Gruntlarning mexanik xossalari reja: Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari


Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi



Download 85,03 Kb.
bet4/7
Sana15.01.2022
Hajmi85,03 Kb.
#370599
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GRUNTLARNING MEXANIK XOSSALARI

3. Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi

Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi ularning tuzilishiga, g’ovaklarining miqdori, o’lchami va shakliga, hamda grunt tarkibidagi suvning turi va holatiga bog’liqdir. Suv o’tkazuvchanlikni o’rganishda filtratsiya va migratsiya xodisalarini bir-biridan farqlash lozim.

Suvning grunt tanasi bo’ylab mexanik ta‘sirlar (tashqi bosim yoki o’zining xususiy og’irligi) natijasida harakatlanishiga filtratsiya, fizikaviy-kimyoviy tabiatga ega bo’lgan omillar (elektromolekulyar tortishish kuchlari, osmotik bosim va h.k.) sababli suv molekulalarining siljishiga migratsiya deyiladi. Gruntlar mexanikasida asosan filtratsiya hodisasi o’rganiladi.

Gruntlar o’zlarining tuzilishiga bog’liq holda suvni g’ovaklari (sochiluvchan va gilli gruntlarda) yoki yoriqlari (qoya gruntlarda) orqali o’tkazishi mumkin. Meliorativ qurilish uchun sochiluvchan va gilli gruntlarning suv o’tkazuvchanlik qonuniyatlarini bilish muhimroqdir. Shu sababli, bundan keyin faqat ushbu gruntlarning xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.

Tajribalarning ko’rsatishicha, filtratsiya xodisasida asosan gravitatsion erkin suv qatnashadi va bunda, uning harakatlanishi laminar filtratsiya qonuniga bo’ysunadi. Sochiluvchan gruntlar uchun ushbu qonunning matematik ifodasi, 1885 yilda frantsuz olimi Darsi tomonidan quyidagi ko’rinishda taklif etilgan:

vф = кф i , (12)


bu yerda vф – filtratsiya tezligi; кф – filtratsiya koeffitsienti; i – gidravlik gradient.

(12)-bog’lanishning grafik ko’rinishi 4.4-rasmdagi 1–chiziq bilan tasvirlangan.

Filtratsiya yo’lida suv bosimining yo’qotilishini tavsiflovchi gidravlik gradient quyidagi nisbat bo’yicha aniqlanadi:


i =  H/L , (13)


bunda  H = H2 - H1 – naporlarning farqi; L – filtratsiya yo’lining uzunligi.




3 – rasm. Filtratsiya koeffitsien- 4 – rasm. Filtratsiya bog’lanishi:

tini aniqlovchi qurilma sxemasi 1 – qumlarda; 2 – gilli gruntlarda

Darsi formulasidan filtratsiya koeffitsienti: кф = vф / i - ya‘ni uning miqdori gidravlik gradient birga teng bo’lgandagi filtratsiya tezligiga teng. Filtratsiya koeffitsienti odatda m/sutka yoki sm/s larda baholanadi. Uning qiymati har xil gruntlar uchun katta oraliqlarda o’zgaruvchan bo’lib, qumlar uchun r10-1... r10-4 sm/s; qumoq tuproqlar uchun r10-3... r10-6 sm/s; sog’ tuproqlar uchun r10-5... r10-8 sm/s; gil tuproq uchun r10-7... r 10-10 sm/s (bunda r – 1 dan 10 gacha bo’lgan va tajriba asosida o’rnatiladigan son).



Dala sharoitida, filtratsiya koeffitsientini maxsus qazilgan chuqurchalardan suv o’tkazish yo’li bilan aniqlash mumkin. Laboratoriya (tajriba) ustaxonalarida esa bu koeffitsient Darsi qurilmasi, Tim asbobi, Kamenskiy quvurchasi, Dolmatov asbobi, Znamenskiy tomonidan taklif etilgan KFZ asbobi va boshqalar yordamida o’rganiladi. 4.3-rasmda filtratsiya koeffitsientini aniqlashda ishlatiladigan eng oddiy qurilmalardan birining sxemasi ko’rsatilgan.

Tajribalarda grunt namunasidan sizib o’tadigan suvning tezligi, gidravlika va fizikadan ma‘lum bo’lgan quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

vф = V/(A t) , (14)


bu yerda V – sizib o’tgan suv hajmi; A – grunt namunasining filtratsiya yo’nalishiga tik bo’lgan ko’ndalang kesim yuzasi; t –sizish vaqti.

(12)– va (14)–ifodalarni taqqoslashdan, filtratsiya koeffitsientini aniqlashning tajribalarda keng qo’llaniladigan quyidagi bog’lanishi kelib chiqadi:

кф = V / (A t i) . (15)


S.A.Roza, B.F.Reltov , E.M.Dibrov va boshqalarning mayda g’ovakli va tuzilishi zich bo’lgan gilli gruntlar bilan o’tkazgan tajribalari, Darsi qonuniga biroz o’zgartirish kiritish lozimligini ko’rsatdi. Bunday gruntlarda suv harakati, ma‘lum bir boshlangich gradient i0 ni yengib o’tgandan so’ng boshlanar ekan. 4-rasmning 2-chizig’i bilan tasvirlangan ushbu bog’lanishning VS oralig’ida, filtratsiya tezligi tekis harakat qonuniyatiga buysunadi. Shu sababli, zich gilli gruntlarning filtratsiya koeffitsientini aniqlash ifodasi:


кф = vф/(i - i0) = V/(A t (i - i0)) . (16)


Boshlang’ich gradient kuzatiladigan gruntlardagi filtratsiya jarayonida, erkin suvdan tashqari, g’ovak bog’langan suv ham qatnashishi mumkin.

Filtratsiya jarayonida grunt g’ovaklari bo’ylab harakatlanayotgan suv har xil maxalliy qarshiliklarni yengib o’tadi. Bunda suvning xuddi har xil diametrli quvurlar tizimidan okib o’tishidagi singari, filtratsiya yo’li uzunligining oshib borishi bilan, suv sarfi va mos ravishda gidravlik gradient qiymatlari kamayib boradi. Ushbu xodisani ilk bor o’rgangan N.Ye.Jukovskiy suv tomonidan grunt qattiq zarrachalariga ko’rsatiladigan gidrodinamik bosim maxalliy qarshiliklar yig’indisiga teng ekanligini isbotlab berdi. Gidrodinamik bosim quyidagi ifoda bo’yicha aniqlanadi:

p =  i , (17)


bu yerda  - suvning solishtirma og’irligi.

Suvning solishtirma og’irligi o’zgarmas qiymat bo’lgani uchun, (17)-ifodadan, gidrodinamik bosim bevosita gidravlik gradientga bog’liq ekanligi ko’rinib turibdi. Agar suv oqmayotgan bo’lsa (i = 0), gidrodinamik bosim nolga teng bo’ladi.

Gidrodinamik bosim miqdori grunt zarrachalari orasidagi bog’lanish kuchlaridan katta bo’lsa, zarrachalarning suv bilan asta-sekin siljishi (suffoziya) yoki filtratsion yuvilish sodir bo’ladi.

Gruntlarning suffoziyaga va filtratsion yuvilishga ustivorligini kritik gidravlik gradient (icr) va filtratsiyaning kritik tezligi (vф,,сr) orqali baholash mumkin. Ularning qiymatlari amaldagi qurilish me‘yorlari va qoidalarida (QMQ da) keltirilgan.



Download 85,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish