«Mafkura» tushunchasi arabchadagi «mufakkir» «mufakkiratun» so’zlaridan olingan bo’lib, chuqur ma’noli, teran mazmunli fikr demakdir. Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va lugatlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va G’oyalar majmuidir, — deb ta’rif beriladi. Ularning barchasida jamiyatdagi muayyan siyosiy, falsafiy, huquqiy, ahloqiy, diniy, badiiy, ilmiy qarashlar, fikrlar, g’oyalar majmui sifatida asoslab beriladi. Demak mafkura — muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat yoki davlatning, jamiyatning ehtiyojlarini, maqsad va intilishlarini, ijtimoiyma’naviy rivojlanish prinsiplarini ifoda etadigan g’oyalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalangan ijtimoiy kuchlar va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi. Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan toyalar majmuidan iborat bo’ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va muayyan ishonche’tiqodning asosini ham g’oyalar tashkil etadi.
Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning millat hamda davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi. O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasiking asosini tashkil etadi.
Mafkuraning diniy ildizlari — inson ongi va ruhiyati bilan uzviy bogliq ekani va shu bois uning yeoyaviy ildizlari diniy ta’limotlariga borib taqalishi tushuniladi. Ya’ni, ko’pgina mafkuralarda Avesto, Veda va Upanishadlar, Injil va Qur’on kabi kitoblarda zikr etilgan ezgu g’oyalar muayyan darajada o’z ifodasini topganini ko’ramiz.
Dunyoviy va diniy qadriyatlar birbirini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak bosqichga ko’tariladi. Bunga bashariyat tarixida o’chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom Gazzoliy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yonmayon yashab, faoliyat ko’rsatgan davr yorqin misol bo’la oladi. Ilmiy kashfiyotlar bugungi kunda ham mafkura rivojiga katta ta’sir o’tkazadi. Zamonaviy fan yutuqlari, jumladan, kosmonavtika, bionika, biofizika, kibernetika, axborotlashtirish sohasidagi olamshumul yangiliklar, klonlashtirish, insonning gennasl xaritasini aniqlash kabi buyuk kashfiyotlar odamlar tasavvurini keskin o’zgartirmoqda.
Shu sababli ham, ilmfan va madaniyat borasidagi yutuqlardan oqilona foydalanish uchun ham jamiyatga sog’lom g’oya, soglom mafkura kerak.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari ma’rifiy dunyoga xos siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy munosabatlar majmuidan iboratdir. Umum-e’tirof etilgan prinsiplar va qonun ustuvorligi, siyosiy plyuralizm, millatlararo totuvlik dinlararo bag’rikenglik kabi royalar dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi. Bunday jamiyatda insonning haqhuquqlari va erkinliklari, jumladan, vijdon erkinligi ham qonun yo’li bilan kafolatlanadi. Masalan, O’zbekistonda mustaqillik yillarida dindan jamiyatni ma’naviy yangilashda, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasida foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Diniy qadriyatlar tiklandi — Avesto ona tilimizda chop etildi, islom dinining muqaddas kitobi Qur’on, Hadislar, Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abdulxoliq Gijduvoniy, Xo’ja Ahror Vali yubileylari o’tkazilib, yodgorlik majmualari tiklandi, boy ma’naviy meros o’rganilib, ulardan jamiyatimiz taraqqiyoti yo’lida keng foydalanilmoqda. Ushbu hayrli ishlar mamlakatimizda diniy meros va qadriyatlardan oqilona foydalanilmoqda. Dunyoviylik degani, bolsheviklar va aqidaparastlar aytganidek dinni inkor qilish yoki «dahriylik» degani emas, balki undagi ahloqiy va falsafiy ta’limotlardagi ezgu g’oyalardan, qadriyatlardan o’rinli foydalanish uchun keng imkoniyat yaratishdir.
Bu haqda birinchi Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganidek «dunyoviylik». ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o’laroq, aslo daxriylik emas. Biz bunday noto’gri va g’arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»'.
Do'stlaringiz bilan baham: |