2.
3.
Topshiriq. Ochiq konturni yopiq konturga aylantiring.
Uslubiy ko‘satma: Ixtiyoriy ochiq kontur chizing va uni belgilanng. Xossalar panelidan – buyrug`ini tanlang. Natijada soha yopiq sohaga aylanadi.Yopiq cohaga rang berish mumkin.
Chizilgan ochiq kontur
|
Natija: yopiq kontur
|
|
|
Topshiriq. Yopiq konturlar yarating.
Yopiq konturlar deb bosh va oxirgi tugun nuqtalari mos kelgan konturlarga aytiladi. “Beze” instrumenti yordamida yopiq kontur chizish usullari bilan tanishamiz:
Bo‘sh joy tanlang va ushbu - “Beze” uskunasini faollashtiring.
Ko‘rsatilgan shakni(A) chizing.
Sichqoncha ko‘rsatgichini bosh tugunga olib keling u qayirilgan ko‘rinishga keladi.
Sichqoncha chap tugmasini qo‘yib yubormagan holda o‘ng tomonga va oxirgi tugun sari harakatlantiring.
Tugma qo‘yib yuboriladi, natijada yopiq kontur chiziladi(rasmdagi B-holat).
A)
|
B)
|
|
|
Mustaqil ishlash uchun topshiriq
uskunasi vazifasi , – (Pero) uskunasi va “elektron qalam” uskunalari xossalarini o‘rganing, turli konturlar chizing.
|
|
|
№8 – Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
2-soat
|
Ma’lumotlar omborini yaratish va to‘ldirish.
|
Ishning maqsadi:
Talabalarda ma’lumotlar bazasini to‘ldirish, ma’lumotlarni formalar yordamida kiritish va ularni ko‘rib chiqish ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Topshiriq: Ma’lumotlar omborini (MO) yaratish. MO-ni asosiy obyektlari bilan tanishish. Jadval yaratish va tо‘ldirish. Jadval rejimlarini taqdim etish. Ma’lumotlar tiplari. Kiritish niqobi (маска). “Конструктор” rejimida jadval tuzulishini о‘zgartirish.
Ishni bajarish tartibi: Ma’lumotlar omborini (MO) yaratish.
Пуск - Все программы - Microsoft Office – Microsoft Access 2013 yо‘llarni bosib о‘tish orqali Access dasturini ishga tushuring va unga ma’lumotlar ombori nomini bering.
Shablonlar asosida jadval yaratish.
Microsoft Access 2013 versiyada “Мастер таблиц” (Jadvallar ustasi) imkoniyatlari nazarda tutilmaganligi uchun jadvalni oddiy shablon asosida yaratamiz. Buning uchun menyuning «Создание» bandi /Шаблоны/Части приложения/ guruhini oching va undan Контакты ilovasini tanlang. Natijada rasmdagi muloqot oynasi namoyon bо‘ladi. Unda “Да” tugmasini bosing. Oynaning chap tomonida joylashgan Все объекты А... qismidan Контакты ilovasi ustida sichqonchaning о‘ng tugmasini bosing va ochilgan muloqot darchadan Переименовать buyrug‘ini tanlab unga “manzillar” nomini kiriting va Enter tugmasini bosing. (1 rasm). Endi shu nomli jadval ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosing. Natijada kо‘p sonli nomli maydonlarga ega bо‘lgan jadval ochiladi. (2 rasm). Bu jadvalda ИД, Фамилия, Имя, Домашний телефон, Мобильный телефон, Адрес maydonlarini qoldirib, qolgan keraksiz maydonlarni ustida о‘ng tugmani bosish natijasida ochilgan darchadan Удалить поле buyrug‘ini tanlash orqali о‘chiring. Sо‘nggi keraksiz maydonni olib tashlagandan sо‘ng сохранить tugmasini bosing. Endi nomli maydonlarning nomlarini о‘zgartiramiz. «ИД» maydon nomini конструктор режими yordamida «Oluvchi» nomiga almashtiring. Buning uchun ГЛАВНАЯ bandi Режим tugmasining pastki qismida joylashgan strelkani bosing va Конструктор ilovasini tanlang. Natijada 3 rasmdagi muloqot oyna namoyon bo‘ladi.
Oynaning Подпись maydoni ro‘parasidagi «ИД» nomli maydonning nomini uni belgilash yordamida «Oluvchi» nomiga o‘zgartiring va сохранить tugmasini bosing. Jadvalni yoping va yana Все объекты А... qismidagi “manzillar” nomli jadval ustida chap tugmani 2 marta bosish orqali uni oching. Qolgan barcha maydon nomlarini uning ustida o‘ng tugmani bosish natijasida ochilgan darchadan Переименовать buyrug‘ini tanlash orqali o‘zbekcha shaklga o‘tkazing va oxirda сохранить tugmasini bosing. (4 rasm).
Barcha kerakli o‘zgartirishlarni kiritdik, endi jadvalni to‘ldirishni boshlaymiz.
Jadvalni to‘ldirish.
Shu o‘rinda muhim ma’lumotni aytib o‘tish lozim. E’tibor bering, Oluvchi maydoni yo‘l ochib beradigan (ключевая) ya’ni muhim счётчик maydoni hisoblanadi. Bu maydon, yozuvlarni kiritishni tartiblab (nomerlab) beradi. Oluvchi maydonini to‘ldirish shart emas, aniqrog‘i uni to‘ldirib ham bo‘lmaydi chunki u avtomatik ravishda ishlaydi. Hozircha faqat familiya va ism maydonlarini to‘ldiring va oxirda сохранить tugmasini bosing. To‘ldirishda ba’zi familiya va ismlarni takrorlanishini ta’minlang chunki bu takrorlanishlar Access dasturi imkoniyatlaridan foydalanishda sizga qo‘l keladi. (Filtrlash ishlarini bajarish va boshqalarda).
Kiritilish niqobi. (Маска ввoда).
Kiritilish niqobi - bu qiymatlar maydonlariga bir xil formatli ma’lumotlarni kiritish shabloni hisoblanadi. U maydonlarda doimiy simvollarni avtomatik ravishda ko‘rsatadi. Telefon nomeriga kiritilish niqobini o‘zgartirish uchun menyuning ГЛАВНАЯ bandi режим tugmasining tag qismidagi strelkani bosish natijasida ochilgan muloqot darchadan конструктор rеjimini tаnlаnг. Natijada 5 rasmda havola etilgan maydonlar hosil bo‘ladi. Конструктор oynаsi, birinchi ustuni maydonlar ikkinchi ustuni esa ma’lumotlar tiplariga (formatlar) ega bo‘lgan jadvaldan iborat.
Uy tefefoni va yon telefon maydonlariga kiritilish niqobini beraylik.
Kursorni uy telefoni iborasi joylashgan maydonga o‘rnating. Natijada «Свойства поля» darchasi namoyon bo‘ladi. (5 rasm). Kursorni «Маска ввoда» maydoni ro‘parasidagi bo‘sh maydonga joylashtiring va unga «000-00-00» ko‘rinishdagi sonlarni kiriting. Bu ishni yon telefon uchun ham bajaring. Faqat u joyga «00-000-00-00» sonlarni kiritish lozim. Endi jadval rejimga o‘ting. Access dasturi saqlash to‘g‘risidagi savol bilan murojaat qiladi, u joyda ha ya’ni «да» deb javob bering. Telefon nomerlarni kiriting. So‘ngi qiladigan ishlardan biri bu manzil maydonlarini to‘ldirishdan iborat. Ularni to‘ldiring va сохранить tugmasini bosing. Kichik hajmdagi ma’lumotlar ombori yaratildi. (6 rasm). Endi jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra saralash, filtrlash amallarini bajarib ko‘ring. Ishni o‘qituvchiga havola eting.
№
|
Savol va Topshiriqlar
|
|
MO-ni asosiy obektlari jumlasiga nimalar kiradi?
|
|
“Конструктор” rejimida jadval ustida qanday amallar bajariladi?
|
|
Kiritish niqobi (маска) nima uchun kerak?
|
|
Shablonlar asosida jadval qanday yaratiladi?
|
|
Oddiy shablon deb qanday shablonga aytiladi?
|
|
Контакты ilovasi ma’lumotlar omborini yaratishda qanday yordam beradi?
|
|
Все oбъекты darchasidagi maydon ko‘rinishlarini aytib o‘ting.
|
|
Jadvallar to‘ldirilishini izohlang.
|
Ahmedov Ergash
Yangiboyev Komil
Tojiboyev Sobit
Ahmedov Komil
Tojiboyev Ergash
|
№9 – Laboratoriya mashg‘uloti
|
|
2-soat
|
Access dasturida guruxlantirilgan hisobotlar hosil qilish.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |