Sichqonchaning o`ng tugmasini bosish yordamida
menyuni chaqirish
Windows operatsion sistemasida ekranning hohlagan nuqtasida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali ba'zi bir harakatlar qilishadi. Bu imkoniyatdan ham Corel DRAW grafik muharririda keng foydalaniladi. O`ng tomondagi tugmani bosish orqali kontekst menyu chaqiriladi.
u rasmda Document (hujjat) kontekst menyusi ko`rsatilgan. Biz undagi Create Object (ob'ekt yaratish) komandasini bosish orq`ali grafika panelidagi instrumentlarni tanlash uchun zarur komandalar menyusini ochamiz.
Keyingi rasmda Object (ob'ekt) menyusi tasvirlangan. Bu menyuni ajratilgan ob'ektlar guruhini ustiga borib o`ng tomondagi tugmani bosish orqali chaqiramiz. Bunday menyulardagi komandalar chaqirilayotgan daqiqalardagi holatga bog`liq bo`lganligi uchun kontekst menyusi deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |