Gulchehra izbullaeva pedagogika nazariyasi



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana23.05.2022
Hajmi1,25 Mb.
#607699
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
Избуллаева укув кулланма — 2019

«Masnaviy»ning to’rtinchi kitobi 
«Masnaviy» «manzillarining 
eng go’zali, sud-u samarlarning eng buyugi tomon to’rtinchi safardir», 
ya’ni to’rtinchi kitob «Jonlarga farog’at bu, badanlarga shifo...» 
bo’lgani kabi ma’naviyat «Solih badanlarning harakatlariga, 
soliklarning xohish-istaklariga benazar», – deyiladi va «Masnaviy» 
«Bizga boqqan, biz bilan diydorlashganlarga – nur, kelajak 
avlodlarimiz, farzandlarimizga – xazina», – deya ta’rif keltiriladi. 
Kitobda «Voiz», «Qaltis harakat», «Benomus xotin», «Xushbo’y 
hidlardan o’zidan ketgan odam», «Amal bilan nasihat etmoq so’z ila 
o’git bermoqdan afzaldir», «Tarozuning toshi», «Ibrohim Adham 
qissasi», «Suv sasi», «Bir shoir qissasi», «Ahmoqning javobi sukut», 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (368-бет). 
2
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (370-бет). 


144 
«Majnunning nortuyasi» kabi hikoyatlar keltirilgan. To’rtinchi kitob 
inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida to’rtinchi qadam bo’lib, 
ko’proq insonlarni ziyo, nur, ya’ni ilmu ma’rifatga chorlaydi. 
Aksariyat hikoyatlarda ilmsizlik, axloqsizlik qoralanadi. Ba’zi 
hikoyatlarda nafs quliga aylangan insonlar hayoti hajviy shaklda 
tasvirlanadi. To’rtinchi kitobi mana bu misralar zamirida yaratilgan 
desak, mubolag’a bo’lmaydi: 
Ul hadisda dedikim, Yazdonu hu, 
Xalqni olamni yaratdi uch guruh. 
Bir guruhda jumla aql ilmi jud, 
Ul malaklardir, faqat aylar sujud... 
Bir guruh borkim, ular hayvonsifat, 
Yeb-ichib, uxlab semirgaylar faqat... 
Bor uchinchi bir guruh – qavmi bashar, 
Yarmi inson, yarmisi eshak magar
1

Bunda Rumiy hadisga sharh keltirib, insonni uch guruhga ajratib 
ko’rsatadi: 
birichi guruh – iymon-e’tiqod, ilm sohibi, ya’ni malaklardir; 
ikkinchi guruh – hirs, nafs sohibi, ya’ni hayvonlardir; 
uchinchi guruh – gumon sohibi, ya’ni yarmi inson, yarmi 
eshakdir, deydi. Rumiy aynan to’rtinchi asarda bir-birini inkor 
qiladigan hayotiy qarashlar haqida fikr yuritadi. U insonning ma’naviy 
tarbiyasi borasida qayg’urar ekan, uni davolovchi tabiblarni ikkiga 
bo’lib tasvirlaydi: bittasi – tan tabibi, ikkinchisi – qalb tabibi. 
«Tan tabibi badaningga boqib, tomiringni ushlab nafasing va 
rangi ro’yingdan tashxis qo’yib davolasa, qalb tabibi ko’zingga, 
so’zingga boqib ko’ngil xastaligingni biladi va ko’ngillarga yo’l topib, 
ruhiyatingni tadqiq etib davolaydi», – deydi. Shoir qarashlarida qalb 
tabibi ma’naviy tarbiya beruvchi ustoz sifatida gavdalanadi. Tan va 
qalb tabibi, ya’ni (tibbiy) madaniy va ruhiy tarbiya uyg’unlikda 
insonni yetuklik darajasiga yetkazadi deya ta’kidlaydi alloma. 
«Masnaviy»ning 
«bu 
Masnaviy 
daftarlari, 
ma’naviy 
tushunchalarning beshinchi kitobidir.
Ul haqdakim, shariat shamga 
o’xshar, yo’lingni yoritar, to qo’lga sham olmaguncha yo’l 
yurmog’ing maholdir. Bas, yo’lga tushdingmi, ul Tariqatdir. Yo’l 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (432-бет). 


145 
bosib maqsadga yetganing, qo’lga kiritganing – Haqiqat», – deyiladi 
va kitobda komillikka erishish yo’llari ko’rsatiladi. «Shariat ilmdir, 
tariqat amaldir. Haqiqat Allohga yetishmoqdir», – deyiladi. Asarda 
«Fe’ldagi tafovutlar», «Tovus», «Darveshlar suhbati», «Itiga 
marsiyalar kuylab yig’lagan arab hikoyati», «Ohu bolasi», «Abu Bakr 
ismli kishi», «Tushda», «Nafs», «Senga bir do’st kerak», 
«Payg’ambarlik da’vo qilgan kimsa», «Murid», «Zarvon ahli qissasi», 
«Ayozning farosati», «Majnun voqeasi», «Mashuqning imtihoni», 
«Nasuhning tavbasi», «Agar yuragi bo’lsa», «Teri qo’ldan ketdi» 
nomli bir qator hikoyatlar keltirilgan. Beshinchi kitob inson ma’naviy-
axloqiy shakllanishida beshinchi oliy qadam bo’lib, inson o’zidagi 
yomon xislatlardan qutulib, kamolot yo’lini tanlashi borasida fikr 
yuritilgan. Rumiy ta’limotining markaziy g’oyasiga e’tibor qaratilsa, 
unga ko’ra, hayotning o’zi inson qalbining buyuk haqiqatini izchil, 
uzluksiz o’rganish usuli kabi ko’rinadi, chunki har bir qalb uni o’zi 
qabul qila oladigan darajada va belgilangan chegarasigacha qabul 
qiladi. Bundan tashqari, butun olamning o’zi o’qitish maskani 
sanaladi; undagi darslar – inson hayoti borasida tashkil qilingan; 
o’quv qurollarini esa hayotda kuzatiladigan butun holat, uchrashuvlar, 
narsa va hodisalar, tirik mavjudot tashkil etadi. Imtihon – sinov va 
nafs, bizning erishganimiz, anglaganimiz... O’qituvchi albatta 
Yaratuvchining o’zi sanaladi. Bu ta’limot so’fiylik haqiqati bilan 
xarakterlidir. Rumiy beshinchi kitobda insonning ma’naviy olamini 
quyidagicha tasvirlaydi: 
Boqki, inson qalbining to’rt vasfi bor, 
Ahliga chormix bo’lib, etgay fishor... 
Ma’naviy to’rt qushki, mash’um, rohzan, 
Xalq dilu jonida tutmishlar vatan. 
Chun ular g’ozdir, tovus, zog’u xo’roz, 
Nafs aro har lahza bergaylar ovoz. 
G’oz – hirsdirkim, xo’roz – shahvat erur. 
Gar tovus joh ersa, zog’ niyat erur
1

Bu misralarda g’oz – hirs, xo’roz – shahvat, tovus – johillik, 
zog’ – niyat, ramzi bo’lib, inson qalbidagi ana shu to’rt vasfni jilovlab 
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (506-бет). 


146 
bilsa, «vujudi ma’naviyga», ma’naviy yetuklikka erishadi, 
deyilmoqda. 
Beshinchi kitobning asosiy mazmuni «insonning tani 
mehmonxonaga, 
undagi 
turli-tuman 
fikru 
andishalar 
turli 
mehmonlarga o’xshar» degan tushuncha bilan boyitiladi va Rumiy 
insonni hamisha bo’layotgan voqea-hodisalardan to’g’ri xulosa 
chiqarishga va hur fikrlashga chorlaydi. 
«Masnaviy»ning oltinchi kitobi. 
«Bu Masnaviy daftarlari, 
ma’naviy bayonotlarning oltinchi jildidir. Vahm-u ishtibohlar 
qorong’uligini yorituvchi, xayolot va shubha gumonlarni yo’qlikka 
surguvchi mash’aladirkim, uni hayvoniy his ila idrok etishning imkoni 
yo’qdir». Oltinchi kitob inson ma’naviy-axloqiy shakllanishida 
oltinchi qadam, ko’proq insonning o’z mohiyatini anglashi, qalbidagi 
shubha-gumonlarni yo’qotishiga qaratilgan va u quyidagi misralar 
bilan boshlanadi: 
Ey hayoti dil, Husomiddin, yigit, 
Jazb etar ko’nglingni ul oltinchi jild... 
Bir ariq och Masnaviydin unga, bas, 
Ma’naviyat dengizin ko’r har nafas
1

«Masnaviy» - ma’naviyat dengizi sifatida millat tanlamaydi. 
Shoir ijodi bilan tanishgan odam qaysi firqa, din vakili bo’lishidan 
qat’iy nazar ma’naviy ozuqa oladi, chunki Rumiy ta’limoti 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan. Tadqiqotlardan shu narsa 
ma’lumki, xoh u musulmon, xoh u xristian, xoh u buddaviy bo’lsin, 
barcha olimlar Rumiy ijodidan birdek ilhomlanib, o’z asarlarini 
yaratganlar. Zero: 
Millati ishq barcha dinlardan judo, 
Ahli ishqqa millatu mazhab Xudo. 
Uning ijodida yuksak insoniylik kabi bir tuyg’u borki, dunyo 
ahlini lol qoldirib, ijod ahlini larzaga solib keladi. Oltinchi kitobda 
«Og’ochdagi qush», «Sham», «O’g’rining makri», «Posbon», 
«Ko’ngil uyg’oqligi», «Shirakayf shoh va cholg’uchi», «Shum 
kampir», «Darveshning duosi» kabi bir qator hikoyatlar keltiriladi. 
Rumiy «Masnaviy» borasida fikr bildirar ekan:
1
Румий Жалолиддин. Маснавийи маънавий. – Т., 2010. – 846 б. – (639-бет). 


147 
Boqma sen suratgakim, ul masnaviy, 
Boq o’shal siyratga, ulkim ma’naviy
1
– deydi.
Rumiy ijodi haqiqat bilan yo’g’rilgan, uning asarida adabiy 
bo’rtma tasvir uchramaydi. Hayotdagi voqea-hodisa qanday bor 
bo’lsa, shundayligicha tasvirlanadi va uning mohiyatiga dalil 
keltirilgan holda isbotlanadi. Rumiy so’zlarni shunday ishlatadiki, bu 
so’zni boshqacha holatda ishlatib bo’lmaydi. Uning so’z san’atidan 
shoir va yozuvchilar manba sifatida foydalanib kelishadi. Rumiy: 
Bo’lsa gar o’rmon – qalam, daryo – siyoh, 
«Masnaviy» nazmiga yetgaymu ado?..
2
– deydi. 
«Masnaviy»da keltirilgan ma’naviyat borasidagi fikrlar hech 
vaqtda nihoya topmasligi, bu tushunchaning abadiyligi va u orqali 
ko’karish, yangilanish, yasharish davom etishini aytadi. Rumiy 
«Masnaviy»si uning betobligi tufayli oltinchi kitobdagi «Uch 
shahzoda» hikoyatiga kelib nihoyasiga yetmay qoladi. Uni nihoyasiga 
yetkazish uchun hech kim Rumiy qalamiga qo’l urolmaydi va o’g’li 
Sulton Valad xotimasi bilan tugaydi. 
Rumiyning boy ma’naviy merosi ayniqsa, «Masnaviyi 
ma’naviy» asari bilan yaqindan tanishish natijasida asar shaxsni 
ma’nan yetuk, axloqan poklikka yetaklash manbai ekanligi yaqqol 
namoyon bo’ldi. Mutafakkir ma’naviy merosini o’rganish 
jarayonining mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: komil inson, 
o’zlikni anglash ijtimoiy zaruriyat bo’lib, bu muammoning hal etilishi 
milliy va umumbashariy qadriyatlardan unumli foydalanish, barkamol 
insonni tarbiyalashdek ulkan maqsadni amalga oshirishga xizmat 
qiladi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish