Fosfor yetishmasligi. O‘simliklar o‘sishi sekinlashadi, bo‘yi pasayadi, barglari kichik bo‘lib qoladi, to‘q yashil yoki kul rang, to‘q kul rang tus oladi, nekrotik dog‘lar paydo bo‘ladi; ba’zan barg va poya to‘q qizg‘ish tusga kiradi. Ko‘saklar soni kamayadi, kech ochiladi. Kasallik pastki yarusdan boshlanadi.
Kaliy yetishmasligi. Ko‘saklar rivojlanib boshlagan davrda oldin pastki, so‘ngra yuqorigi yaruslar barglarida sariq, sarg‘ish-oqish, sarg‘ish-yashil dog‘lar paydo bo‘ladi, vertitsillyoz so‘lishdagi kabi, ular ola chipor bo‘lib koladi. So‘ngra dog‘lar zang yoki bronza tusiga kiradi, mo‘rt, tegsa oson sinadigan bo‘lib qoladi, uchlari tepaga bukiladi, quriydi va vaqtidan oldin yerga to‘kiladi. Yosh ko‘saklar ham tushib ketadi. Poya ingichka bo‘lib qoladi, oson bukilishi va sinishi kuzatiladi. Ko‘saklar o‘lchami, tola sifati va chigit unuvchanligi pasayadi. O‘simliklarning fuzarioz va vartitsillyoz so‘lishiga moyilligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |