Kimyoviy moddalarga muhtojlik-psixofaol moddalarni suiiste’mol qilish.
Krizisli vaziyat oqibati-yaqin odamining o’limi tufayli birinchi oy
davomidagi qayg’u reaksiyasi
Moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqlik.
Mahsuldorlik-ongli maqsadlarni amalga oshirish. Shaxs xulqining shun-day
belgilari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam bo’lmagan ahamiyatga egadir.
Me’yoriy «standart» axloq-ko’pchilik odamlar uchun xarakterli bo’lgan
ijtimoiy me’yorlarga mos tushadi, atrofdagilarning ma’qullashini uyg’otadi va
me’yoriy moslashuvga olib keladi. Umuman olganda, u garchi individuallikdan
mahrum bo’lsada, vaziyatga teng, mahsuldor.
Marginal-cheklangan axloq - ijtimoiy me’yorlarning eng oxirgi chegarasida
turadi, me’yor chegaralarini buzadi va kengaytiradi, atrofdagi odamlarda zo’riqish
tug’diradi.
Madanivat- Odamlarning katta guruhi uchun umumiy bo'lgan, avloddan
avlodga uzatiladigan tushunchalar, ustanovkalar, odatlar va xulq xususiyatlari.
74
Ma'qullash- Ijtimoiy bosimga mos harakat va e'tiqodni o'z ichiga oladigan
konformizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |