O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI
Kurs ishi
MAVZU: Ochiq urug’lilar bo’limi
Bajardi :Nuraddinova.N
Tekshirdi:
REJA:
I.Kirish
Ochiq urug`lilar bo`limi haqida umumiy ma`lumot va uning tasniflanishi.
Sagovniklar sinfi. Urug`li paporotniklarning tarqalgan davri va o`ziga xos belgilari.
Ochiq urug`li o`simliklarning ahamiyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Tayanch ibora va atamalar: plyuska, integument, endosperm, mikropile, kamgak, sorus, ekzina, intina, nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va protallial hujayralar, smola yo`llari, chang nayi.
Kirish
Quruqlik sharoitida yashaydigan va urug` yetishtiradigan yuksak o`simliklar urug`li o`simliklar deb ataladi. Bu o`simliklarda urug` bo`lishi bilan arxegonial yuksak o`simliklardan, ya`ni moxlar, riniofit, plaun, qiriqbo`g`im va paparotniklardan tubdan farq qiladi. Hozirgi zamon yuksak urug` yetishtiruvchi o`simliklar asosan yuqorida aytilgan sporali yoki arxegoniylardan kelib chiqqan.
Urug`li o`simliklar ikki bo`limga: ochiq urug`lilar (Gymnospermae)va yopiq urug`lilar (Angiospermae) ga bo`linadi.
Ochiq urug`lilar qadimiy o`simliklar bo`lib, ularning qadimiy avlodlari toshko`mir davrining oxirlarida yashaganlar. Jumladan urug`li paporotniklar, bennettitlar, keytonlilar yo`qolib ketib, qazilma holda saqlanib qolganlar. Ginkoviylar, velvichiyalarni bittadan turi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda qarag`aylar, sagovniklar, gnetoviylar keng tarqalgandir.
Yer yuzida ochiq urug`lilarning hozir 660 turi mavjud bo`lib, asosan daraxt, qisman buta va liana turlari uchraydi.
Shoxlanishi monopodial bo`lib, poyasi kambiy va fellogen to`qimalarining faoliyati natijasida o`ziga xos tuzilishga ega. Ikkilamchi yugonlashish xususiyati bilan yopiq urug`li o`simliklarga yaqin tursada gistologi elementlaridan-tarxeyalardan tuzilganligi va o`tkazuvchi bog`lamlar yo`qligi bilan ulardan farq qiladi. Bargining tuzilishiga qarab ikki guruhga bo`linadi. 1. gr megofil linyasi bo`yicha poporotniklarga o`xshash barglar. 2 gr mikrofil linyasi bo`yicha hosil qilingan nina barglar. Bargi 2-5 yilda to`kiladi. Ochiq urug`lilar doimiy yashil o`simliklar bo`lib, ildizi-asosiy va yon ildizlardan iborat, mikoriza hosil bo`ladi.
Ochiq urug`li o`simliklarning xarakterli xususiyatlaridan biri urug` va urug` kurtakni ochiq bo`lishidir. Ularning urug`lari mevaning ichida emas, balki megosporafillarda ochiq holda joylashadi. Urug`kurtak megosporangiydan nutsellusdan tashkil topgan bo`lib, tashqi tomonidan intgument bilan o`rab olingan. Megosporofilning otalanishidan urug` rivojlanadi. Ochiq urug`lilarning muhim xususiyatlaridan biri spermatozoidning spermiyaga aylanishidir. Spermiyani hosil bo`lishi bu o`simliklarni suvsiz muhitida ham otalanishiga imkon yaratib beradi.
Ochiq urug`lilar MDH ning shimoliy qismida, Uralda, Markaziy Osiyoda va Kavkazda keng tarqalgandir. Ochiq urug`lilarnig kelib chiqishi, klassifikatsiyasi olimlar orasida jonli munozaraga sabab bo`lmoqda. Barcha arxegonial o`simliklar uchun xos xususiyat (moxsimonlardan to ochiq urug`lilargacha) tuxum xujayraning arxegoniyda hosil bo`lishidir.
Ochiq urug`lilarning tarqqiy etgan shakillarining hosil bo`lishi yopiq urug`lilarning hosil bo`lish davriga - devon davriga to`g`ri keladi. Ochiq urug`lilar quyidagi 3 ta sinfga bo`linadi.
1-sinf Sagovniklar. 2-sinf qubbalilar 3-sinf qobiqli urug`lilar.
Qubbalilar sinfi kordaitlar, ginkolar va ninabarglilar - qarag`aylar tartibiga bo`linadi.
Qarag`aylar tartibi. Bu tartib vakillari toshko`mir davrining oxiri karbon davrining boshida keng tarqalgan. Yura davrida barq urib rivojlangan.
Qarag`aylarning 560 turi mavjud bo`lib, 55 turkum va 10 ta oilaga bo`linadi.
Qarag`aylar oilasi Pinaceae. Qarag`aylar oilasi vakillari MDH xududida keng tarqalgan o`simliklardir. Bu oilaga quyidagi turlar kiradi: oddiy qarag`ay - sosna, qoraqarag`ay - Yel, Tilog`och - list vennitsa, Oq qarag`ay - pixta, barglari qisqa ninasimon bo`lib, mutyovka shaklida yoki juft bo`lib joylashadi. Ildizi yaxshi rivojlangan bo`lib, yon ildizlar hosil qiladi. Qarag`ay bir uyli ayrim jinsli o`simlikdir.
Ochiq urug`lilarning ko`payishini oddiy qarag`ay Pinus sibirica misolida qurib chikamiz. Qarag`ay tabiatda keng tarqalgan bo`lib, bo`yi 50 m balandlikka yetadi, 400 yil hayot kechiradi. Sporafill erkak va urg`ochi qubbada hosil bo`ladi. Qubbalar bitta o`simlikda joylashadi. Uzunligi 4-5 sm, diametri 3-4 sm bo`lib, unda spiral ravishda mikrosporofill joylashgan bo`lib, chang hosil qilishga xizmat qiladi.
Mikrosporofill tuximsimon shaklda bo`lib, unda ko`p miqdorda mikrospora hosil bo`ladi. Mikrospora bir yadroli, tashqi tomondan intina va ekzina qavati bilan o`ralgan bo`lib, yonida 2 ta to`rsimon havo pufakchasini hosil qiladi. Mikrosporaning unishidan erkak gametofit - chang hosil bo`ladi. Mikrospora ikkiga bo`linib, undan ikkita xujayra hosil bo`ladi. (anteridiyli va vegetativ). Anteridiyli xujayra sperma hosil qilishga xizmat qilsa, vegetativ xujayra spermani tuxum xujayraga yetkazib beriishga xizmat qiladi.
Urg`ochi qubbalar yosh novdaning uchida joylashadi. Qubbaning asosiy o`qida tangachalar joylashgan bo`lib, unda ikkitadan urug`kurtak hosil bo`ladi. Urug`kurtak nutselus va integumentdan tuzilgan bo`ladi.
Nutselus tuxumsimon bo`lib, ustidan integument o`rab turadi. Nutselusning qubba o`qiga qaragan qismida chang kirishi uchun yo`l - mikropill joylashgan bo`ladi. Nutselus markazida dastlab bitta xujayra joylashib, unnig bo`linishidan 4 ta megospora hosil bo`lsa, undan 3 tasi xalak bo`ladi yoki undan endosperm hosil bo`ladi. Erkak qubbadagi chang urug`kutrakka tushib una boshlaydi. Dastlab changning ekzina qavati yorilib vegetativ xujayra chang nayini hosil qiladi. Ikkinchi xujayra anteridial xujayra 2 ga bo`linib, spermagenli xujayrani hosil qiladi. Spermagenli xujayraning bo`linishidan 2 ta sperma hosil bo`ladi. Bu sperma tuxum xujayrasini otalantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |