Grafika va multimedia dasturlash tizimlarida qo’llash



Download 14,21 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14,21 Kb.
#952050
Bog'liq
grafik


Grafika va multimedia dasturlash tizimlarida qo’llash. 
Multimedia vositalari (multimedia – ko‘pvositalilik) - bu insonga o‘zi uchun tabiiy muxit: tovush, 
video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda 
bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. 
Multimedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib 
turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: 
1.Axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, 
musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy 
maxsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish va aks 
ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt disklar, televizor, 
videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter 
boshqaruvida bajariladi; 
2.Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, 
audio va video signallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va audio 
axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez 
harakatchanligi, ma’lumotlarni o‘zlatirish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va 
video-xotira katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter, kirish-chiqish 
kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi.”Inson-
kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi 
ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi, mazkur holat ishlash yoki dam olish 
sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
Multimedia (multi - ko‘p, media - muhit) - bu kompyuter texnologiyalarining soxasi bo‘lib, turli 
axborot saqlovchi vositalaridagi turli fizik ko‘rinishda ifodalangan axborotlarga ishlov beradi. 
Multimedia - bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy 
ta’minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘lib, matn, 
tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma’lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud 
bo‘lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). 
Multimedianing apparat dasturiy vositalari foydalanuvchi o‘z ish faoliyatida axborotning matn 
va grafik shakldan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish, hamda 
o‘zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin. 
Multimedia tushunchasi 1988 yilda Yangi texnologiyalarni amaliyotda tadbiq etish va ulardan 
foydalanish muammolari bilan shug‘ullanadigan yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan 
shakllantirilgan.1945 yilda amerikalik olim Vanniver Bush «MEMEX» nomli xotirani tashkil 
kilish kontseptsiyasini taklif qilgan, bu esa multimedia texnologiyalarini rivojlanishining 
g‘oyaviy sababi bo‘ldi. Bu g‘oyaga ko‘ra, axborot qidirish jarayoni formal belgilar, yahni 
nomerlar, indekslar yoki alfavit tartibi bo‘yicha emas, balki axborotning mazmuniga qarab 
amalga oshiriladi. Bu g‘oyalar keyinchalik kompyuterda amalga oshirilganda gippermatn 
tizimlari, yahni matnli ma’lumotlar kombinatsiyalari bilan ishlash tizimini paydo bo‘lishiga olib 
keldi. Keyinchalik esa gipermedia tizimlarining (grafika, tovush, video va animatsiya bilan 
birgalikda ishlash tizimlari) rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Gippermatn va gipermedia 
tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishining kelib chiqishiga olib keldi. 
Shunday qilib multimedia o‘z ichiga gippermatn va gipermedia tizimlarini qamrab oladigan 
fan.1980 - yillar oxirida multimedia texnologiyalariga qiziqish mashhur amerikalik kompyuter 
mutaxassisi biznesmen Bill Geytsning nomi bilan bog‘liq. U («National Art Gallery. London») 
nomli dasturiy mahsulotni yaratgan. Bu multimedia dasturida muzeyning ma’lumot 
omborlaridan foydalanilgan. Bunda turli muhitlardan - tasvir, tovush, animatsiya, gippermatn 
tizimi namoyon qilingan. 
Download 14,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish