Tirik organizmlar tanasida yashashga moslanishlar.
(parazit) boshqa organizm (xo‘jayin) hisobiga yashashi parazitlik deb yuritiladi.
Xo‘jayin organizm bilan o‘zaro munosabatiga ko‘ra parazitlikning ikki turi farqlanadi: ektoparazitlar xo‘jayin organizm tanasining tashqi qismlarida yashaydi (bit, burga, kana, to‘shak qandalasi); endoparazitlar xo‘jayin organizmning tana bo‘shlig‘ida, ichki organ va to‘qimalarida, hujayralarida yashaydi (bezgak plazmodiysi, askarida, qilbosh chuvalchang, tasmasimon chuvalchanglar). Endoparazitlarda xo‘jayin organizmda yashash uchun bir qancha: jumladan, tana o‘lchamining kichikligi, tana tuzilishining soddalashuvi, himoya vositasiga ega tana qoplami, naslining ko‘pligi, hayot siklida xo‘jayin organizmning boshqasi bilan almashinishi va hokazo moslanishlar yuzaga kelgan.
Xo‘jayin organizm tanasida yashash uchun muhit qulay va optimal bo‘lgani sababli parazitlar murakkab tana tuzilishiga va moslanish mexanizmlariga ega emas. Shuning uchun ularning tana tuzilishi soddalashgan, ba’zi organlari reduksiyaga uchragan. Masalan, parazit chuvalchanglarda harakat organlari bo‘lmaydi. Ko‘pchilik vakillarida xo‘jayin tanasida mahkam o‘rnashib olish uchun yopishuv a’zolari (ilmoqlar, so‘rg‘ichlar) mavjud.
Tirik organizmlarning ovqat hazm qilish sistemasida uchraydigan parazitlar oson o‘zlashtiriladigan oziq bilan oziqlanishi natijasida parazitlarning hazm qilish sistemasi soddalashgan. Jigar qurtida hazm qilish organlari sistemasi soddalashgan bo‘lsa, qoramol tasmasimon chuvalchangida butunlay yo‘qol-
gan. Kislorodsiz muhitda yashash anaerob nafas olishga o‘tishga sabab bo‘ldi. Parazitlarda energiya sarfi kamligi va o‘zlashtiriladigan oziqning ko‘pligi sababli nafas olishning ushbu usuli o‘zini oqlaydi.
Tashqi muhit omillarining bevosita ta’siri ostida erkin hayot kechiruvchi organizmlardan farq qilib, parazitlar tashqi muhit bilan bevosita munosabatda bo‘lmaydi. Bu esa nerv sistemasining va sezgi organlarining soddalashuviga sabab bo‘lgan. O‘zini dushmanlardan himoya qilishga qaratilgan moslanishlarga ham ehtiyoj yo‘q.
Organizmning hazm yo‘llarida yashaydigan parazitlar xo‘jayin organizm tomonidan ishlab chiqariladigan hazm fermentlari ta’siri ostida bo‘ladi.
Shuning uchun ularda hazm fermentlari ta’siridan himoya qiladigan maxsus tana qoplami paydo bo‘lgan. Parazit organizmlarning yashash maydoni cheklanganligi, tarqalish va rivojlanish siklining murakkabligiga qaramasdan jinsiy sistemasining kuchli rivojlanganligi, serpushtligi ularning yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishda saqlanib qolish imkonini beradi.
Parazit organizmlar hayot siklida asosiy va oraliq xo‘jayin almashinadi. Bu hodisa bir xo‘jayin organizmida parazitlar sonining haddan tashqari ko‘payib ketishi va xo‘jayin organizmning nobud bo‘lishiga imkon bermaydi. Parazit o‘simliklarning xo‘jayin o‘simlik shirasi bilan oziqlanishi natijasida ulardagi fotosintez jarayoni mexanizmi va xlorofill pigmentlarining yo‘qolishiga olib keladi. Shuningdek, parazit o‘simliklarda ildiz, barg kabi vegetativ organlar tuzilishi soddalashgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |