8.1-mavzu Og‘ir to‘ldiruvchilarni yengil to‘ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning qaysi xususiyatlarini yaxshilash mumkin? Javob: zichligini kamaytirish, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalarni
Sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilarning eng ko‘p ishlatiladigan turi, bu …. Javob: keramzit
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko‘pchiydi va bunday gillar asosida qaysi to‘ldiruvchi olinadi? Javob: keramzit
Keramzit shag‘ali donasi qanaqa shaklda bo‘ladi? Javob: yumaloq shaklda
Keramzit shag‘ali donasining strukturasi qanday bo‘ladi? Javob: g‘ovak va yacheykasimon
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda gilning ko‘pchishi qaysi jarayonlarga bog‘liq? Javob: gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o‘tishi
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyo sifatida cho‘kindi jinslarga kiruvchi qaysi jinslar ishlatiladi? Javob: gil jinslar
Tarkibida 30% dan ko‘p gil moddalar bo‘lgan gil jinslarga nima deb aytiladi? Javob: gil jinslar
Keramzit ishlab chiqarish uchun tarkibida 30% gacha kvars mavjud bo‘lgan qaysi gillar ishlatiladi? Javob: montmorillonit va gidroslyudali gillar
Keramzit ishlab chiqarishda gil xom ashyosiga qanday asosiy talablar qo‘yiladi? Javob: gilning kuydirishda ko‘pchishi, oson eruvchanligi, kerakli ko‘pchish intervali hisoblash
Keramzit ishlab chiqarishda xomashyoni kuydirish harorati necha gradusdan oshmasligi kerak? Javob: 12500S dan oshmasligi kerak
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda xomashyoni kuydirish harorati 1250 gradusdan oshmasligi kerak, aks holda nima sodir bo‘ladi? Javob: gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada xom gil granulasi ko‘pchimaydi
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda haroratning keskin ko‘tarilib ketishiga nima uchun yo‘l qo‘ymaslik kerak? Javob: granulalar yuzasi erib bir-biri bilan yelimlanib qoladi
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishda gil xomashyosining xususiyatlarini yaxshilash uchun unga nimalar qo‘shiladi? Javob: 1% gacha mazut, solyarka moyi yoki boshqa organik moddalar qo‘shiladi
Xom granulalarni tayyorlash, ularga termik ishlov berish, ya’ni isitish, kuydirish va sovitish natijasida qaysi mahsulotni olish mumkin? Javob: Keramzit
Keramzit shag‘alini ishlab chiqarishning qanday asosiy texnologiyasi mavjud? Javob: quruq, plastik, poroshok-plastik va ho‘l (shliker).
Agar xomashyo toshsimon gilsimon xomashyolar (zich quruq gilsimon jinslar, gilsimon slanslar) bo‘lganda keramzit shag‘alini ishlab chiqarishning qaysi usuli qo‘llaniladi? Javob: Quruq usul
Keramzit shag‘alini olishning keng tarqalgan usuli bu qaysi usulidir? Javob: plastik usuli
Keramzit shag‘alini olishning qaysi usulida yumshoq gilli xomashyo nam holatda valslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregatlarda (g‘isht ishlab chiqarish kabi) qayta ishlanadi? Javob: plastik usuli
Keramzit shag‘alini olishning qaysi usulida gil xomashyodan tuyib kukun olinadi so‘ngra suv qo‘shib plastik gilli massadan granulalar ishlab chiqariladi? Javob: poroshok (kukun)
Keramzit shag‘alini olishning qaysi usulida gillar maxsus katta sig‘imlarda – gil aralashtirgichlarda suv bilan qayta ishlanadi? Javob: Xo‘l (shliker)
Keramzit shag‘alini olishning qaysi usulida olingan loysimon massaning namligi taxminan 50% ni tashkil etadi? Javob: Xo‘l (shliker)
Xom granulalarni pishirish qaysi pechlarda bajariladi?
javob: Bir barabanli aylanma pechda Aylanma pech necha gradus qiyalikda joylashtiriladi?
javob: uch gradus qiyalikda
Keramzit shag‘alini navlarga ajratish (fraksiyalash) uchun qanday tipdagi elaklar (groxotlar) qo‘llaniladi? Javob: aylanma pechlarda
Keramzit shag‘ali uyma zichligiga ko‘ra nechta markaga bo‘linadi? Javob:10ta markaga
Keramzit shag‘ali uyma zichligiga ko‘ra qaysi markalarda bo‘ladi? Javob: M250-800
Keramzit shag‘ali uyma zichligiga 250 kg/m kub bo‘lsa, u qaysi markada bo‘ladi? Javob: M250
Keramzit shag‘alining uyma zichligi uning fraksiyalari bo‘yicha nimada aniqlanadi? Javob: o‘lchov idishlarida
Keramzit shag‘alining fraksiyalari qancha yirik bo‘lsa, uyma zichligi shuncha ... bo‘ladi. Javob:kichik
Keramzit shag‘ali suvga bo‘ktirilgan holda muzlash va erishda eng kamida necha siklga bardosh berishi kerak? Javob: 15siklga
Keramzit shag‘alini qaynatishda massa yo‘qotilishi necha % dan oshmasligi kerak? Javob: 5% dan oshmasligi
Keramzit shag‘alini donalari zichligi bo‘yicha sinflarga ajratishga nima deyiladi? Javob: boyitish
Nisbatan yengil keramzit donalari bu ... donalar bo‘lib hisoblanadi. Javob: yaxshi ko‘pchigan donalar
Nisbatan og‘ir keramzit donalari bu ... va yuqori mustahkamlikdagi donalar hisoblanadi. Javob: kam ko‘pchigan
Keramzit shag‘alini sinflarga ajratish qaysi texnologiya asosida bajariladi? Javob: qaynovchi qatlam