2. Pastki jag'ga individual qoshiq o'rnatish. Bizning mamlakatimizda Gerbst funksional sinamasidan foydalangan holda indivudual qoshiqni o’rnatish usulidan keng foydalaniladi. Garchi Gerbstning ushbu usulga hech qanday aloqasi bo'lmagan, u stomatologik materiallar, shu jumladan, adgezial va suprofiks ishlab chiqaruvchi zavodning xo'jayini bo'lgan. Ushbu usulni "Gerbst bo'yicha" deb professor V. Yu. Kurlyandskiy nomlagan hamda 1963 yilda o'zining o'quv darsligida va stomatologiya jurnalida chop ettirgan (No.3 1959). Bundan tashqari ushbu maqolada barcha sinamalarni og'iz keng ochilgan holatda va tilni yonga va yuqoriga, tilni burunga tekkizish kabi tilning aktiv harakatlari paytida o'tkazish kerak degan mos kelmaydigan fikrlar bayon qilingan. Qoshiqni jag'da siljimay qolguncha qisqartirish kerak bo'lgan, shu bilan birga pastki jag' protezlarini kengaygan chegarali qilib tayyorlash taklif qilingan. Ammo berilgan takliflar asosida yaratilgan protez sezilarli darajada toraygan chegarali chiqgan. Aslida shunga o'xshash indivudual qoshiqni o’rnatish usuli 1936 yilda Fonet va Tyuller tomonidan yoritilgan klinik tajribaga tayangan holda shuni aytish mumkinki, tilda unchalik aktiv bo'lmagan harakatlarni bajarilishi kerak, hamda og'iz yarim ochiq holatda qoshiqning jag'ga mustahkam joylashib qolmagan holatda bo'lishi kerak. Shundan keyin lunj burmasi va lab yuganchasini joylashuvini aniqlash maqsadida qo'l yordamida lab va lunjni tortib ko'rish mumkin. Va zarur bo'lsa qoshiqda ular uchun joy yaratish kerak.
Bajarish usuli: indivudual qoshiq bemor og'iz bo'shlig'iga kiritilgandan so’ng bemorga til lab yordamida turlicha harakatlarni bajarish, yutinish va boshqalar taklif qilinadi. Qoshiq siljiganida uni tegishli soxalari qisqartiriladi. Yutinganda pastki jag'da qolip oluvchi qoshig’ni siljishi qisqargan holatdagi og'iz yutqun sohasini qoshiqni qo'yib yuborishi natijasida yuzaga keladi. Buni oldini olish maqsadida 1-rasmda ko'rsatilgandek qoshiqni birinchi sohasini orqa ichki qirrasi qisqartirilishi kerak.
1-rasm. Individual qoshiq asosini yuqori va pastki jag'ga o'rnatish ketma ketligi
Og'iz katta ochilganda va lablar cho'zilganda qolip oluvchi qoshig’ni siljishi iyak osti va lunj mushaklari harakati ta'sirida yuzaga keladi. Bunday hollarda qoshiqni oldinga yoki orqaga qaysi sohasidan qo'yib yuboryotganini hisobga olgan holda qoshiqning tashqi qirrasi ikkinchi zonasidan qisqartiriladi. Yuqori labni til bilan yalaganda u yuqoriga, oldinga va yonga surilganda chap va o'ng pastki jag' til osti mushaklari navbat bilan tortadi va ko'taradi. Agar qoshiq ushbu mushaklarga tegib turadigan soxalari uzaygan bo'lsa uni 3 - soxasidan qisqartirish kerak. Agar til uchi o'ng va chap lunjga navbat bilan tekgazilsa va bunda qoshiq siljisa qarama qarshi tomondagi 4 - soxa qirrasi qisqartirilishi kerak bo'ladi. Bunday hollarda qoshiqning siljishi til va og'iz bo'shlig'i tubi mushaklarini qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Qoshiqning chap soxasi qisqartirilishi til uchini o'ng lunjga tekkiza olgunga qadar bajariladi va aksincha. Til uchini burun qirrasiga tekkizmoqchi bo'linganda qolip oluvchi qoshiqni jag'dan surilib chiqib ketishi pastki jag'ning iyak osti til mushaki va til yuganchasiga birlashgan soxasiga tegib turuvchi qismi uzaygan bo'lganda yuzaga keladi. Bunday hollarda qoshiqning 5 - soxasi qisqartiriladi.