Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Pahlavon Mahmud – 
taxallusi Puryoyvaliy yoki Qitoli 1247 
yili Qo’hna Urganchga yondosh qishloqlardan birida hunarmand-
kosib olilasida dunyoga keladi. Shoir va mutafakkir Pahlavon 
Mahmud futuvvat-javonmardlik guruhining ulug’ peshvolaridan biri. 
Fors 
tilida ijod qilgan. Po’stindo’zlik, telpakdo’zlik bilan 
shug’ullangan. U Sharqning Hindiston, Eronda va deyarli barcha 
mamlakatlarda polvonlikda dong taratgan, ko’pgina musobaqalarda 
qatnashgan, faqat zafar quchgan, tushgan in’om-ehsonlarni, sovrin, 
mukofotlarni beva-bechoralarga ulashib berib, o’zi ota kasbi 
po’stindo’zlik bilan kun kechirgan. Pahlavon Mahmud 1325 yili ona 
shahrida vafot etadi. Uning vasiyatiga ko’ra, jasadi o’zining 
po’stindo’zlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt o’tishi bilan maqbara 
atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. 
Pahlavon Mahmud zikri borasida manoqiblar, hayoti va faoliyati 
borasida tazkiralar, yodnomalar, lug’atlar hamda ilmiy merosini 
o’rganish bo’yicha tadqiqotlar mavjud. «Qomus ul-a’lom» (Sh. 
Somibek), «Otashkadai Ozariy» (L. Alibek), «Haft-iqlim» (A. Roziy) 
va «Riyoz al-Orifin» (S. Hidoyat) nomli asarlarda xabar berilishicha, 
1
Shаyх Nаjmiddin Kubrо. Jаmоling mеngа bаs. Rubоiylаr. – T.: «Mеrоs», 1994, 19-bеt. 
2
Хоразмшоҳ Жалолиддин мангуберди (даври, маданий ҳаёт, манбалар). – Т., 1999. – 
51-бет. 


73 
Pahlavon Mahmud. «Kanz ul-haqoyiq», («Haqiqatlar xazinasi») nomli 
masnaviy ham yozgan, lekin bu asar haligacha topilmagan. 
Ruboiylari To’xtasin Jalolov, Muinzoda, A.Boqir, I.Ulfat, 
Vasfiy,
1
Matnazar Abdulhakimov tomonidan o’zbek tiliga tarjima 
qilingan. Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan «Hazrati Pahlavon 
ruboiylari»ning qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik 
institutida
2
saqlanadi. Iste’dodli tadqiqotchi Jasur Mahmudov
3
juda 
ko’p dastxat manbalarni qiyosiy-tipologik o’rganish tufayli Pahlavon 
Mahmudning Kubraviya tariqatining javonmardlik tarmog’iga mansub 
ekanligini asosladi. Xorazmda yozilgan qo’lyozma «Hazrati Pahlavon 
ota hikoyatlari» nomli manoqibda shoir hayoti haqida ma’lumotlar 
keltirilgan
4
.
 
Pahlavon Mahmudning yelkasi yerga tegmagan zabardast 
afsonaviy pahlavon ekanligi hamda rahm-shafqatliligi, insonparvarligi 
va xalqparvarligi haqida xalq tomonidan juda ko’p rivoyat va 
afsonalar to’qilgan. Bu uning xalqlar o’rtasidagi shon-shuhratidan 
dalolatdir. 
Abdurahmon Jomiyning «Nafahot ul-uns min hazarot al-quds» 
tazkirasidan «Nafahot ul-uns»ning Zahiriddin Muhammad Xilvatiy 
bo’limida quyidagilarni o’qiymiz: Mavlono Zahiriddin Xilvatiy, 
qaddasallohu sirrauhu, ul zohir va botin ilmini o’zida jam’ qilgan zot 
erdi. Mavlono Zayniddin Toyobodiy «falak toqining ostida 
Zahiriddindek insonni bilmasman», deya marhamat qilgan ekanlar. 
«Aytishadiki, har qachon ul zot (Muhammad Xilvatiy) 
Xorazmda zikrga mashg’ul bo’lsalar, ovozlari to’rt farsax joyga 
yetardi va Pahlavon Mahmud Pakayor uning hamasri bo’lgan va u 
bilan suhbat qurgan». 
Alisher Navoiy «Nasoyim ul muhabbat»da Pahlavon Mahmud 
haqida quyidagilarni yozadi: «Xiva shahridan. Gehyor laqabi bilan 
mashhur. Ba’zilar Pakkayor deydilar. Xorazmlik kishidan so’radim, 
Pakkayor to’g’riroq ekan. O’z davrining mislsiz kurashchisi, Xushtab’ 
1
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари) / нашрга тайёрловчи М.Ҳасаний. 
– Тошкент. “Фан”, 2001.– 4 бет. 
2
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 4 бет. 
3
Ҳомиджон Ҳомидий. Тасаввуф алломалари. – Т.: “Шарқ”, 2009.– 144 – бет. 
4
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001.– 5 бет. 


74 
shoir bo’lgani bilan birga, yashirin tarzda tariqatda riyozatlar tortib, 
fayz olamidan ko’ngli bahramand kishi edi»
1

Alisher Navoiy Pahlavon Mahmudni hind podshohsi kurashga 
taklif etgani, biroq Pahlavonning borgisi kelmagani, g’oyibdan nido 
kelgach, borishga majbur bo’lganini yozadi. Pahlavon Hindistonga 
borgach, kurash oldidan o’sha yerdagi mo’tabar mozorni tavof qiladi 
va u yerda bir kampirni nola qilib: «Xudoyo, bu kelgan pahlavon 
kurashchi 
ma’rakasidan 
mening 
o’g’limni 
sharmanda 
chiqarmag’aysen»,
2
– degan ovozini eshitadi. Ertasi kuni kurashda 
Pahlavon kampirning o’g’liga yiqilib beradi. 
Ertasi kuni podshoh Pahlavonning hurmati uchun ov tashkil 
qiladi. Qiyalik yerdagi toshdan podshohning oti toyilib ketadi va 
Pahlavon Mahmud podshoh va uning otini ushlab, ko’tarib, tekis 
yerga olib qo’yadi. Hayratga qolgan shoh: «Buncha kuch-quvvating 
bilan bizning kurashchidan yiqilganing ajablanarlidir»
3
. Pahlavon 
Mahmud shunday javob beradi: 
O’z nafsingga hakam bo’lsang, marddirsan, 
Eslaganda ayb qidirsang, shunda nomardsan. 
Yiqilganni tepish mardlikdan emas,
Yiqilganni qo’llasang, o’shanda mardsan.
4
«Hazrati Pahlavon ota hikoyatlari» nomli manoqibda shoir 
haqida: «...ul hazrat odamlarni yaxshi ko’rar edilar. Agar odamlar xoh 
boy bo’lsin, xoh kambag’al bo’lsin, ahil bo’lsalar, ularni maqtar 
edilar. Bu haqda bir ruboiy iltifot qilib edilar: 
Ahil bo’lgan odamga jonim fido bo’lsin, 
Uning qadami boshida bo’lsa ham engildir. 
Agar do’zaxni aniq ko’rishni astasang, 
Dunyo do’zaxi bu – noahil odam suhbatidir»
5
, – 
degan fikr keltiriladi. 
Shunga ko’ra, Pahlavon Mahmud deb atalgan, fors va turkiy 
xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan so’ng, faqat ruboiy yozgan 
1
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. Ҳикоятлар ва ҳидоятлар/О.Давлатовнинг 
насрий баёнию – Тошкент: O’zbekiston, 2015. – 139-бет. 
2
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 140-бет. 
3
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет. 
4
Навоий, Алишер. Насойим ул-муҳаббат. – Тошкент, 2015. – 141-бет. 
5
Паҳлавон Маҳмуд (Ҳазрати Паҳлавот ота ҳикоялари). – Т., 2001. – 40- бет. 


75 
shoir Pahlavon Mahmuddir. Umar Xayyomning oddiy taqlidchi 
bo’lmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan Pahlavon 
Mahmud shahar hunarmand-kosiblarining futuvvat-javonmardlik 
harakati tashkilotchisi, ma’naviy rahnamosi bo’lgan. Ko’pchilik 
ruboiylari mardlik, marhamat va shafqat, sahovat va olijanoblik kabi 
javonmardlik qoidalari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf 
ta’limotining nazariy g’oyalari bilan javonmardlik tariqatining amaliy 
qoidalari o’zaro omuxta holda bayon qilingan. Unga ko’ra, Xudo 
diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud 
moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning 
lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, 
mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib 
turadi. Ulardagi «yor», «do’st», «ma’shuqa», «jonona» kabi so’zlar 
turli ma’nolarda ishlatilgan. So’fiyona she’rlarida esa, «Xudo» 
ma’nosida keladi. 
Pahlavon Mahmudning ruboiylarida shoir mansub bo’lgan 
tasavvufdagi javonmardlik oqimining axloqiy tamoyillariga xos 
muhim xususiyatlar (sahovat, shafqat, mardlik) ko’zga yaqqol 
tashlanib turadi. Javonmardlik g’oyasi Pahlavon Mahmudning 
dunyoqarashiga xos bo’lib, barcha ruboiylariga singib ketgan. U 
insonning aql-zakovatini ulug’laydi, uning axloqiy kamolotini, 
axloqiy pokligini qadrlaydi. 
Pahlavon Mahmud tasavvufiy-axloqiy qarashlarining o’ziga 
xosligi shundaki, uningcha, inson ulug’ nom, lekin u ana shu sharafli 
nomga loyiq bo’lishi uchun, avvalo yuksak axloqli bo’lishi lozim. 
Mutafakkir fikricha, inson va xalq bir-biridan ajratib bo’lmaydigan 
tushunchalardir, ayni chog’da inson o’z manfaatini xalq manfaatidan 
yuqori qo’ymasa, hayotdagi o’z o’rnini yaxshi tushunsa, elga 
g’amxo’r bo’lsa, uni haqiqiy inson deb atash mumkin deydi: 
Podsholik istasang, bo’l el gadosi, 
O’zingni unut-u, bo’l el gadosi. 
El toj kabi boshga ko’tarsin desang, 
El qo’lini tutgin-u, bo’l xokiposi. 
Axloqiy fazilatlar o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, aksincha, 
kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatdan kelib chiqadi va rivojlanadi. 
Odamlar o’z tabiatiga ko’ra turlichadir: shunday odamlar borki, ular 
ochiq ko’ngil bo’lib: «Ko’ngli pok na kek va na ginani biladi, mevali 


76 
daraxtga» o’xshaydilar, ularni hamma hurmat qiladi. Ammo shunday 
odamlar ham borki, «kekdan o’zga undan bo’lmas zahar hech», – 
deydi. Binobarin, u kishi axloqi pok odamlar bilan birga yashasa, 
ularning ta’sirida sahovatli odam bo’lib yetishadi, agar axloqi nopok 
kishilar ta’sirida bo’lsa, ularga qo’shilib, jirkanch xatti-harakatlar 
qilishi mumkin. Shoir zamondoshlaridan halollik va rostgo’ylik, 
kamtarlik va saxiylik, shafqat va muruvvat, olijanoblik va mardlik 
kabi insonga xos axloqiy fazilatlarni singdirishga harakat qilib, 
bunday deydi: 
Yomon bilan ulfat bo’lma, yur yiroq, 
Yo’lingga don sochib, qo’yadi tuzoq. 
Yoyni egri ko’rib, to’g’riligidan – 
O’q undan qanchalik qochganiga boq! 
Mutafakkir shoir o’z o’tmishdoshlari kabi do’stlikka va do’st 
tanlashga alohida ahamiyat berdi. «Zamonamizda, – degan edi u, – 
sodiq do’stni topmoq qiyin, shu sababli nomardlardan, nokaslardan 
vafo istama», «Sodiq kishining iti bo’lishga ham roziman, chunki 
sadoqatsiz kishidan it yaxshi» deb ta’kidlaydi. U samimiy, sof, 
beg’araz do’stlikni kuylaydi, biror maqsad bilan do’st tutinganlarni 
qattiq qoralaydi. O’zaro ahil bo’lib do’stona yashashga, do’stlikning 
qadriga yetishga chaqiradi. Haqiqiy do’st – o’z do’stini eng og’ir 
damlarda ham tashlab ketmaydi, deb ta’kidlaydi: 
Qora tosh sira ham bo’lmas lojuvard, 
Toza qalbga yuqmas aslo chang-u gard. 
Quloq solgin Puryoyvaliy so’ziga 
Qo’rqoqlardan chiqqanmidi biron mard! 
Mutafakkir ta’kidlaydiki, «Dono kishilarning davrasida bo’lib 
suhbatidan bahra olish va ularga izzat-hurmat bilan xizmat qilish 
nihoyatda sharafli bo’lsa, ammo nokas va nomardlar bilan do’st 
bo’lish, ularga xizmat qilish» esa kechirilmas sharmandalikdir. 
Pahlavon Mahmudning talqinicha, inson o’z tabiatida mavjud 
bo’lgan soflikni asrashi kerak, u ayyorlikka, makr-hiylaga berilmasligi 
lozim. Inson o’ziga tanqidiy ko’z bilan qaray bilishi, eng avvalo 
o’zidagi kamchiliklarni ko’ra bilishi, so’ngra boshqalardagini sezishi 
kerak, mutafakkir boshqalarning arzimagan kamchiligini ko’rib, 
o’zidagi kamchiliklarni, xatolarni yashirganlarni qattiq tanqid qiladi, 


77 
o’z kamchiligini ko’rib, o’zgalarnikiga muruvvat bilan qaragan 
kishilarni esa olqishlaydi: 
Filday kuching bo’lsa ham mo’r bo’lib ko’rin, 
Moling oshib-toshsa, ham ur bo’lib ko’rin. 
Hammaning aybini bilganing holda, 
Hech narsa bilmaganday, ko’r bo’lib ko’rin. 
Yaxshilik, yomonlik hamma davrlar uchun xos, lekin 
ezgulikning yovuzlik ustidan tantana qilishiga ishonish kerak: 
Donish erur otgan o’qim nishoni, 
Dadillik manbai – bilim koni. 
Ezgulik osmonin mahbusiman men, 
Zanjirim – fazo-yu, samo ummoni. 
Pahlavon Mahmud rostgo’ylik, to’g’ri so’zlikni ham insonning 
muhim axloqiy fazilatlaridan hisoblaydi. U rostgo’ylik haqida yaxshi 
fikrlarni aytish bilan chegaralanib qolmaydi. Uning fikricha, 
rostgo’ylik faqat kishilarning o’zaro gap-so’zlarida ifodalanibgina 
qolmasdan, balki kishilarning xatti-harakatida, yurish-turishida, 
odamlarga va jamiyatga bo’lgan munosabatida, ilm-ma’rifatga 
intilishida aks etmog’i lozim. Yuksak insonparvarlik tuyg’ulariga ega 
bo’lgan Pahlavon Mahmud xalq baxti uchun, haqiqat uchun, ilmu-
ma’rifat uchun kurashdi: 
Ma’rifatning tili – cholg’u - noyimdir, 
Aqlim-qilich, so’zim – o’qu yoyimdir. 
Imtiyozlar mulkin shohi bilurkim, 
So’z maydoni – Ishg’ol qilgan joyimdir. 
Pahlavon Mahmud: «Insonning baxt-saodati uning bilim va 
ma’rifatga erishuvida», - deydi. Ilm-u ma’rifatning qudratiga ishongan 
mutafakkir shunday deb ta’kidlaydi: 
Necha yil ilm-hunar payida bo’ldik, 
Necha yil zar-zevar payida bo’ldik, 
Olam sirlaridan bo’lganda ogoh – 
Bor ishni tashlab qalandar bo’ldik. 
Xullas, 
Pahlavon 
Mahmudning 
ruboiylari 
yoshlarni 
vatanparvarlik, do’stlik, xalq ishiga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, 
jamiyat manfaati yo’lida xizmat qilishga undaydi.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish