QR-kod – maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko’rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo’lishi mumkin. Xozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko’rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o’qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun bor yo’g’i telefon kamerasini QR-kodga yo’naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo’lishimiz mumkin.
QR-kod – inglizcha “Quick Response” so’zlaridan olingan bo’lib, Quick – tez, Response – javob, ya’ni “tezkor javob” (быстрый отклик) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994 yilda Yaponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bitta QR-kod 7089 ta raqam, 4296 ta raqam-harf, ikkilik sanoq sistemasida 2953 bayt yoki 1817 ta ierogliflarni o’z ichiga olishi mumkin.
Goryachi klaviatura. Sichqoncha ishlatmasdan klaviaturaning o’zidan beriladigan tezkor buyruqlar. Masalan: Ctrl+A, Ctrl+C, Ctrl+V va hokazo.
Eksterritorial xizmat – bu biror viloyat yoki tuman, shaharda bo’lib turib o’z yashash joyingizning yoki biror boshqa shahar, tumanning Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qia olishidir.
Elektron raqamli imzo - Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
BIRINChI BO‘LIM. ASOSIY PRINSIPLAR
I bob. Davlat suvereniteti
1-modda.
O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.
2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
4-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
5-modda.
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
6-modda.
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Davlat xizmatlari agentligi direktori: Turaxujayev Xalilillo Sobirjonovich Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosari: Muxammadiyev Nuʼmon Usmonovich Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi: Abdullayev Ulugbek Ravshanbekovich
Do'stlaringiz bilan baham: |