1- topshiriq «lkki yorti bir — butun» jadvali
Bu shartda o'quvchilarga quyidagi jadval ko'rsatiladi. Jadvalning birinchi ustunida yillar qayd etilgan, ikkinchi ustunida esa yutuq va marralarimiz almashtirib yozilgan. O'quvchilar ularni o'z o'rniga qo'yib, to'g'ri variantini birin- ketin aytib berishlari kerak.
Guruhlar uchun jadval
N
|
YILLAR
|
|
HODISALAR
|
1.
|
1991- yil 31- avgust
|
A
|
O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i tasdiqiangan.
|
2.
|
1991- yil 18- noyabr
|
B
|
O'zbekiston davlat mustaqilligi e’lon qilindi.
|
3.
|
1991- yil 29- dekabr
|
D
|
Toshkentning bosh maydoniga “Mustaqillik maydoni» nomi berildi.
|
4.
|
1989- yil 21- oktabr
|
E
|
O'zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo'ldi.
|
5.
|
1991- yil 5- sentabr
|
F
|
Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Respublikasining muqobil saylovlari asosida umumxalq tomonidan saylangan birinchi Prezident bo'ldi.
|
6.
|
1992- yil 10- dekabr
|
G
|
O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasdiqlandi.
|
7.
|
1992- yil 2- iyul
|
H
|
O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi tasdiqlandi.
|
8.
|
1992- yil 2- mart
|
1
|
O'zbek tili O'zbekiston Respublikasining davlat tili maqomiga ega bo'ldi.
|
O‘qituvchi: — Mustaqillik bizga juda ko‘p ne’matlami ato etdi. Odamlarning ma’naviy va maishiy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlandi. Millatparvar vatandoshlarimizning nomlari tiklandi. Ona tilimiz va milliy qadriyatlarimiz rivoji, o'zbek davlatchiligining takomili uchun keng istiqbol yo'llari ochildi. Shahar va qishloqiar qiyofasi tubdan o'zgardi. O‘zbekistonning har bir viloyatida juda katta qurilish ishlari olib borilmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida Toshkentda Mustaqillik monumenti, Xotira - xiyoboni, Tasviriy san’at galereyasi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Temuriylar tarixl davlat muzeyi, Yoshlar ijod saroyi, Ma'rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binolari qurib bitkazildi. O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyining ishga tushirilishi hamda tezyurar «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi yo'lga qo'yilishi xalqimizning olamshumul tarixiy yutug'i bo'ldi. Bir emas uchta mashina zavodining ishga tushgani yurtimiz iqtisodining o'sishiga hissa qo'shmoqda.
Prezidentimizning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ma'naviy jasorat egalaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xo'jandiy, Muhammad Xorazmiy kabi ajdodlarimizning ma’naviy jasoratlari haqida , so'z boradi. Bugun ota-bobolaridan ma’naviy jasoratni meros qilib olgan, O‘zbekiston istiqlolini, uning sha’n-ii shavkatini himoya qilayotgan, xalqaro maydonlarda davlatimiz nomini sharaflayotgan yoshlarimizning soni ortib borayotgani faxr va iftixorimizni yanada ko'taradi. Yoshlarimiz eng nufuzli xalqaro tanlovlarda, olimpiada va jahon chempionatlarida , hech kimdan kam emasligimizni, isbotlab kelmoqda.
2- topshiriq
Iste’dodli yoshlar ijtimoiy harakati. («Kamolot»).
Qizlar uchun ta’sis etilgan mukofot. (Zulfiya).
O‘zbekiston pul birligi. (So‘m).
Amir Temur xiyobonida oylashgan xaiqaro anjumanlar saroyining nomi. (O‘zbekiston).
O‘zbekiston madhiyasi muallifining ismi. (Abdulla).
Millat baxti uchun joh kuydirgan, «Millatimga», «Ahvolimizga» kabi she’riar yozgan adib. (Qodiriy).
O‘zbekiston tezyurar elektropoyezdlning nomi. (Afrõsiyob).
Bolalar sport musobaqasining nomi. («Umid nihollari»).
O‘zbekistondagi birinchi orden. («Sog‘lom avlod uchun»).
Davlatimizda ijro etuvchi organ. (Vazirlar Mahkamasi).
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan adiblardan biri. (Oybek).
O‘qituvchi: — Aziz o‘quvchim, Vatanni sevib ardoqlagan, unga chin dildan xizmat qilib, taraqqiyoti uchun hissa qo'shgan kishi Vatan oldidagi insoniylik burchini bajargan bo'ladi. U, albatta, kamol topadi. Zero, hikmatlarda aytllganidek, «Vatanni sevmoq iymondandir».
Baholash va rag‘batlantirish.
O‘quvchilarning ballari jamlanadi va izohlanadi. G‘olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
Uyga vazifa.
Vatan mavzusida she`r yozish
O`TIBDO`: Jo’rayeva R
O`qituvchi: Aslonova M
Do'stlaringiz bilan baham: |