Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi


Avfiy Buxoriy va uning o’rta asr voqea, hodisalarini hikoya



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

Avfiy Buxoriy va uning o’rta asr voqea, hodisalarini hikoya 
qilish va rivoyatlarni ifoda etish borasidagi xizmatlari.
Muhammad 
Avfiy, Nuriddin Muhammad ibn Tohir ibn Usmon Buxoriy 1172 yilda 
Buxoroda ziyoli oilasida tug’ilgan. Adabiyotshunos (tarjimon, 
taskiranavis) olim, yozuvchi (kotib) hamda qozi lavozimlarida 
ishlagan. Buxorodagi madrasada o’qigan. 1201 yili Buxoroda ilek 
(hokim) saroyida kotiblik qilgan. Xorazm, Xuroson shaharlari – 
Nishopur, Tus, Hirot, Marvga sayohat qilgan, Najmiddin Kubro, 
Shayx Majdiddin Bag’dodiy kabi olimlar bilan muloqotda bo’lgan. 


57 
1219 - yilda Buxoroga qaytgan. Mo’g’ul istilosi davrida Hindistonga 
ketib, umrining oxirigacha Dehlida yashab, 1233 yilda o’sha yerda 
vafot etgan.
«Lubob ul-albob» («Idrok xulosalari») tazkirasini yaratgan 
(1222-23). 12 bobdan iborat mazkur tazkira mo’g’ul istilosidan 
avvalgi adabiyot va madaniyat arboblari haqida yagona manba 
sanaladi. Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d ash-
shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») asarini arabchadan 
forschaga tarjima qilgan. Avfiy Buxoriyning ikkinchi yirik asari 
«Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» («Hikoyatlar to’plami va 
rivoyatlar ziyosi», 1228) nomli hikoyat va rivoyatlar to’plami ham 
mavjud
1
. To’plamda qadimiy Gretsiya, Hindiston, Movarounnahr va 
Xurosonning iqtisodiy, madaniy, siyosiy, axloqiy hayoti va tarixiga 
aloqador bo’lgan hikoyalar hamda jug’rofiyaga doir materiallar va 
diplamatik munosabatlar borasidagi hikoyat va rivoyatlar o’rin olgan. 
To’plamda asosan mingdan ortiq turli tarixiy shaxslar, 
shuningdek o’zi eshitgan, ko’rgan insonlar bilan bog’liq hikoyat va 
rivoyatni o’z ichiga olgan. Bundan tashqari turli fanlarga oid ilmiy 
lavhalar, bahslar va xulosalar hikoya va rivoyat tarzida bayon 
qilingan. Unda Abu Amal-Muhassin Attanuhiyning «Al-faraj ba’d 
ash-shidda» («Baxtsizlikdan keyingi shodlik») kitobidan olingan 
hikoyat va rivoyatlar ham talaygina. Kitob to’rt qismdan iborat, uning 
har bir qismi o’z navbatida 25 bobga bo’linadi. 
To’plamning birinchi qismida avliyo va anbiyolar karomatu 
mo’jizalari, xalifalar tarixi, ajam tarixi, hokimu arboblar qiyofasi, 
adolat fazilati va shunga o’xshash mavzulardagi hikoyatlar jam 
etilgan. 
Ikkinchi qismda esa hayo va tavoze, yumshoqlik, odob, sahovat, 
lutf-u -karam, sabr-u - toqat, shijoat, mehr-u - vafo kabi insoniy 
xislatlar haqidagi rivoyat va hikoyatlar jamlangan bo’lsa. uchinchi 
qismda mazkur xislatlarning aksi bo’lgan hirs-u - hasad, tama va 
yolg’onchilik, baxillik, ziqnalik, zolimlik, xiyonatkorlik va hokazolar 
qattiq hajv qilinadi. Ayollar ziyrakligi, aqlu zakovati. ularning 
1
Авфий Муҳаммад. Нодир ҳикоялар. Форс тилидан И.Низомиддинов ва Т.Файзиев 
таржимаси. – Т., Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977. – 204 б. – 4 бет. 


58 
xushaxloqligi va badaxloqligi haqidagi hikoyatlar ham shu bo’limdan 
joy olgan. 
To’plamning to’rtinchi qismida ajoyib hodisalar, dengiz va 
quruqlikning xosiyatlari hikoya qilinadi. Ayniqsa Rum, Vizantiya, 
Arabiston, Habashiston, Kaspiy dengizi va undagi orollar, u o’lkalarda 
yashovchi xalqlar to’g’risidagi tafsilotlar qayd etilib o’tiladi. 
Bu kitobning tarixiy ahamiyati shundan iboratki. avvalo, ba’zi 
tarixiy shaxslar, voqealar, olim va shoirlar haqida manbalar yo’qolib 
ketgan va faqat shu kitob orqali, ushbu ma’lumotlar bugungi kungacha 
yetib kelgan. «Javome’ ul-hikoyot va lavome’ ul-rivoyot» asari 
Avfiydan keyingi yashagan barcha tarixnavis mualliflarga va 
adabiyotshunoslarga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. 
Avfiy tomonidan sodda tilda yaratilgan ushbu to’plam XII – XIII 
asrning didaktik asarlar qatoriga kirib, nasrning yorqin namunasi 
hisoblanadi. Asar Sharq mamlakatlarida keng tarqalgan, ayrim 
hikoyalari o’zbek tiliga tarjima qilingan. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish