Bog'liq Grafik muharir haqida ma’lumot. Adobe Photoshop dasturi. CorelDr
TIFF (Tagged Image File Format) bu formatdagi fayllar ham keng qo’llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko’p joyni egallaydi. "Adobe PhotoShop" dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda kamayishi mumkin.
GIF (Graphics Interchage Format — grafik almashish formati) Ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida keng qo’llaniladi.
"Adobe PhotoShop" dasturida ranglar bilan ishlash
"Adobe PhotoShop" dasturi asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun to’rtta asbob ajratilgan.
Основной свет. Ushbu asbobda qanday rang ko’rsatilgan bo’lsa "Kovsh", "Liniya", "Karandash", "Kist", "Aerograf" va shuningdek, Alt tugmasi bilan birgalikda qo’llanganda "Pales" asboblari uchun o’sha rang asosiy hisoblanadi. Основной свет asbobidagi rang "Pipetka" yoki ushbu asbob ustida kursorni ikki marta ketma-ket bosish orqali o’zgartiriladi.
Свет фона Ko’rsatilgan rang "Lastik" asbobi bilan ishlaganda qo’llaniladi. Свет фона asbobidagi rang Osnovnoy svet asbobida rangni o’zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo’lsa bunda ham huddi o’sha amalga rioya qilish lozim. Yoki "Pipetka " asbobi bilan Alt tugmasi birgalikda bosish orqali almashtirish mumkin.
Переключение светов. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon ranggi o’rin almashadi.
Стандартный свет. Kursorni ushbu tugmacha ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi standart ranglar- qora va oq rangga almashtiradi.
Ranglarni tanlashda "Adobe PhotoShop" dasturida Color darchasidan ham foydalanish mumkin (7-rasm).
RGB — moduli tasvirni ekranda tahrirlash nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorda aks ettiradi. RGV ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB — ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
SMYK-Tabiatda mavjud bo’lgan ranglar majmuasi. quyosh nurlari inson ko’zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o’zida mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror — bir jismga tushganda uning tasiri ostida inson ko’zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning o’t o’chirish burchaklariga osib qo’yilgan o’t o’chirgichlar to’q ko’k va zangor ranglar bilan bo’yalgan bo’lishiga qaramay bizning ko’zimizga to’q qizil rangda ko’rinadi. Ranglarni bir — biriga qo’shilishi natijasi boshqa ranglar hosil qilinadi: