Grafik organayzerlar texnikasia


-eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib hisoblanib ular rag’batlantiriladi



Download 29,29 Kb.
bet2/4
Sana28.06.2022
Hajmi29,29 Kb.
#714972
1   2   3   4
Bog'liq
Grafik organayzerlar texnikasi Grafik organayzerlar

-eng ko’p ball to’plagan guruh g’olib hisoblanib ular rag’batlantiriladi;

-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning noto’g’rilari o’chirib chiqiladi va natijalar e’tiborga olingan holda talabalarga tabaqalashtirilgan ball qo’yiladi. Venn diagrammasi metodini barcha talabalar bir-biriga bog’liq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Quyida ushbu metodni Zamonaviy iqtisodiyot darslarida qo’llash mumkin: Rag’batlantiruvchi marketing bilan Remarketing umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin mavzularni umumlashtiris maqsadida “Venn diagrammasi” qo`llanilsa dars samaradorligi oshadi.


Venn diagrammasi.

Marketing



Umumiy tomonilari.
Reklama qilish.
Mahsulotni foydali tomonini ko’rsatish

Rag’batlantiruvchi marketing.

Tovar va mahsulotlarga talab yo’qligini kuzatib boradi. Rag’batlantiruvchi mahsulotning vazifasi istemolchilarga mahsulotni o’ziga xos foydali tomonini ko’rsatib berishdan va salbiy holatlarni oldini olishdan iborat.


Remarketing.

Pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini qaytadan anglash maqsadida uni tiklash maqsadida qo’llaniladi. Remarketingni vazifasi talabni jonlantirish mahsulotga yangi xususiyatlarni berish orqali uni hayotiy davrini uzaytirishdan iborat.


Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablardan biri qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Bunda nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish asosida ma’lum ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlar darajasini baholash o‘qituvchidan ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan keng foydalanilmoqda. Bu metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim oluvchilarda o‘quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o‘rganilayotgan mavzu, muammolar bo‘yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o‘z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g‘oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag‘batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) shaklida ifodalanib, lug‘aviy nuqtayi nazardan “inter” – o‘zaro, ikki taraflama, “akt” – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi. O‘qituvchi interfaol metodni qo‘llash orqali o‘quvchilarning aniq ta’limiy maqsadga erishishda o‘zaro hamkorlikka "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Special Issue 3 www.openscience.uz 195 asoslangan harakatlarni tashkil etish, yo‘naltirish, boshqarish, nazorar qilish, tahlil qilish va xolis baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Interfaol metodlar o‘qitishning texnik vositalari yoki kompyuterlardan foydalanish sohasidagi tadqiqotlar deb qaralmaydi, balki bu ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillarni tahlil qilish, ishlab chiqish hamda usul va materiallarni qo‘llash, shuningdek qo‘llanilayotgan usullarni baholash yo‘li orqali ta’lim jarayonining asoslari va uni maqbullashtirish yo‘llarini ishlab chiqishni aniqlash maqsadidagi tadqiqotdir. Til ta’limida bir qancha interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish mumkin. Bulardan, “Konseptual jadval”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “BBB” va shu kabi o‘nlab interfaol ta’lim shakllarini qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bu interfaol ta’lim shakllari “Grafik organayzerlar” deb ham yuritiladi. Organayzer inglizcha “tashkil etuvchi, grafik tashkil etuvchi” ma’nosini bildiradi. Axborot texnologiyalari sohasi atamasi sifatida ishlatiladi. Aniqrog‘i, Power-point va shu kabi dasturlarda tayyorlanadigan vizual ko‘rgazmali namoyish usuli hisoblanadi. Tahliliy ma’lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish usullari va vositalari sifatida organayzerlar (grafik tashkil etuvchilar)ning vazifasi muhim hisoblanadi. “Grafik organayzerlar” dars mashg‘ulotiga o‘qituvchi tomonidan jadvallar to‘ldirilib, tayyor holda olib kirilsa, vosita bo‘lib xizmat qiladi. Agar bu grafik tashkil etuvchilar dars jarayoniga tayyor holda olib kirilmasdan, dars jarayonida shakllantirilsa, metod bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, “So‘z turkumlari” mavzusi yuzasidan “Klaster” tuzilib, uni tarmoqlab, tayyor holda darsga olib kirilsa, bu o‘qituvchi uchun ta’lim vositasi hisoblanadi. “So‘z turkumlari” mavzusi yuzasidan asosiy tushuncha yozilib, u o‘quvchilar tomonidan tarmoqlansa va bu dars jarayonida amalga oshirilsa, metod bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi “Grafik organayzerlar”ni qo‘llash yuzasidan mulohaza yuritamiz. “Konseptual jadval” grafik organayzeri. Konsepsiya lotincha conceptio – to‘plash, birlashtirish, tizim ma’nosini beradi. Hozirgi kunda qarashlar sistemasi, tushunish ifodasi sifatida ishlatiladi. O‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, qarash, mavzu va shu kabilarni ikki va undan ortiq jihat bo‘yicha taqqoslash imkonini beradi. Tizimli mushohada qilish, ma’lumotlarni tarkiblashtirish va tizimlashtirish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Konseptual jadvalda tuzish qoidalari bilan tanishiladi. Taqqoslanadigan narsa aniqlanadi, taqqoslash amalga oshiriladigan tavsiflar ajratiladi. Konseptual jadval o‘ziga xos xususiyatga ega: – yakka tartibda yoki miniguruhlarda konseptual jadval quriladi va u to‘ldiriladi; – vertikal yo‘nalish bo‘yicha – taqqoslash talab etiladigan narsalar (qarashlar, nazariyalar) joylashtiriladi; "Science and Education" Scientific Journal November 2020 / Volume 1 Special Issue 3 www.openscience.uz 196 – gorizontal yo‘nalish bo‘yicha – taqqoslashni amalga oshirishdagi har xil tavsiflar joylashtiriladi. Mashg‘ulotlar chog‘ida grafik organayzerdan quyidagicha foydalaniladi: – o‘qituvchi yechimi topilishi lozim bo‘lgan mavzuni aniqlaydi; – o‘quvchilar mavzu va grafik organayzerdan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi; – o‘quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi; – guruhlar o‘zlariga berilgan topshiriqni bajaradi; – guruhlar yechimni sinf jamoasi hukmiga havola etadi; – guruhlarning yechimlari sinf jamoasida muhokama qilinadi.

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.

O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:


Download 29,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish