kо‘rinish namoyon bо‘lishiga e’tibor bering.
Foydalanuvchi paneli tugmasini tanlang natijada
kо‘rinish namoyon bо‘lishiga e’tibor bering. Bu panel bо‘shligini sezdingiz, keling bu panelga biror amal qо‘shishni kо‘rib chiqaylik. Buning uchun panelning bо‘sh joyida sichqonchaning о‘ng tugmasini bosing va Изменить... tugmasini tanlang, natijada
muloqot oynasi namoyon bо‘ladi.
O ynadagi Добавить tugmasini bosing va bо‘shliq siljishiga e’tibor bering.
Команда: buyrug‘idagi tugma ustida sichqonchaning chap tugmasini bosing.
Ochilgan buyruqlar ruyxatidan Панели одна над другой buyrug‘ini tanlang va OK tugmasini bosing.
Bu buyruqga “значок” о‘rnatamiz. Buning uchun Значок: satridagi znachoklardan biri aniqrog‘i, ni tanlang va OK tugmasini bosing.
Bо‘shliqda (6-ga qarang) tanlagan znachok о‘rnatilganiga ishonch hosil qiling.
Endi bu buyruqni ishlatib kо‘ring va о‘qituvchiga havola eting.
Topshiriq 2: Total Commander dasturi yordamida axborot tashuvchi qurilma, ya’ni fleshkadagi kerakli fayl va katalog (papka) larni bitta katalog (papka) ga yig‘ing va D: diskga ko‘chirib o‘tkazing.
Ishni bajarish tartibi:
A xborot tashuvchi qurilma, ya’ni fleshkani tizimli blokga o‘rnating.
Total Commander dasturini ishga tushuring va fleshkani tanlang.
F7 funksional tugmani bosing, ochilgan muloqot oynasining nom maydoniga yangi nom kiriting, masalan Talaba va OK tugmasini bosing.
Fleshkada yangi Talaba номли katalog (papka) hosil bо‘lganiga ishonch hosil qiling.
Bu katalog (papka) ga о‘tkazilishi kerak bо‘lgan fayl va papkalarni belgilang. Buning uchun Ctrl tugmasini bosib turgan holda sichqonchaning chap tugmasini tartib bilan о‘tkazilishi kerak bо‘lgan fayl va papkalar ustida bosib chiqing.
Tanlangan fayl va kataloglar qizg‘ich tus olganiga e’tibor bering.
Endi F6 funksional tugmani bosing natijada ochilgan muloqot oynasining nom maydoniga yaratilgan papka nomini, ya’ni Talaba sо‘zini kiritib OK tugmasini bosing.
Yaratilgan Talaba nomli papkaga fayl va kataloglar joylashganiga ishonch hosil qiling.
Total Commander dasturi oynasining ikkinchi qismidan D: diskni tanlang.
Fleshka qismiga qaytib, yaratilgan Talaba nomli papkani tanlang va F6 tugmasini bosing, sо‘ngra ochilgan muloqot oynasidan OK tugmasini tanlang.
Yaratilgan Talaba nomli papka D: diskga о‘tganiga ishonch hosil qiling.
Bajargan ishni о‘qituvchiga havola eting.
Izoh: Nusxa о‘tkazish kerak bо‘lsa, u holda F6 tugmani о‘rniga F5 tugmasidan foydalanishingiz mumkin. Ish davomida foydalanilgan F6, F7 funksional tugmalar о‘rnida Total Commander dasturi oynasining quyi qismida joylashgan quyida keltirilgan rasmdagi imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.
Arxivatorlar.
Topshiriq 3: Topshiriq 2-dagi yaratilgan Talaba nomli papkani arxivlang.
I shni bajarish tartibi:
Ish stolidagi kompyuter yorlig‘i ustida chap tugmani ikki marta bosing.
Ochilgan oynada D: diskni chap tugmani ikki marta bosish orqali oching.
D: diskdagi Talaba nomli papkani belgilang va sichqonchaning о‘ng tugmasini bosing.
Ochilgan muloqot darchadan WinRAR sо‘ngra Добавить в архив… buyruqlarini tanlang.
Natijada quyidagi oyna namoyon bо‘ladi.
Bu oynaning Формат архива qismidan RAR yoki ZIP arxiv turlaridan birini tanlang va OK tugmasini bosing.
E’tibor bering D: diskda ko‘rinishdagi arxiv fayli namoyon bo‘ladi.
Bu arxiv fayl ustida sichqonchaning о‘ng tugmasini bosing va ochilgan muloqot darchada Свойства (Xossalar) bandini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasida arxiv faylning hajmiga e’tibor bering.
Endi xuddi shu yо‘l bilan Talaba nomli papkaning ham hajmiga e’tibor bering va arxiv faylning hajmi qisqarganiga ishonch hosil qiling.
Talaba nomli papkani tanlab Sift+Delete tugmalar yordamida о‘chirib tashlang.
Bajargan ishni о‘qituvchiga havola eting.
Izoh: Hurmatli talaba bunday arxivlashni oddiy arxivlash deyiladi. Kelgusida arxivlash amalini Parametrlarni ishlatgan holda bajarishingiz mumkin.