59
Matnli va tasvirli ko‟rinishidagi axborotlarni ekranga
chiqaruvchi qurilma.
*
Ma‟lumotlarni kompyuterga kirituvchi va dasturlar bilan
ishlashni
boshqaruvchi qurilma
*
Disklarga axborotlarni yozish va undagi ma‟lumotlarni
o‟qish uchun mo‟ljallangan qurilma
*
Baholash mezoni: 5-6 ta to‟g‟ri javob – 1 ball; 7-8 ta to‟g‟ri javob – 2 ball; 9-10 ta to‟g‟ri javob – 3 ball
Ushbu metodik ishlanmadan talaba(o‟quvchi)lar bilim darajasini aniqlashda
foydalanish uchun, uni talaba(o‟quvchi)lar soniga mos holda ko‟paytiriladi va dars
mavzusi bo‟yicha kerakli ma‟lumotlar berilgandan so‟ng, ularga tarqatilib 5-10
daqiqa vaqt beriladi. Talaba(o‟quvchi)lar berilgan vaqt davomida o‟zlarining
javoblarini mos katakchalarga belgi (“+” yoki “*”)larni qo‟yishlari talab etiladi.
Belgilangan vaqt tugagandan so‟ng, ularning javoblarini baholash uchun aniq
javob ko‟rsatilgan variant taqdim etiladi. Natijada talaba(o‟quvchi)lar o‟z
javoblarini o‟zlari baholashga erishish mumkin, yoki vaqtdan unumli foydalanish
uchun tarqatma materialni yig‟ib, ularning javoblari keyingi darsda e‟lon qilinishi
ham mumkin.
Shuningdek,
ishlanmani
axborot
texnologiyalari
imkoniyatlaridan
foydalanib ham talaba(o‟quvchi)larga etkazish va o‟z-o‟zini baholashga o‟rgatish
mumkin. Talaba(o‟quvchi)lar bilimini tezkor aniqlashning bu kabi bir qancha
usullari bor bo‟lib, ularni o‟z o‟rnida ishlatish o‟qituvchining tajribasi, mahorati va
bilim darajasiga bog‟liq.
Talaba(o‟quvchi)larning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,
ularni mustaqil bilim olishga o‟rgatish, bilgan, o‟rgangan mavzu, topshiriqlarni
mustaqil bayon eta olishga o‟rgatishda “3x4”, 4x4, 6x6 kabi texnolgiyalarni
qo‟llash muhim hisoblanadi. Bu texnologiyani qo‟llash uchun o‟qituvchi avvalo
mavzuda uchraydigan tayanch tushunchalarni yoki mavzu bo‟yicha topshiriqlar
sonini oldindan ajratib belgilab olishi zarur. Masalan, “Kompyuterning dasturiy
ta‟minoti” mavzusini o‟rganishda asosan 3 ta asosiy tayanch tushuncha yoki
savolni qarab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ya‟ni:
tizimli dasturiy ta‟minot;
60
amaliy dasturiy ta‟minot;
instumental tizimlar.
Shu sababli guruh(sinf)da 25 nafar o‟quvchi bo‟lsa, ularni 8 nafardan 3 ta
kichik guruhga ajratish (2 ta kichik gurhda 8 nafar, 1 ta kichik guruhda esa 9 nafar
talaba\o‟quvchi\) va ularning har biriga yuqoridagi topshiriqlarni bajarish uchun
tanlash yo‟li bilan berish kerak. Masalan, har bir kichik guruh o‟z nomiga
“Bilimdon”, “Zukko”, “Ijodkor” kabi bo‟lsin. Kichik guruhlar teng kuchli bo‟lishi
uchun guruh(sinf)dagi talaba(o‟quvchi)larning bilim darajasiga qarab oldindan
shakllangan bo‟lishi maqsadga muvofiq sanaladi. Ko‟pincha fanning xususiyatidan
kelib chiqqan holda kichik guruhni o‟qituvchining o‟zi ham tuzishi mumkin. Bu
ishlarni o‟qituvchi qaysi darsida kichik guruhlar bilan ishlashini oldindan
rejalashtirilgan bo‟lsa, talaba(o‟quvchi)larni o‟tgan darsida ularni ogohlantirib
qo‟yishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: