- axborot texnologiyalari orqali bajariladigan ishlar, ularning ahamiyatini
tushuntirish orqali o‟quvchilarni bu fanga qiziqish ruhida tarbiyalash;
v) rivojlantiruvchi:
- o‟quvchilarning informatika fanidan olgan bilimlarini, xususan,
kompyuterlar, ularning asosiy va qo‟shimcha qurilmalari haqidagi bilimlarini
axborot texnologiyasida qo‟llash orqali rivojlantirish.
Xuddi shuningdek, axborot texnologiyalari darsidan bir necha mavzularning
aniq maqsadlari [9], [23] yoritilgan. Har bir mavzuni o‟rganishga qaratilgan dars
maqsadiga erishish - axborot texnologiyalarining o‟quv maqsadiga qolaversa,
davlat ta‟lim standartlari talabiga erishishga olib keladi.
Shu sababli «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining asosiy
maqsadidan kelib chiqadigan bo‟lsak, o‟rta maxsus kasb-hunar ta‟limida tahsil
olayotgan talabalarga bu fanning nazariy va amaliy jihatlari haqida bilim berish,
zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik ta‟minoti, axborot ta‟minoti,
tashkiliy va dasturiy ta‟minotlari haqida umumiy ma‟lumotlar berish, amaliy
jihatdan xizmat ko‟rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilishdan
iboratdir.
43
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan aniq maqsadni qo‟ya
oladigan ta’lim beruvchi (o‟qituvchi): kasb-hunar kollejlarida axborot
texnologiyalari fanidan dars olib boruvchilar oliy ma‟lumotli bakalavr yoki magistr
bo‟lib va u:
- mutaxassis bilishi lozim bo‟lgan bilimlarni egallagan;
- hayotiy va amaliy tajribaga ega;
- ta‟lim oluvchiga nisbatan muammolar echimini oldindan hal eta oladigan va
ularni ta‟lim oluvchiga etkazib berish qobilyatiga ega bo‟lgan;
- ta‟limni o‟quvchilarga etkazishning turli usul va metodlarini mukammal
egallagan bo‟lishi kerak.
Tahsil oluvchilar – bu kasb - hunar kollejlarida ma‟lum bir mutaxassislik
bo‟yicha tahsil olayotgan o‟quvchilar bo‟lib, ularni ta‟lim beruvchi zamonaviy
bilimlarni etkazish, bilim, ko‟nikma va malakalarni rivojlantirishni bosh maqsad
qilib qo‟ygan bo‟lishi lozim. Buning uchun esa o‟qituvchi ta‟lim jarayonidagi
o‟qitish shakl va metodlarini puxta egallagan bo‟lishi kerak.
Ta‟limning tashkiliy shakllari deganda biz ta‟lim sodir bo‟ladigan tashqi
sharoitlar majmuini tushunamiz. O‟rta maxsus kasb-hunar kollejlarida kunduzgi va
sirtqi ta‟lim shakllari mavjud. Bu shakllar ichiga auditoriya va auditoriyadan
tashqari mashg‟ulotlar kiradi [7].
O‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limining yangi turdagi ta‟lim muassasasi
hisoblangan kasb-hunar kollejlarida axborot texnologiyalaridan qo‟yilgan dars
maqsadlariga erishish uchun o‟tiladigan auditoriya dars mashg‟ulotlari shakllari,
asosan, uch qismdan: nazariy ta‟lim(ma‟ruza) va amaliy mashg‟ulot va
laboratoriya ta‟limi shakllarida olib boriladi. Bunday ta‟lim shakllarini olib
borish uchun DTSda va o‟quv dasturida jami 140 soat vaqt ajratilgan. Dars
mashg‟ulotlarining shakllari bo‟yicha namunaviy taqsimoti quyidagi 2-jadvalda
keltirilgan.
Auditoriyadan tashqari mashg‟ulotlar mustaqil ta‟lim shaklida bo‟lib uy,
kutubxonalardagi turli tayyorgarliklar, loyihalash, tadqiqot, to‟garak ishlari sifatida
olib boriladi.
44
Ta‟limning shakli muayyan maqsadga muvofiq ma‟lum rejimda tashkil
etiladigan faoliyatning tashqi ifodasi bo‟lib, ta‟lim jarayonida etakchi o‟rinni
egallaydi [4], [7].
Ta‟lim oluvchilarga nazariy bilimlarni uzatish jarayoni nazariy ta’lim deb
yuritiladi. Nazariy ta‟lim, asosan, ma‟ruza usuli asosida o‟tkaziladi.
Axborot texnologiyalaridan olib boriladigan ma‟ruza darslari odatda maxsus
jihozlangan auditoriyalarda o‟tkazilishi ko‟zda tutiladi. Bu auditoriyalarda turli
texnik vositalar: kompyuter audio, video vositalari, kodoskoplar vositasida
nazariy bilimlarni ta‟lim oluvchilarga ko‟rsatmali holda berilsa, ayni maqsadga
muvofiq bo‟ladi. Nazariy bilim rejali, aniq maqsadga qaratilgan axborotlar
to‟plamidan iborat. Nazariy bilim o‟zlashtiriladigan va xotirada saqlanadigan
axborotdir. Kasb-hunar kollejlarida har bir fan bo‟yicha nazariy bilimlarni uzatish
davomiyligi 80 daqiqa, ya‟ni ikki akademik soatdan tashkil topadi. O‟quvchilar
tomonidan qabul qilingan bilimlar biror bo‟lim tugaganidan so‟ng oraliq baholash
shaklida baholanib boriladi.
Biz axborot texnologiyalaridan nazariy bilimlarning o‟ziga xos xususiyatini
quyidagilardan tashkil topgan deb hisobladik:
- beriladigan ta‟limni biror bir maqsadga yo‟naltirilganligi;
- huquqiy, pedagogik va psixologik tamoyillarga asoslanganligi;
- umumiy qabul qilingan standartga asoslanganligi;
- ma‟ruza jarayonida o‟quvchilarni mavzuga oid fan yangiliklari, kashfiyotlari
bilan tanishtirib borishdan iborat.
Talabalarning «Axborot texnologiyalari» fanidan nazariy bilimlarini
aniqlashda, og‟zaki topshiriqlarni baholash, test, savollarga yozma javob yozish
kabi baholash metodlaridan foydalaniladi.
Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni qamrab, aniqlash,
shuningdek, uni mo‟ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta‟lim
jarayonida qo‟yilgan
maqsad
natija
ko‟rsatkichlarini qanday darajada
o‟zlashtirganini aniqlash tushuniladi.
45
Ta‟lim beruvchi savol bergan vaqtda ta‟lim oluvchi hamma vaqt to‟g‟ri javob
beradi deb, kutmaslik kerak, chunki psixik omil (tanglik, erkin bo‟lolmaslik,
qo‟rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni
baholash orqali butun ta‟lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib
ko‟rilishi mumkin. Shuningdek, ta‟lim tizimi ko‟zlanayotgan natijani
berayotganligi yoki yo‟qligi tekshirilib ko‟riladi. Nazariy bilimlarni baholash
ta‟lim oluvchining o‟zligini anglashi uchun yana bir imkoniyatdir [22].
Do'stlaringiz bilan baham: |