G‘oz – hunaring oz Sobit G‘afurov



Download 21,67 Kb.
Sana10.12.2022
Hajmi21,67 Kb.
#883258
Bog'liq
ona tili 3-nazorat-ishi


3-nazorat ishi. 3-sinf. OʻTOʻS

G‘oz – hunaring oz
Sobit G‘afurov
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. O‘rmonda bir G‘oz yashar ekan. U doim kekkayib yurarkan. Bir kuni hayvon va parrandalar yig‘inida:
– Men unaqa-bunaqa oddiy g‘ozlardan emasman. Siz parrandalarga podsho bo‘lsam arziydi, chunki hunarim juda ko‘p, – debdi.
– Xo‘sh, qani, bir ko‘raylik-chi? – deyishibdi parrandalar chug‘urlashib. Maqtanchoq G‘oz davom etibdi:
– Men sayrashni, yurishni, suzishni, osmonda uchishni, suvga sho‘ng‘ishni bilaman.
Mana, shuncha hunarim bor. Qani, qaysi biringiz bunchalik ko‘p hunar egasisiz?..
– Quruq aravani olib qochavermay, hunarlaringni ko‘rsat, – deyishibdi atrofdagilar.
Maqtanchoq G‘oz:
– Gapimga ishonmayapsizlarmi, mana, yo‘rg‘alashimni ko‘ringlar!
– Loaqal yugurishda menga yetolmaysan-ku, tag‘in maqtanishingni qara, – debdi Bedana.
– Qani, uchib ko‘r-chi, – debdi Lochin bilan Qaldirg‘och.
G‘oz qanot qoqib osmonga ko‘tarilibdi-da, sal nariga borib qo‘nibdi. Lekin u Lochindek chaqqon, Qaldirg‘ochdek tez ucha olmabdi.
– Endi suzib, suvga sho‘ng‘ib ko‘rarsan, – debdi Qurbaqa vaqillab, Cho‘rtan baliq likillab.
G‘oz suvga tushib, sekin suzib ko‘ribdi, suvga boshini tiqib sho‘ng‘igan bo‘libdi. G‘ozning harakatini ko‘rib, Qurbaqa bilan Cho‘rtan baliq qotib-qotib kulishibdi.
– Qani, sayrab ko‘r-chi, – debdi Bulbul.
G‘oz bo‘ynini cho‘zib chunonam g‘aq-g‘aqlab ketibdi.
G‘oz xuddi hamma ishni qoyil qilgandek kerilibdi-da:
– Qalay, hunarim zo‘r ekanmi? – deb so‘rabdi to‘planganlardan.
– Hunaring ko‘p bo‘lgani bilan zo‘r emas ekan. Sen, og‘ayni, ko‘p hunarlarni oz-oz bilgandan ko‘ra, bir hunarning ustasi bo‘l! Maqtanma G‘oz, hunaring oz! – debdi Qaldirg‘och.


TEST TOPSHIRIQLARI
1. G’oz maqtanchoq edi.
A) toʻgʻri
B) notoʻgʻri


2. G’oz 5 ta hunarni yaxshi egallagan edi.
A) toʻgʻri
B) notoʻgʻri


3. G’oz nima uchun kekkayib yurar ekan?
A) Parandalar podshosi bo’lmoqchi edi
B) O’ziga katta baho berardi
D) ko’p hunarni bilar edi
E) maqtanchoq edi


4. Maqtanma G‘oz, hunaring oz! – debdi Qaldirg‘och.
Nima uchun qaldirg’och bunday dedi?
A) Maqtanchoqlik yaxshi odat emasligini aytmoqchi
B) Hunarni yaxshilab egallab, keyin maqtanish kerak demoqchi
D) Hunaring oz demoqchi
E) G’ozning ustidan kulmoqchi edi


5.Qurbaqa va cho’rtan baliq nima uchun g’ozning ustidan kulishdi?

  1. G’ozning suvda suzolmagani uchun

B) G’oz suvga shung’iy olmagani uchun
D) baliq va qurbaqadek suvda harakatlana olmagani uchun
E) maqtanchoqligi uchun
6. Toʻgʻri yozilgan soʻzlarning ko’chiring.


Imunitet Antibiotik gemaglobin organizm gemoglobin organzim kislarod kislarot


7. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri?
A) O'lkamizda yalpiz, isiriq, kiyiko't va boshqa butalar o'sadi.
B) Daraxtlarning barglari sariq va qizg'ish rangda tovlanadi.
D) Dehqonlar bahorgi hosilni tezroq yig'ib olishga shoshilyaptilar.
E) Qo'shni podsholikda olamga dong'i ketgan donishmand yashar ekan.


8. Qaysi gaplar mazmunan toʻgʻri?

A) Odobsiz bola - elga manzur.


B) Qish kelishi bilan atrof yam-yashil tusga kiradi
D) 1-yanvar bayram sifatida keng nishonlanadi.
E) Devor tagida hurpayib turgan mushuk bolasiga qarab bir kuchuk hurar edi


9. Nuqtalar oʻrniga “x” yoki “h” harflaridan birini qoʻying.
Ru…sat , mu..bir, ..ayot, me..mon, ray..on.
Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish