p = N / A ,
bu yerda A – siljish tekisligining yuzasi.
Gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi, har bir sinovda o’rnatilgan siljituvchi T kuchlarni siljish tekisligi yuzasi A ga bo’lib aniqlanadi:
с = T/A .
Gruntlarni tekis qirquvchi qurilma yordamida siljishga sinash:
1 – grunt namunasi; 2 – filtr; 3 – taglik; 4 – harakatlanmaydigan xalqa;
5 – harakatlanadigan xalqa; 6 – porshen; 7 – siljishni o’lchovchi indikator
Gruntning siljishga chegaraviy qarshiligi, har bir sinovda o’rnatilgan siljituvchi T kuchlarni siljish tekisligi yuzasi A ga bo’lib aniqlanadi:
с = T/A .
Sinov natijalari bo’yicha с = f (p) bog’lanishining grafigi quriladi
Siljishga qarshilik. Kulon qonuni. Turli mualliflarning ko‘p
sonli tajribalarida aniqlanganki, siljishga qarshilikning normal zo‘riqishga bog‘liqlik grafigi qumli va yirik toshli gruntlar uchun bino va inshootlar
ahamiyatli bo‘lgan
a ning
o‘zgarish oralig‘ida (0,3...0,5 MPa gacha) koordinatalar boshidan chiquvchi
to‘g‘ri chiziq kesimi tarzida ancha aniq ifodalanishi mumkin (2.10-rasm, b).
Bunda mazkur bog‘liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanishi mumkin:
тч =agp = qf (a)
Sochiluvchan (qumli va yirik toshli) gruntlarning siljishga qarshiligi avvalo
siljuvchi zarralarning ishqalanishga qarshiligi bilan belgilanadi, shu bois q
burchakni ichki ishqalanish burchagi deb, proporsionallik koeffitsiyenti f=tgq ni esa - sochiluvchan gruntning ichki ishqalanish koeffitsiyenti deb nomlash qabul
qilingan. Bunday sinovlarni changsimon - loyli gruntlar uchun o‘tkazish yo‘li
bilan yanada murakkabroq egri chiziqli bog‘liqlik olinadi Bu yerda
siljishga qarshilik nafaqat siljuvchi zarralar o‘rtasida yuzaga keluvchi ishqalanishkuchlari bilan, balki gruntning bog‘lanishlik darajasi, ya’ni yumshoq (suvli - kolloid) va qattiq (sementatsion) bog‘lanishlarning buzilishidan iborat murakkab jarayonlar bilan ham belgilanadi. Biroq, sochiluvchan gruntlar bilan bo‘lganidek, siljishga qarshilikning normal zo‘riqishga bog‘liqligi odatda to‘g‘ri chiziq tenglamasi Changsimon-loyli grunt ko‘rinishida ifodalanadi:
namunalarining siljishga qarshilik
grafigi: 1 - sinov egri chizig‘i; тч = atgq + c = af + °. (b)
2 - rostlangan grafik.
Bu to‘g‘ri chiziqning т o‘qida ajratiladigan s kesim changsimon - loyli
gruntning solishtirma bog‘lanish kuchi deb ataladi va uning bog‘lanishlik
darajasini tavsiflaydi. p va s ko‘rsatkichlar faqat shartli ravishda ichki ishqalanish
burchagi va solishtirma tortishish deb atalishi mumkin, chunki gruntning buzilish jarayoni fizikasi ancha murakkabroqdir. Aslida bular mazkur gruntning sinov yo‘li bilan olingan bog‘liqlik ko‘rsatkichlari, xolos. Biroq ularning bunday nomlari tarixan yuzaga kelgan va gruntlar mexanikasida keng qo‘llaniladi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, muayyan sharoitlarda hatto sochiluvchan gruntlar ham ma’lum darajada «bog‘lanishli» bo‘lishi mumkin. Masalan, nam, ayniqsa mayda va changsimon qumlar kapillar - tutash suv ta’sirida oz miqdorda bog‘lanishlik kasb etadi. Yirik toshli gruntlar va yirik qumlar siljiganida (ayniqsa ular bir jinsli bo‘lgan holda) zarralarning ilashishi hisobiga uncha katta bo‘lmagan miqdorda solishtirma bog‘lanish yuzaga kelishi mumkin. Biroq bunday hollarda bog‘lanish kuchlari juda kam bo‘lib, siljishga qarshilikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
(a) va (b) tenglamalar sochiluvchan va bog‘lanishli gruntlar uchun
Kulon qonuni deb ataladi va u quyidagicha ta’riflanadi: gruntlarning siljishga qarshiligi normal bosimdan birinchi darajali funksiyadir.
Odatda bu tenglamalardan foydalanishda т ning «ch» (chegaraviy) indeksi,
ular faqat chegaraviy holatda o‘rinli ekanligi nazarda tutilib, tushirib qoldiriladi. O‘z - o‘zidan ravshanki, a ning teng qiymatlarida p va s ko‘rsatkichlar qancha katta bo‘lsa, mazkur grunt shuncha mustahkam hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |