o‘rgatish.
СЧЁТЕСЛИ funksiyasi.
Berilgan shartni qanoatlantiruvchi diapazon tarkibidagi bо‘sh bо‘lmagan yacheykalar miqdorini hisoblaydi.
Kо‘rinishi: СЧЁТЕСЛИ(диапазон; критерий).
Topshiriq: Quyidagi jadvaldan foydalanib “Informatika va AT” fanidan sentabr, oktabr oylarida talabalarning qoldirilgan darslar sonini aniqlang.
Ishni bajarish tartibi:
Microsoft Excel dasturini ishga tushuring.
Yuqoridagi jadvalda havola etilgan kо‘rinishni yarating.
K4 yacheykaga =СЧЁТЕСЛИ(B4:J4;"y") formulani kirgizing va Enter tugmasini bosing. Natijada 1-soniga ega bo‘lasiz. Bu son talaba Abdullayeva M.O-ning ikki oyda qoldirgan yagona darsi hisoblanadi.
Formuladagi B4:J4 diapazoni, talaba Abdullayeva M.O-ning ikki oydagi olgan ballari va qoldirgan darslari aks etgan diapazon hisoblanadi. “y” esa talabaning qoldirgan darslarini aks etuvchi belgidir.
K4 yacheykaga qayting va yacheykaning o‘ng quyi burchagiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib keling.
U qora rangli plyus “+” ko‘rinishni olgandan so‘ng, sichqonchaning chap tugmasini bosib turilgan holda, qo‘yib yubormasdan K12 yacheykagacha harakatlantiring va chap tugmani qo‘yib yuboring. Bu amalni avtoto‘ldirish amali deyiladi.
Natijada barcha talabalarni qoldirgan darslarining soniga ega bo‘lasiz.
Agar qoldirgan darsni soatlarda hisoblamoqchi bo‘lsak, u holda =2*СЧЁТЕСЛИ(B4:J4;"y") ko‘rinishdagi formulani kiritish lozimdir.
СРЗНАЧ, СРЗНАЧА funksiyalari.
Bu ikkala funksiya mazmunan bir xil bо‘lib, lekin amallar bajarishni turlicha amalga oshiradilar. СРЗНАЧА funksiyasiga yana qaytamiz.
Kо‘rinishi: СРЗНАЧ(число1; [число2]; …)
СРЗНАЧ funksiyasi, statistik funksiyalar ruyxatiga kiruvchi funksiyalardan biri bo‘lib, uning yordamida foydalanuvchi ma’lum diapazonda berilgan sonlarning o‘rtacha qiymatini hisoblash imkoniyatiga egadir. Agar diapazon sonlar, matnlar, bo‘sh yacheyka va mantiqiy amal joylashgan yacheykalardan iborat bo‘lsa, u holda o‘rtacha qiymat hisoblashda sonlar joylashgan yacheykalar inobatga olinib, faqat ularning o‘rtacha qiymati hisoblanadi.
Масалан: Бизга сонлар, матнлар, бо‘ш ячейка ва мантиqий амал жойлашган qуйидаги A1:F1 диапазон берилган бо‘лсин.
A1:F1 diapazonning o‘rtacha qiymatini G1 yacheykada chiqarish uchun, unga
=СРЗНАЧ(A1:F1) formulani kirgizing va Enter tugmasini bosing. U holda 1,5 natijaga ega bo‘lasiz. Aytganimizdek, diapazondagi matnli yacheyka, bo‘sh yacheykalar va mantiqiy amal joylashgan yacheyka e’tiborga olinmadi.
Topshiriq: Rasmda havola etilgan, talabalar olgan ballarining о‘rtacha qiymatini K ustunda hisoblang.
Ishni bajarish tartibi:
Excel dasturini ishga tushiring va rasmdagi holatni tashkil eting.
Faol yacheykani K4 yacheykaga joylashtiring.
Unga, =СРЗНАЧ(B4:J4) formulani kirgizing va Enter tugmasini bosing.
Izoh: Yuqoridagi formulani ikki yо‘l bilan kirgizish mumkin:
K4 yacheykada “=” belsini qo‘yganingizdan so‘ng, RU alifbo rejimiga o‘ting va klaviatura yordamida C harfini kiritsangiz, u holda shu harf bilan boshlanuvchi funksiyalar ruyxati namoyon bo‘ladi. Ruyxatdan СРЗНАЧ so‘zi ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing. Funksiya о‘rnatilgandan sо‘ng, EN alifbo rejimiga o‘ting va qolgan ma’lumotlarni kirgizing.
Menyu ФОРМУЛЫ bandining Другие функции guruxidan Статистические ilovasini tanlash natijasida ochilgan darchadan СРЗНАЧ sо‘zi ustida chap tugmani bosing. Natijada quydagi muloqot oynasi namoyon
bо‘ladi. Muloqot oynadagi Число1 darchasiga kerakli diapazon manzilini kirgizing va OK tugmasi bosing.
=СРЗНАЧ(B4:J4) formula asosida 4,333333 natija namoyon bо‘ladi.
K4 yacheykaga qayting va K12 yacheykagacha avtotо‘ldirish amalini bajaring.
Talab etilgan topshiriq bajarildi, uni о‘qituvchiga havola eting.
СРЗНАЧА funksiyasi.
Kо‘rinishi: СРЗНАЧА(значение1; [значение2];…)
Sonlar, matnlar, bо‘sh yacheyka va mantiqiy amal joylashgan quyidagi diapazonga СРЗНАЧА funksiyasini qо‘llashni kо‘rib chiqaylik.
СРЗНАЧА funksiyasi СРЗНАЧ funksiyasidan farqi о‘laroq, о‘rtacha qiymatni aniqlashda diapazondagi barcha kо‘rinishdagi (Sonlar, matnlar, mantiqiy amalли yacheyka) ma’lumotlarni hisobga oladi. U diapazondagi matnli yacheyka qiymatini 0-bilan, mantiqiy amal qatnashgan yacheyka qiymatini esa 1 yoki 0 (1, agar mantiqiy amal rost bo‘lsa, 0 aks holda) bilan almashtirib, umumiy natijani keltirib chiqaradi.
G1 yacheykaga =СРЗНАЧА(A1:F1) formulani kiriting va Enter tugmasini bosing.
Natijada, 1 qiymatga ega bо‘lasiz.
Hisoblash jarayoni: 1 va 2 sonlar о‘z holicha qabul qilindi, Excel sо‘zini 0 bilan va ИСТИНА mantiqiy sо‘zni esa u rost bо‘lgani uchun 1 bilan almashtirildi. Ularning yig‘indisi 4, soni esa 4 ni tashkil etadi. Bо‘lish natijasida 1 ga ega bо‘ldik.
Yuqoridagi diapazonning o‘rtacha qiymati 0,75 ga teng. Chunki, bu yerda mantiqiy so‘z noto‘g‘ri (loyg‘on) bo‘lganligi uchun uning o‘rniga ham 0 qiymat olindi. Diapazondagi turli qiymatlarning yig‘indisini 3 ga, soni esa 4 ga teng. Bo‘lish natijasida 0,75 qiymatga ega bo‘ldik.
ЦЕЛОЕ funksiyasi.
Kо‘rinishi: ЦЕЛОЕ(число)
Vazifasi: ЦЕЛОЕ funksiyasi, matematik funksiyalar ruyxatiga kiruvchi funksiyalardan biri bо‘lib, uning yordamida foydalanuvchi berilgan sonni butun qismidagi songa yaqin bо‘lgan kichik songa yaxlitlash imkoniga egadir.
Boshqacha qilib aytsak,
yagar kasr son musbat bо‘lsa, u holda kasr qismini tashlab yuborib faqat butun qismi olinishini ta’minlaydi;
yagar kasr son manfiy bо‘lsa, u holda butun qismidagi songa eng yaqin bо‘lgan kichik manfiy son olinishini ta’minlaydi. Masalan:
СЕГОДНЯ va ТДАТА funksiyalari.
Kо‘rinishi: СЕГОДНЯ(), ТДАТА();
СЕГОДНЯ, ТДАТА funksiyalari, Категория guruhidagi ДАТА и ВРЕМЯ ilovasiga kiruchi funksiyalar hisoblanib, ular yordamida quyida aks etilgan amallarni bajarish mumkin.
СЕГОДНЯ funksiyasi joriy sanani;
ТДАТА funksiyasi esa joriy sana va joriy vaqtni о‘rnatishga xizmat qiladi.
Ikkala funksiya ham о‘z argumentiga ega emas, shuning uchun ularni qо‘llashda bо‘sh qavslardan foydalaniladi.
Topshiriq: Elektron jadvalда СЕГОДНЯ funksiyasini qо‘llab joriy sanani, ТДАТА funksiyani qo‘llab эса joriy sana va vaqtni o‘rnating.
Ishni bajarish tartibi:
Excel dasturini ishga tushiring va qо‘yidagi rasmda havola etilgan holatni yarating.
B4 yacheykaga faol yacheykani о‘rnating, unga =СЕГОДНЯ() formulasini kiriting va Enter tugmasini bosing.
Natijada joriy sana о‘rnatiladi.
B5 yacheykaga faol yacheykani о‘rnating, unga =ТДАТА() formulasini kiriting va Enter tugmasini bosing, u holda joriy sana va vaqt о‘rnatilib, о‘z vaqtida vaqt soat va daqiqalarda namoyon bо‘ladi.
Soniyalarni kо‘rsatish uchun, B5 yacheykaga qayting.
M enyuning ГЛАВНАЯ bandi Число guruxidagi ustida chap tugmani bosing.
Natijada ochilgan Формат ячеек muloqot oynasining Тип darchasiga ДД.ММ.ГГГГ ч:мм ma’lumotlardan keyin, ikki nuqta qо‘yib сс iborasini kiriting va OK tugmasin bosing.
Soniyalar о‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
Ishchi jadvalda ixtiyoriy о‘zgartirishlar qilinsa, u holda Excel dasturi avtomatik ravishda joriy vaqt va sanani о‘zgarishiga imkon beradi.
Bajarilgan ishni sana va vaqt nomi bilan saqlang.
О‘qituvchiga havola eting.
№
|
Topshiriqlar.
|
|
Q uyidagi jadvalning K ustunida, СРЗНАЧА funksiyasi yordamida talabalarning o‘rtacha ballarini keltirib chiqaring.
|
|
Jadvalda ko‘rsatilgan oilaning o‘rtacha daromadi va tan boshiga to‘g‘ri keladigan miqdorni aniqlang.
|
|
Jadvaldа keltirilgan sonlаning o‘rtаchа qiymаtini toping.
|
|
Если funksiyasini qо‘llashni musta’qil ravishda о‘rganing.
|
|
ДАТА funksiyasini qо‘llashni musta’qil ravishda о‘rganing.
|
|
4 – Laboratoriya ishi
Mavzu: Web sahifalar yaratish.
Darsning maqsadi: Internet tarmog’i uchun HTML tili yordamida Web sahifalar yaratishni o‘rganish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. HTML tili elementlaridan foydalana oladi.
2. HTML tili elementlariga izoh bera oladi.
3. HTML tili elementlaridan Web sahifalar yaratishda qo‘yllay oladi.
Kerakli jihoz va materiallar: Shaxsiy kompyuter, Windows tizimi va uning bloknot yoki WordPad matn tahrirlagichi, HTML tili elementlari, Brauzer dasturi (Internet Explorer), darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, ma’ruza daftari.
Ishni bajarish tartibi:
1. O‘zingizning shaxsiy Web sahifangizni yaratish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tayyorlang.
2. Windows tizimining Bloknot matn tahrirlagichini ishga tushiring.
3. Web sahifaning sarlavhasini «Mening birinchi Web sahifam» deb nomlang.
4. Web sahifa uchun nomlar va sarlavhachalar joylashtiring.
5. Web sahifaga matnli ma’lumotlarni joylashtiring.
6. Web sahifadagi matnli ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda joylashtirish ishlarini bajaring.
7. Web sahifa o‘lchami va rangini o‘zgartirish ishlarini bajaring.
8. Web sahifaga grafik ma’lumotlarni joylashtiring.
9. Web sahifa kerakli hollarda gipermatnlar joylashtiring.
10. Yaratilgan Web sahifangizni yana bir bor ko‘zdan kechirib, Internet tarmog’iga narod.ru tizimi yordamida joylashtirish amallarini bajaring.
Tekshirish uchun savollar:
1. Web sahifa va Web sayt deganda nimalarni tushunasiz?
2. Internetdagi Web sahifalar qaerda saqlanadi?
3. Gipermatn va gipermedia deganda nimalarni tushunasiz?
4. Web brauzerlarning asosiy vazifalarini izohlab bering?
5. HTML tilining buyruqlari nima deb ataladi va u qanday ko‘rinishlarga ega?
6. HTML tilining buyruqlari tavsifini izohlab bering?
7. Web sahifa yaratishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Adabiyotlar:
M. Aripov «INTERNET va Elektron pochta asoslari», Toshkent: «Universitet», 2000 y.
A. R. Maraximov, S. I. Raxmonqulova, «Internet va undan foydalanish asoslari», Toshkent: TDIU, 2001 y.
B. Yu. Xodiev, T. I. Sarsatskaya «Vvedenie v internet», Toshkent, TGEU,2003 g.
M. Aripov, Yu. Pudovchenko, K. Aripov «Osnovi internet», Tashken, Universitet, 2002 g.
|
|
№5 – Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
2-soat
|
O‘quv jarayoni uchun o‘rgatuvchi taqdimotlar yaratish.
|
Ishning maqsadi:
Taqdimotlarga giperssilka va boshqaruv tugmalarini o‘rnatish va ularni boshqarish konikma va malakalarni shakllantirish.
PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalanib interfaol test yaratish.
Ushbu laboratoriya mashg‘ulotini bajarish natijasida talaba, PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalangan holda о‘quv jarayoni uchun dasturiy vositalar yaratish imkoniga ega bо‘lib, о‘quv yо‘nalishlari dasturiy vositalariga qо‘yiladigan asosiy talablar bilan tanishadilar. Dastur yordamida testlash jarayoni balli baholarsiz amalga oshirilib, uni tayyorlashni test mazmunini loyihalashtirishdan boshlagan ma’qul. Aniqlik uchun beshta savoldan iborat bо‘lgan test yaratishni kо‘rib chiqaylik. Buning uchun oldindan beshta savol va bu savollarning javoblar bankini yaratib oling. Test tuzulishi mantiqan quyidagi kо‘rinishga egadir:
Havola etilgan chizmadan ushbu xulosaga kelishimiz mumkin: N-ta savolli test yaratadigan bо‘lsak u holda bizga 3N+2 ta slayd lozim bо‘ladi. Ulardan birinchisi kirish qismi uchun, har bir savol uchun 3 tadan slaydlar (beriladigan savol va javoblar uchun bitta slayd va savolning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini aks etuvchi yana ikkita slayd) va testni yakunlash uchun esa oxirgi slayd. Chizmadagi chiziqlar slaydlarga о‘tish murojaatlarni anglatadi.
Topshiriq: PowerPoint dasturi yordamida testlovchi jarayonni tashkil eting.
|
№
|
Harakat
|
Natija
|
1 Slayd
|
1
|
PowerPoint dasturini ishga tushuring va Титульный слайд shabloni asosida birinchi slayni yarating.
Sarlavha: О‘z о‘zini nazorat testi.
Sarlavha osti: Informatika va AT fanidan testlar.
|
|
2
|
Slaydning pastki qismida ВСТАВКА / Фигуры / buyruqlari yordamida oval tо‘g‘ri tо‘rtburchakni tanlang, uni tugmaga о‘xshash holatga keltirish uchun quyidagi rasmda keltirilgan imkoniyatlar foydalaning va unga Testni boshlash iborasini kiriting.
|
|
3
|
Slaydga fon о‘rnating.
Buning uchun menyuning ДИЗАЙН bandi Варианты guruhidan Тема office kо‘rinishini tanlang.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |