Gruntlarning reologik xossalari



Download 77,41 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi77,41 Kb.
#920955
Bog'liq
Choriyev.B(1-mustaqil ish)


Gruntlarning reologik xossalari
Gruntlarning reologik xususiyati deganda bosim ostidagi gmntlarning vaqt davomida o'zini tutish xossalari tushuniladi. Gruntlarning tashqi kuchga qarshiligi uni ustiga qo‘yilgan shu kuch tezligiga bog’liqdir. Tashqi kuch bosimi oshgan sari unga gruntning qarshiligi shuncha ko‘p bo‘lib, elastik deformatsiya ustunllgi oshadi.
Tashqi kuch asta-sekin oshib borsa, grunt qarshiligi kam bo'ladi va gruntda oquvchanlik xossasi paydo boTadi. Elastiklik deformatsiya darajasi yoki grunt suriluvchanligi, oquvchanligi unga ta’sir etuvchi tashqi kuchni qo'yilish vaqtiga bog'liq, uni vaqt relaksasiyasi deb tushiniladi. Bunda ma’lum bir vaqt ichida zo'riqish ma’lum miqdorga kamayadi.
Relaksasiya vaqti turli gruntlarda turlicha bo'ladi. Qoya tog' gruntlarida relaksasiya vaqti yuz va ming yillarga teng bo'lsa, shishada 100 yilga teng, suvda esa 10-11 s. Agar tashqi elastik deformatsiya kuchi davomiyligini gruntga ta’siri relaksasiya vaqtidan kam bo'lsa, gruntda asosan elastik deformatsiya rivojlanadi. Relaksasiya davri asosiy kontakt hisoblanib, u qattiq va suyuq jism xossasini birlashtiradi. Relaksasiya vaqti miqdori qovushqoqlik «ɳ» ni elastiklik moduliga nisbati orqali aniqlanadi: T = ɳ/G
Gil gruntlar uchun, boshqa ko'pchilik gruntlar kabi reologik yoki oquvchanlik xossa tavsiflidir. Bu shunday mexanik xossa bo'lib, gruntlami vaqt davomida zo'riqib deformatsiyalanishi o'zgarishi jarayonida sodir bo'ladi. Gil gruntlarida bu xossa asta-sekin plastik deformatsiyalanish holatida, ya’ni grant strukturasini buzmaydigan tashqi bosim ta’sirida, grant zo'riqishini kamayishi (grant doimiy zo'riqishini ushlab turish) vaqtining cho'zihshi (relaksasiya), bosim ta’sirida mustahkamligining kamayishi natijasida sodir bo'ladi. Deformasiya natijasida grant zarrachalari siqiladi va siljiydi. Ba'zan tashqi kuch tez va qisqa vaqt ichida ta’sir qilishida bosim oshishi natijasida gruntlarda tiklanmaydigan deformatsiya, surilish yoki oqish sodir bo'ladi, ya’ni so'nuvchan va so'nmaydigan deformatsiya sodir bo'ladi.
So'nmaydigan deformatsiya natijasida poydevor ostidan gmnt zarrachalarining gpoydevor atrofida bo'rtib chiqish hollari yuzaga keladi.
Bunday hosil bo'luvchi chegaraviy zo'riqish holatida zarrachalarning yon tomonga qarab oqishi yoki siljishi va cheksiz (to'xtovsiz) surilish yuzasi vujudga keladi, gmnt o'z mustahkamligini yo'qotadi. Bosim yanada oshishi natijasida poydevor ostida qattiq (yadro) o'zan hosil bo'ladi va u to'xtovsiz gmnt qa'riga kirib boradi (7.1-rasm)
Gmntlarga qisqa vaqt ichida ta’sir etgan bosim natijasida ham gmnt yaxlitligi buziladi, bu kuch uzoq vaqt ta’sir etib, grunt yaxlitligini buzgan kuch miqdoridan ko‘p bo'lishi mumkin.

Ikki holatda ham bosim natijasida ularning zarrachalari asta-sekin harakatga kelib, siljish jarayoni sodir bo‘ladi. Kichik miqdordagi bosim gruntga uzoq vaqt ta’sir etsa, gruntlarning fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi — shu gruntning relogik xususiyati deyiladi. Reologik xususiyat sekin plastik oquvchanlikdir, bunda bosim doimiy o‘zgarmas bolib, deformatsiya to‘xtovsiz o‘sib borishi holati yuz beradi, deformatsiya miqdori grunt zichlangan yoki siqilgan holatda (zo‘riqish to‘xtovsiz kamayib boradi) va gruntning mustahkamligi kamayib, yaxlitligi buzilganda namoyon bo‘ladi.


P oydevoming asosini turg'unligi koeffisientini hisobga olish masalasi inshoatni statik masalasidir. Tnshoat asosining chegaraviy muvozanat holati koeffisentini hisoblashda quyidagi tenglamani aniqlash kerak bo‘ladi.

bunda N — inshoat poydevori orqali gruntlarga ta’sir etayotgan bosim; Nkr — hegaraviy bosim, bu bosim ostida gruntlarda chegaraviy muvozanat holati yuzaga keladi.
Chegaraviy bosim (Nkp) ham xuddi inshoatga ta’sir etayotgan bosimdan iborat bo‘lib, farqi faqat ularning qiymatidadir.
Inshoatning turg‘unlik koeffisienti deb inshoat poydevori asosini chegaraviy muvozanat holatiga keltiruvchi bosimning haqiqatda ta’sir etayotgan bosimga bo'lgan nisbatiga aytiladi. Odatda, bir paytni o‘zida gruntlarga gorizontal hamda vertikal kuchlar ta’sirida ularning qiymati o‘zgarmaydi. Chunki ularning teng ta’sir etuvchi yo'nalishi o'zgarmas bo'ladi, bu holda yuqoridagi usul bilan kritik bosimni aniqlash mumkin bo'lmay qoladi. Shuning uchun har bir kuchlarning ta’sir etish yo‘nalishiga qarab, alohida-alohida xususiy turg‘unlik koeffisienti aniqlanadi. Chunki bu kuchlar o‘zicha muvozanat holatini buzishi mumkin.
A gar inshoat asosi turg‘unligi gorizontal kuchlar bilan aniqlansa, u holda vertikal bosim uchun turg‘unlik koeffisienti chegaraviy gorizontal kuchning QGR(chegaraviy muvozanat holati uchun aniqlangan) inshoat loyihalashda qabul qilingan gorizontal kuchga nisbati bilan aniqlanadi:

Agar asos turg‘unligi vertikal bosim bo‘yicha aniqlansa, u holda asos turg‘unligi loyihada berilgan gorizontal bosim uchun chegaraviy vertikal bosim PGR ning loyihada qabul qihngan muvozanat shartida kelib chiquvchi vertikal bosimga bo'lgan nisbati bo'yicha aniqlanadi.


Hisoblangan koeffisientning haqiqiy turg'unlik koeffisientiga yaqinligini baholash tajriba asosida ma’lum gidrogeologik va muhandisgeologik sharoitga bog'liq ravishda bajariladi.


U o'z navbatida poydevor asosida tarqalgan tog' jinslarining bir sifatliligiga, berilayotgan bosim hisoblangandan ko'ra oshishiga bog'liq bo'ladi.
Inshoat turg'unligini hisoblashda chegaraviy muvozanat holatini vazifaga asosan tirgak devorlariga bo'ladigan bosim qiya sathlar turg'unligini hisoblash ko'zda tutilgan.
Download 77,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish