Yuqumsiz kasalliklar
Yuqumsiz (abiotik, fiziologik) kasalliklarni tuproqda oziqa moddalar yetishmasligi, ba’zi elementlar va kimyoviy birikmalar hamda ayrim tabiat faktorlari qo‘zg‘atadi. Ulardan ba’zilarining belgilari parazit organizmlar qo‘zg‘atadigan kasalliklarni eslatishi mumkin. Misol uchun, o‘simlik bo‘yi past bo‘lib qolishi ildiz chirish, nematodoz, tuproq zichlanishi, tuproqdagi zararli hasharotlar, tuproq xili va unumdorligi, namligi va ba’zi pestitsidlarning o‘simlik uchun zaharliligi kabi sabablar ta’sirida kuzatilishi mumkin. Quyida abiotik kasalliklarning asosiy alomatlari va hosilga ta’sirini bayon etilgan (Crawford, 1981; Peresipkin, 1987; Davis va b.q., 1996; Hake va b.q., 1996).
Do'stlaringiz bilan baham: |