Go’ro’g’lining tug’ilishi



Download 395 Kb.
bet6/6
Sana01.01.2022
Hajmi395 Kb.
#297391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Go’ro’g’lining tug’ilishi

Rayhon arab

Еy, cho'pon, senga ham rahmat, xo'jayiningga ham, boqqan qo'ylaringdan, o'ylagan o'ylaringda bari

sening, degan ekan. Shuytib, Go'ro'g'Iibekning avji kclib, har kuni zakot hisobidan, deb Ahm. sardoming qo'yidan keltirib, qirq yigit nashaning ustidan qovurdoq, yaxna, deb avval-avval bir qo'ydan yov keyinroq har kuni uch qo'ydan yeb, bir yuz ellik qo'yni yebdi. Endi Ahmad sardor zakotdan qutildi. "End so' xiroj to'lash kerak", — deb yana to'rtta qo'yni Solliboy degani: "Javobini Go'ro'g'libek beradi", — del yon-haydab ketdi. Cho'pon kechqurun Ahmad sardoming oldiga bordi: "Go'ro'g'li qo'yingni kamaytdi. Bund? yesa qishi bilan qo'yingdan qolmas, halidan bir yuz ellik to'rt qo'y kamayibdi. Xo'jayin, agar oldir olmasang, xudoning kuni ko'p, molingdan bitta qolmaydi", — dedi. Ahmad sardor ham shu to'g'rida k xil o'ylami o'ylab yurar cdi. "Mol achchig'i — jon achchig'i". Ahmad sardor birdan qizib, Chortoqi Chambilga qarab jo'nab qoldi. Otiga qamchini bosib urib, Chortoqli Chambilga kirib bordi. Go'ro'g'libek ning mchmonxonasini so'rab, otidan tushib, o'zi otini yakka mixga bog'lab, ichkariga achchiq bilan kiril bordi. Go'ro'g'libek yigitlari bilan go'shtdan keyin urganjining qovunidan yeb o'tirib edi. Ahmad sarda eshikdan kirib, hammaning kayfini uchirib, og'zidan oshirib osmondan tushiribdi. Shunda Go'ro'g'libckL qarab, bir so'z dedi:
Go'ro'g'li, haddingdan toza ketibsan,

O'zingni Xunxorga talab etibsan,

O'z boshingcha qanday yo'riq tutibsan,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.


Tuyuqsiz tog'larda haddan oshibsan,

O'zligingni bilmay turib toshibsan,

Odam to'plab egri yo'lga tushibsan,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.

Hech bila bilmadim sening ishingni,

Payg'ambar yo'rasin ko'rgan tushingni,

To'plabsan Chambilga tenggu to'shingni,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.


Botir bo'Igan yigit shunday bo'lami,

O'z tog'asin molin tortib olami,

Hech bir bek scningday zulm qilami,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.


Ko'nglim ilimaydi senday botirga,

Zarracha boqmaysan yuzu xotirga,

Multoni botir chopar chodirga,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.


Zo'r bo'Igan yigit senday bo'lami,

Buytivingda1 tog'angda mol qolami.

Yo bo'lmasa hali aqling chalami,

Zo'r bo'lsang, zo'ringni ko'rsat, Go'ro'g'li.


Yoshligingdan scni jonday asradim,

Ko'ngling qoldirmadim, holing so'radim,

Yomon, qattiq kunlaringda yaradim,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.


Sen ulg'ayib turib menga boqmading,

Yuragimda qahr o'tin yoqmovding,

O'ylab yurgan va'damdanam chiqmading,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.


Tog'angga necha bir sitam o'tgandi,

Arabning qilmishi juda botgandi.

Xoljuvon yangangni olib kctgandi,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li


Botir bo'lsang, namoyish et kuchingni,

Arabdan ol oring bilan o'chingni,

Rayhon olib qochgan cdi chechangni,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li.


Undan keyin g'ayratingni bilaman,

Arabdan o'ch olsang, qoyil qolaman,

Shunda scni xon deb qabul qilaman,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'li


Ahmad sardor tog'ang ko'rgan alamni,

Arab olib ketgan qoshi qalamni.

Mendan ko'tar undan kclgan sitamni,

Zo'r bo'lsang, zo'rliging ko'rsat, Go'ro'g'Ii.


Ahmad sardor Go'ro'g'libckning dasturxoniga ham o'tirmay, boshqa hech nima demay, mchmonxo-nadan chiqib, otiga minib, Yovmitga qarab, otiga qamchini bosib, o'chini otidan olganday bo'Iib, changitib haydab ketdi. Bu yoqda mehmonxonada Go'ro'g'libek, Xoldorbek va qirq yigitlarning nashasiga suv ketib, bari birday indamay qoldi. Turib-turib Ahmad sardor tog'asining so'zlari Go'ro'g'libekka botdi, o'zi ham: "Endi otim ot bo'ldi. Rayhon arabga borib, Xoljuvon yangamni qaytarib olib keladigan vaqtim keldi-yov",— deb yurar edi. Go'ro'g'libekning o'ylab yurgan o'yiariga Ahmad sardor tog'asining bu achchiq so'zlari qo'shimcha siltov bo'ldi. "Qani, tog'am bir fotiha bersa, Rayhon arabdan orini olib bersam", — deb yon-yog'iga chirpinayotir. Shunda Xoldorbek: "Ahmad sardor tog'ang allaqachon ketib, hozir Yovmitga yetgan", — deb bir necha joydan timsol kcltirib, shu so'zni aytdi:
Quv tog'ang ko'p shumliklarni o'yladi,

Orolmoqni oralikka tayladi,

Undan kcyin bilaman, deb o'zingni,

Shu mazmunda scni ipsiz boyladi.


Arabga bormasak, endi bo'lmaydi,

Yo'qsa bizni tog'ang qabul qilmaydi,

Shu gapni o'rtaga yomon tashladi,

Zakot ham bermaydi, o'zi kelmaydi.


Quviik bilan ko'p shumlikni qilgandi,

Xunxorni bir yengilmas, deb bilgandi.

Bir tomondan ixlos, bir yoqdan qo'rqib,

Shuytib scni sinamoqchi bo'lgandi.


Qirq yigitga buyur, bari choq bo'lsin,

Saf tuzasin, birday tekis tax bo'lsin,

Arabdan o'ch olib bunda kelgan so'ng,

Tog'angdagi ishonchsizlik yo'q bo'lsin.


Yo'l boshla, or uchun yo'lga tushaylik,

Necha darband, bcllaridan oshayik,

Arabdan o'ch olib bunda kelgan so'ng,

Xoljuvonni bck tog'anga qo'shayik.


Necha bir daryo-yu tog'lardan osha,

Xunxordan o'tamiz narmon uvlasha,

Buyuk, bek Go'ro'g'Ii, yo'lga chiqayik,

Ko'rmagan cllarni aylab tomosha.


Yurib-yurib arabiga yctamiz,

Arabini tutib bandi etamiz,

Tog'ang hozir yetib bordi Yovmitga,

Tog'angdan fotiha olib netamiz.


Quloq solgin Xoldorbekning so'ziga.

Tog' ko'rinmas bir kcsakcha ko'ziga,

Rrinsang, Chambilda turgin dam olib,

Qirq yigitni qo'sh do'stingning o'ziga.


Shunda Go'ro'g'libek Xoldorbekka qarab: "Hovliqma, hali bu o'ylagan o'ylaring bo'lmaydi", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:
Xoldor do'stim, bu o'ylaring bo'lmaydi,

O'ylaringning hargiz ebi kelmaydi,

Arab ham bizdayin mo'min-musulmon,

Hcch mo'min mo'minga harba qilmaydi

.

Faqat undan borib qasos olaman,



Yangamni qaytarib olib kclaman,

Bunday joyga qirq yigitlar na darkor,

Bu safarga bir o'zim ham bo'laman.
Rayhon arab yolg'iz kelib ketgandir,

Yolg'iz kelib maqsudiga yetgandir.

Yoshligimda quvaladim, yetmadim,

Shunda mcnga zo'r alami o'tgandir.


Men ham yolg'iz shu arabni ko'raman,

Ko'ziga ko'rinib javlon uraman,

Chilton boqqan G'irko'kimni, Xoldorjon,

Omon bo'lsam, qaytib sizni ko'raman.


Go'ro'g'Ii yigirma yoshga to'lgandir,

G'ovsul-G'iyos menga xanjar bergandir,

Kclganimcha sizlar bo'Iing Chambilda,

Begingiz arabga talab qilgandir.


Go'ro'g'libek: "Men kelgancha, sizlar Chambilda bo'Iinglar, kayflaringni qilinglar. Lekin hech kimga zulm qilmanglar. Rejadan tashqari birovning molini tortib olmanglar", — deb yigitlarga qarab, G'irko'k otini so'rab, bir so'z dedi:
Dushmanlar dunyoda davron surmasin,

Tez bo'l, yanga, Chambilbclga ketamiz,

Kelganimni Rayhon arab ko'rmasin,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Seni izlab keldim turkman elidan,

Xolisning murodi chiqar yo'lidan,

Olib ketay Rayhon arab qo'lidan,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz

.

Elingdan ayrilib boiding begona,



Turkmanning ko'pi edi senga dugona,

Boz ko'rishsa, bari bo'lar parvona,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.
Chambilni qurdirdim Xo'jatovidan,

Xalos aylay seni odamovidan, R

ayhon tugul, qo'rqmam jin-u devidan,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Dushman yurar mard yigitning qasdinda,

Hzilma, yanchilma arab ostinda,

Tokaygacha band bo'lasan dastinda,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Bandi bo'lgan eding Rayhon qo'liga,

Chaqqon min, yangajon, G'irko'k beliga,

Cho'ri bo'lma cndi arab eliga,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Arabning tog'lari yaylov joy ekan,

Har yoqqa buralgan adir, soy ekan,

O'tarchilar qo'y, yilqiga boy ekan.

Boy bo'lsa, o'ziga bo'lsin, yangajon,

Sendaychanggi bandilarga voy ekan,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Go'ro'g'li bir seni izlab kcladi,

Dushmanidan bugun lotin oladi,

O'zingni arabdan xalos qiladi,

Tez bo'l, yanga, Chambilbelga ketamiz.


Xoljuvonoy Go'ro'g'libekdan bu so'zni eshitib, Go'ro'g'libekning otini va o'zini imtihon qilmoqchi bo'lib, bir necha joydan timsol keltirib, Go'ro'g'libekka qarab, biqiniga qo'lini tirab, bir so'z dedi:
Arabning otidir chaqmoqday ildam,

Juyruk dcsa bo'lar balki undanam,

Qochsa, qutulolmas hatto Buroq' ham,

Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?


Arabning jonidan issiq o'tmaymi,

Orqangdan shovullab quvib yetmaymi,

Uch-to'rt qirdan oshmay seni tutmaymi,

Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?


Har zamon oshiqib qistov etasan,

Meni olib elga qaytib yetasan,

O'zingni Rustami Doston tutasan,

Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?


Qamchi bossang oting choqni olanii.

Yo bo'lmasa ora yo'lda qolami,

Bo'l, deysan, hali ham esing chalami,

Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?


Rayhon arab oti tog'lardan oshar,

Yo'lni pisand etmay orqangdan tushar,

Qancha uzoqlashsang, yetib ilgashar

, Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?


Arabning podshosi g'ayur, ko'p yomon,

Ko'zi tushsa, tutar seni nogahon,

Mard Go'ro'g'li, qanday olib ketasan?
Bu so'zni Go'ro'g'libek Xoljuvon yangasidan eshitib, yangasiga dildorlik berib, o'z holini bayon qilib, yangasiga qarab, uzangiga oyog'ini tirab, mo'ylovini burab, bir so'z dedi:
Hazil bilma otim bilan o'zimni,

Dushmanlar bosolmas hargiz izimni,

Chiltonlar silagan yuz-u ko'zimni,

G'ovsul-G'iyos xanjar bergan botirman.


Dah desam, daryodan uchib o'tarman,

O'zingni Yovmitga olib yetarman.

Seni deb Turkmandan kelayotirman,

G'ovsul-G'iyos ilhom bergan botirman

.

Ostimda G'irko'kim qirq gazlab uchar,



Ko'ndalang kelganda, olovdan kechar,

Tog'dan toqqa sakrab er Xizir ko'char,

Er Xizirman kurash tushgan botirman.
Oriyat yo'lida jonim qiynayman,

Qabo falak gardishinda o'ynayman.

Qahrimdan muz purkab, bulut chaynayman,

Bulut chaynab, muz purkagan botirman.


Pisand cmas Sardor tog'am tarafi,

Yo'layolmas oldimga Rayhon arabi.

G'irko'kim oldida otidir yobi,

Mardonlardan duo olgan botirman,


Dam bu damdir, o'zga damni dam dema,

Arabning otidan otim kam dema,

Bir chopsak yetamiz Taka-Yovmitga,

Ora yo'lda qolamiz deb g'am yema,

Yanga, ishon, nazar topgan botirman.
Arabing quvsa ham quvib yctolmas,

Quvganda ham G'irko'kimni tutolmas,

Qirq gaz baland uchib kcchsak Hazardan,

Rayhon anda lol bo'p qolib o'tolmas.


Go'ro'g'li g'urillab kuchga to'lgandir,

Arabni bir boblasam deb kelgandir,

Tez choq bo'I, ketamiz, qo'rqma, Xoljuvon,

Shuncha yurding, qaytar vaqting bo'lgandir.


Bu so'zni Xoljuvonoy Go'ro'g'lidan eshitib, Go'ro'g'libekning o'ziga va G'irko'k otiga ishonch hosil qilibdi. Lekin Go'ro'g'libekning ham shu vaqti kuchi, quvvati to'lishgan, Xizir bilan olishgan, G'irko'kj nazarkarda tulpor bo'lsa ham, arabning oti haddili tulpor, toza sinamali ot. Go'ro'hiibek hech shashti qayt-magan bola. Agar hozir Go'ro'g'libekka: "Sen tajriba ko'rmagan, anqov bolasan. Bu arab ko'p purdon-bachcha, oti ham necha martalar sinovdan o'tgan, ehtiyot yaxshi deyman", — desa, Go'ro'g'libekning, bi-rinchidan, shashti qaytadi. Ikkinchidan, o'z urug'doshiga dushmanini ko'tarib ko'rsatgan bo'ladi. Axil ko'p o'ylab, shu narsalarni ko'nglidan kechirib, Go'ro'g'libekka qarab, bir necha joydan timsol kcltirib, Xoljuvonoy bir so'z dedi:
Meni deb kclgansan arab eliga,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Niyatman mingansan oting beliga,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li.


Yillaming kctidan yillar o'tgandir,

Keksarib ko'rgimning1 gali ketgandir,

Arab shuncha yildan bcri tutgandir,

Zo'rlik qilib meni olib yotgandir,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Yoshim endi o'ttiz beshga yctgandir.


Olib borsang, menga turkman kulmasmi,

Unda yangang malomatga qolmasmi,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Endi olib kctishing uyat bo'lmasmi?


G'o'ch yigitsan, kuchlaringni kuch demas,

Rustamcha bo'lsang-da, seni g'o'ch demas,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Arab bu o'chingni hargiz o'ch demas.


Ahmoq deb ishingga arab quvonar,

Dushmanlaring kulib, do'sting o'rtanar,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Turkmaning nomiga qo'yma qo'sha or.


Tog'larda bo'tako'z gulgun loladi,

Yosh o'g'lonsan, hali fikring chaladi,

So'zimga quloq sol, shoshma,

Go'ro'g'li, O'rnimga qizini olsang, bo'ladi.


Oq yuzida bir nuqtacha xati bor,

Oshiqlarga boqishining o'ti bor,

Zaydin arab degan ismi, oti bor,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Yarashar shu bo'lsa sendaylarga yor,
Quloqqa yoqimli mayin so'zlari,

Yurakka jaz urar sayyod ko'zlari,

Bamisoli qizil olma yuzlari,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Na qilursan kulgi qilib bizlardi.
Shu qizni olib ketsang qulay bo'ladi,

Shunda Rayhon arab tirik o'ladi,

So'zimga quloq sol, shoshma, Go'ro'g'li,

Xoljuvonoy duongni qip qoladi.


Go'ro'g'libek Xoljuvon yangasining bu so'zlarini tinglab, o'ylasa, yangasining so'zlari ma'qul. "Bo'lmasa, yanga, Zaydin arabni ko'rsat, Rayhon arabning qizini olib keta qolayin", — dedi. Shunda Xoljuvonoy Go'ro'g'libekka: "Sen bugun borib, tog'ning bir kamarida pusinib yot. Ertaga kir yuvaman, deb Zaydin arabni aldab, shu buloq boshiga olib chiqaman. Men Zaydin arabni kirga olib chiqqanimni sen tutundan bil. Men buriqsitib qo'yib, tutun chiqargan joyga kela ber. Hozircha bor. Lekin juda ehtiyot bo'l",— deb uqtirib, Go'ro'g'libekni jo'natib yubordi. Ana shuytib, Go'ro'g'libek Zaydin arabni olib qochmoqni qasd qilib qaytib ketib, bir kamarga borib, G'irko'k otidan tushib, otini xashakka qo'yibdi. O'zi qachon Xoljuvon yangam tutun chiqaradi, deb angg'ib yota bersin. Endi gapni Xoljuvonoydan eshiting.

Xoljuvonoy Go'ro'g'libekni jo'natib borib, necha bir ayyorlik, mastonliklarni o'ylab, shirin, muloyim so'ylab, Rayhon arabning oldiga borib, qoshini qoqib solib, o'zini har na'maga olib, buralib, sudralib, jo'rtagadan Rayhon arabning oldidan o'ta yotib, qoshining bittasini arabga qarata otib, bir munkib, lozi-mining bolag'idan bosib, surinib ketdi. Xoljuvonoyning Rayhon arabning qo'liga kelganiga besh yil bo'Iib, shu besh yil ichida Rayhon arab bilan bir marta ham ko'nglini ochib suhbat qilmagan edi. Faqat zo'rlik, zumlik bilan nochordan Rayhon arabga xotin bo'Iib yurar edi. O'lguday xotinboz Rayhon arab, zang'ar shu Xoljuvonxon bilan bir ko'ngil ochib, muhabbatlashib suhbat qilsam, deb intiq bo'Iib yurar edi. Rayhon arab Xoljuvonoyning bugungi harakatini ko'rib: "Endi bu turkman yurtidan umidini uzib, menga ko'ngil qo'yay debdi-yov", — deb Xoljuvonoyga qarab, ko'ngli ochilib, bir so'z dedi:


Sira qiya boqmas eding, Xoljuvon,

Ayt-chi, gul qobog'ing qaydan ochildi,

Karashmalar joyida-ku, bo'yidan,

Yuraklar tuguni qaydan ochildi?


Yo turkmandan eshitdingmi bir xabar,

Ahmad sardor ering o'libmi magar,

So'zla qomatingdan sarvu sanobar,

Qoshlaring kamondir, kipriging xanjar,

Yuzlaring jannatdir, lablaring shakar,

Ayt-chi, gul jamoling qaydan ochildi?


Nozlanib gohida o'zdan ketasan,

Buralasan, meni maftun etasan,

Qoshingni qiyodan choqlab otasan,

Ayt-chi, gul yonog'ing qaydan ochildi?


Noz ila shul kecha bo'lay mehmoning,

Oyoq bosishingga bo"lay qurboning,

Yarashur zulfingga qo'nsa rayhoning,

Ayt-chi, bul qobog'ing qaydan ochildi?


Rayhon arabning o'lguday xotinbozligini bilib yurgan Xoljuvon Rayhon arabga: "Juda usti-boshingiz kirlab ketibdi. Ertaga bir kir yuvsak debmiz", — dedi. Rayhon arab: "Burungilar: "Xotin suhbat talab bo'lsa, kir yuvar emish", degan. Xoljuvonxon, sen ham turkmandan umid uzib, bizga talabgor boidingmi? A-ha, hi-him", — deyberdi. Xoljuvonoy Rayhon arabning gijinglay berganidan keyin ming bir ayyorlik, mastonligini o'qib: "Turkman kelsa, shu besh yildan beri izlab kelar edi. Endi turkmanning bu yerlarga yon-dasha olmasligiga ko'zim yetib, sizga toza ko'ngil bergim kelayapti. Endi shu kechasiga sabr qilsangiz, erta oqshom toza kiyimlar kiyib, ikkovimiz bazm-u suhbat qilsak", — deyberdi.

Burungilar qishki mavsumda kirlagan kiyimlarini yechib, to'plab qo'ya berar edi. Kir kiyimlar ko'p bo'Iib ketganidan keyin qishning yarmi o'tib, qantar oqqandan keyin ayoliar buioqqa chiqib, to'plangan kir kiyimlarini yuvar edi, ko'klam chiqqandan keyin ayoliar buioqqa chiqib, ikkinchi marta kir yuvar edilar. Xuddi shu vaqtlar qantar og'ib, ayollarning kir yuvish vaqtlaridan ham ancha o'tib ketsa ham, Xoljuvonoy hali kir yuvganicha yo'q edi. Shuytib, Rayhon arab Xoljuvonoyning ochilib, sochilib qolganini ko'rib, loqati toq, lablari qoq, o'zi ham juda bir mushtoq bo'la berdi. Rayhon arab: "A-ha, ho'y, bo'yidan, o'yidan, turkman ayolining fe'1-xo'yidan. Qachon oqshom o'tib, tong otadi. Xoljuvonoy noz qilib, qoshini qoqib, kulib boqib, biz bilan yotadi", — deb ertasingacha mushtoq bo'Iib chiqdi.



Ana shuytib, gapning qisqasi, tong otib, Xoljuvonoy Rayhon arabning kiyimlarini shilib olib, bir sholi olachaning o'rtasidan teshib, Rayhon arabning bo'ynidan o'tkazib: "Kiyimlar qurigancha, shu olachada o'tira turing", — deb ilmi ayyorliklarni o'qib, kirlarini ko'tarib, Zaydin arabga: "Buloq boshiga yur, kirlar ko'p, yordamlashasan. Mana bu tugunchakni ko'tar", — deb xitob qilib, Zaydin arabni aldab, kirga olib chiqmoqchi bo'la berdi. Shunda Zaydin arab Xoljuvonoyga: "Borsang, o'zing boraver. Men kecha buloqda bir begona otning izini ko'rgan edim. Sen otamni ahmoq qilib aldab, bir begona dushmanga ergashtir-makchisan. Men kirga chiqmayman. Ana otamning oti ham qulog'ini qaychi qilayotir, otamning oti dusb-manning sharpasini bilgandir", — deb Zaydin arab oyog'ini tirab toqoshovlik qila berdi. Xoljuvonoj Zaydin arabni aldab: "Otangning shuncha shon-u shavkati bo'lsa, dushman qayoqdan keladi. Kecha bi marta otangning oti qirdan boshmoqlab ko'ringan asov biyalarga qarab bo'shalib ketgan edi. Sen bo'lsanj o'z otangning otining izini dushmanning otining izi deb, qulog'ini nargi betdagi asov baytallarga qaycbi qilsa, dushmanning shobirini bilib qaychi qilayapti, deysan. Ey, qurg'ur-ey, tushmagur-ey. Bo'y yetibsan shekilli. Qachondan beri sen bunday cho'pdan hadik oladigan bo'lib qolding", — dedi. Zaydin arab: "Yo'ij aldama. Men sening aldaganingga ishonmayman. Buloqdagi iz otamning otining izi emas. Iz yo to'rt, yoi besh yashar otning izi. Qo'riqqa botib-botib ketgan. Otamning otining izi toboqning o'rniday bor. Bormayman", — deb juda qattiq turib to'xtab qoldi. Shunda Xoljuvonoy boshqavotdan ayyorlik ishlatmoq-chi bo'lib, o'zicha so'zlanib: "Qurg'uri, sen bo'y yetib, xayoling ancha tarlon bo'lib qolibdi-yov. Bahona qilib uyda yolg'iz qolib, biror kishi bilan gaplashmakchisan. Men hozir otangga borib, bu gaplami ayta-man", — deb uyga yaqin kelib, Rayhon arabga: "Bu qizingiz ancha hunar chiqarib qolganini bilmaysiz Kechadan beri juda turlanib qoldi. Kecha qirga qarab qo'lini bulg'ayotganini ko'rdim. Bugun bahona qilib uyda yolg'iz qolib, bilmayman, qanday noma'qulchilik qilmoqchi. Kirga bor, deb yubormasangiz, bi yolg'iz uyda qolib, kirn biladi nimalar qiladi. Kirga mening bilan borsa, yorlashib yuborsa, kirlarni tezroi, yuvib kelgan bo'lar edik", — deb Rayhon arabga ma'qullatdi. Rayhon arab o'rnida o'tirib qichqirib, Zaydb arabga: "Bor endi, achchig'imni keltirmasdan bor!" — deb xitob qildi. Zaydin arab Rayhon arabdai qo'rqqanidan Xoljuvonoy bilan ergashib kirga ketdi. Shuytib, Xoljuvonoy Zaydin arabni ergashtirib, do'nglikdan pastga tushib, buramdan aylanib, buloqqa yetib, toshdan o'choq qilib, ovpalak va itsiygaklarni yoqib, burqsitib tutun chiqarib, Zaydin arab bilan kir yuva berdi. Go'ro'g'li kamarda yotgan joyidan turib. tutunni ko'rib, G'irko'kini boshqavatdan abzalini mahkam qilib olib, G'irko'k otining ustiga minib, tutun chiqayotgan yoqqa qarab, asta-asta otini haydab, buloq boshiga yetib boribdi. Qarass, Xoljuvon yangas Rayhon arabning qizini kirga olib chiqibdi. Shunda Go'ro'g'libek buloqqa burilib, otini sug'organ bo'lib, Xoljuvon yangasiga qarab, mo'ylovini burab, uzangiga oyog'ini tirab, bahona qilib: "Hov xola, bir kosa suv olib bering", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bir so'z dedi:

Uzoqdan kelaman, qirlardan osha,

Arab ellarini aylab tomosha.

Yo'lingdan o'taman guzarim tusha,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.
Ko'p yo'l bosib horiganman, tolganman,

Ora yo'lda suvsizlikda qolganman,

Xizmat ham bo'lsa, deb talab qilganman,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.


Arab vodisida o'sgan lolalar,

Bilmam bu ko'ringan qanday qal'alar,

Bandargoh betlardan karvon kelalar,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.


Xush yoqmas o'zimga otdan tushmakka,

Holim yo'q bir gaz ham narmon oshmoqqa.

Madorim yo'q adi-badi deyishmoqqa,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.


Davlatimdan qizil, yashil o'rayman,

Savlatimdan shomurtimni burayman,

Charchab keldim, bir kosa suv so'rayman,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.


So'zlayman so'zimni aylab maqomdor.

Men ham o'z elimda atoqli nomdor,

Ravshan o'g'li oqin suvga talabgor,

Tashna bo'ldim, suv olib ber, xolalar.


Shunda Xoljuvonoy Zaydin arabga bahona qilib: "Mening qo'lim mag'zava bo'lib yotibdi. Sen u suv so'ragan yigitga bir jom suv olib berib yubor. Odamga savob ham kerak", — deb bir necha joydan timsol keltirib, Zaydin arabga qarab, bir so'z dedi:

Yo'lovchilar katta yo'ldan o'tadi,

Yurib-yurib manziliga yetadi,

Erinib mudirab tashna bo'lganda,

Bizdaylardan xizmat talab etadi.
Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?


Yo'Iovchi yo'llardan har kun keladi,

Yo'lovchiga har kim xizmat qiladi,

Shularga suv bermak savob bo'ladi.

Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Erkaklarga ayol xalqi xizmatkor,

Har nima amriga turarlar tayyor,

Shulardan sadag'a senday gajakdor,

Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Yuzingda xoling bor ko'kish bo'yama,

Qiz deganing zeb-ziynatga to'yama,

Shundaylarga xizmatingni ayama,

Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?
O'tkinchi yigitni koyib boimaydi,

Bir xizmatman kishi mayib bo'lmaydi,

Shundaychangi oliy barno yigitga

Qancha xizmat etsang, ayib bo'lmaydi.

Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?


Arabning tog'larin cholmishdir tuman,

Ayrilig'i qursin, juda ham yomon,

Boshingdan parvona bo'lsin, Xoljuvon,

Ana, suv, deb so'rab turgan yigitga

Bir kosa suv olib bersang, netadi?
Zaydin arab Xoljuvonoyning bu so'zini eshitib, qayta badtar ro'moliga o'ranib: "Nomahramga suv olib bermayman. O'zing turkmanda kim bo'lsa, shu bilan ochiq gaplashib, o'rganib qolgansan. Qo'ling mag'zava bo'lsa, ayt, arabda nomahramga ayollar suv bermaydi, deb. Kerak bo'lsa, buloqdan tushib, o'zi qo'sh hovchini kosa qilib, suv ichib keta bersin-da", — dedi. Xoljuvonoy qarasa, Zaydin arab aytganiga ko'nmaydiganga o'xshaydi. "Bunga yana ayyorlik ishlatib, bir pishak do'g'i qilib ko'rmasam, bo'l-madi",— deb Xoljuvonoy bir necha joydan timsol keltirib, Zaydin arabga qarab, bir so'z dedi

:

Zaydin arab, endi ketma o'zingdan,



Buzuqlikning isi kelar so'zingdan,

Nomahramga o'g'irincha qaraysan,

Yomonlik anglayman ayyor ko'zingdan.
Ovloq bo'lsa, qiqinglaysan, kulasan,

Er talab bo'libsan, toshib-to'lasan,

O'ynashingmi, bilmam yo'ldan o'tkinchi,

Bunda meni aldamoqchi bo'lasan.


Tushib suv ichsin deysan buloqqa,

Maqsading, tortsa-da seni ovloqqa,

Kir boshida mening ko'zim mo'lartib,

Shu yigitman ketmoqchisan bir yoqqa.


Undan ko'ra u otidan tushmasa,

Oraga har turli gapni qo'shmasa,

Ketadi boradi, olam guliston,

Kumushday qo'lingdan ichib bir kosa.


Xoljuvonoy hamma gapni biladi,

Sen shod bo'lsang, xurram bo'lib kuladi,

Suv bering, deb horib turgan yigitga

Bir jom suv uzat, deb talab qiladi.


Bu so'zni Zaydin arab Xoljuvonoydan eshitib, ko'nglida: "Qiz bo'lmay o'lay, qandayga aylansa, menga malomat o'ralib tushadi. Bu qurg'ur, bilmayman, nega buytib haddan oshadi", — deb noiloj ro'moli bilan yuzini berkitinqirab, iymanib borib, buloqdan bir jom suv olib, Go'ro'g'libekka tortinib tuta berdi. Shunda Go'ro'g'libek imtilib kosani qamchi bilan urib qoqib, Zaydin arabning qo'lidan tushirib yuborib, Zaydin arabning bilagidan ushlab, bir siltab G'irko'kning sag'risiga olmoqchi bo'ldi. Ammo-lekin Zaydin arab og'irligini solib, bir chiranib o'zini halloji qilib yuborgan edi, G'irko'k tizzasigacha yerga botib ketdi. Go'ro'g'libek qarasa, ish qabohat bo'Iadiganday. Shunda Go'ro'g'libek yangasini yordamga chaqirib, bir so'z dedi:
Arabning qizi ko'p polvon zo'r ekan,

Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon,

Bir botmon bo'ksali, haddin o'r ekan,

Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.


G'irko'kim tizgacha qo'riqqa botdi,

Qurg'urning badani muncha ham qatti,

Zilday bo'p bilagim qahshatib ketdi,

Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.


Yangi olgan oijam qo'ldan ketmasin,

Dam g'animat.vaqt-fursat o'tmasin,

Tag'ina sengayam ziyon yetmasin,

Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.


Baliqday tipirlab netib to'lg'onar,

Beliga intilsam. qo'lim bulg'anar.

Bu arab qizining kuchi ancha bor,

Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.


O'lmasin yaxshilar, aslo o'lmasin,

Yomonlar yig'lasin, hargiz kulmasin,

Shuncha mehnatlarim zoye ketmasin,

Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.


Endi yongan umidlarim o'chmasin,

Tag'i bu qiz bir sitilib qochmasin,

Qo'lingdan dushmanlar sharob ichmasin,

Tez kelib ortidan ko'tar, yangajon.


Go'ro'g'li taqdiming ishiga hayron,

Hayollab o'tirsam, kelmasin Rayhon,

Bu g'ayri yurtlarda menga ko'makdosh,

Yo'q turur o'zingdan boshqa, Xoljuvon,

Darrov kelib butidan ko'tar, yangajon.
Xoljuvonoy Go'ro'g'libekning bu so'zini eshitib, darrov qo'lidagi kir yuvgich qo'l og'ochini olib, chopib kelib, Zaydin arabning ortidan, balki ikki butidan qo'l og'ochini o'tkazib, bir nuqib itarib, ko'tarij yuborgan edi, Zaydin arabning buti hillanglab, G'irotning sag'risidan oshib ketdi. Shunda Go'ro'g'libd ham bir qimtib, Zaydin arabni egarning sirtiga olib, omon bo'l Xoljuvon yanga, deb G'irko'k otni qaytaribj yo'lga solib, turkman eli qaydasan, deb haydab ketdi. Endi Xoljuvonoydan eshiting.

Xoljuvonoy: "Har nima bo'lsa ham, arabning oti haddili tulpor, Go'ro'g'libek uzayganicha uzab ket> bersin", — deb oshiqmay-netmay kirlarini yuvib-ko'ptirib, undan keyin to'plab, jo'rtagadan Rayhon arab­ning usti-boshini eng keyin yuvib, ho'iligi holida bir qo'lida ko'tarib, kech bo'lay deb qolganda, qaytili kelibdi. Bir necha ayyorliklarni o'qib, Rayhon arabning oldiga shu so'zlarni aytib, chiqib borayotir:


Ey, sultonim, davlat qochdi o'zingdan,

Dushman tushgan ekan bosgan izingdan,

Ayrilding, ayrilding ko'rar ko'zingdan.

Judo bo'lib Zaydin arab qizingdan.


Ko'ksimon talg'irdir tog'larning toshi,

Ne jafoga ko'nmas odamning boshi,

Bor ekan qurg'urning topgan yo'ldoshi.

Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.


Uzoqdan bir odam qildi ishorat,

Zaydin arab turib chopdi shu fursat,

Ushlashgan so'ng gidirmadi bir muddat.

Judo bo'lib Zaydin arab qizingdan.


Mingashtirdi ha demasdan ortiga,

Qamchi bosdi mingan otin chotiga,

Men chopganman yetarmidim otiga,

Qochib ketdi, shuytib, arab yurtidan.

Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.

Shuytib buzuq ekan bilsang avzoyi,

Kun chiqarga botdi osmonning oyi,

Qayerga yetardi Xoljuvon voyi.

Judo bo'lding Zaydin arab qizingdan.
Shunda Rayhon arab Xoljuvonoydan bu so'zni eshitib, ul odam maboda Go'ro'g'limikan, deb hai murti shopday, og'zi ko'hna qopday bo'lib, bir so'z dedi:
Bu gaplaring sening agar rost bo'lsa,

Lot olgali kelgan hukmin' Go'ro'g'li.

Ko'pdan beri shu yerlarda ko'rinmay,

Qizimni ozdirgan hukmin Go'ro'g'li.


Yoshligida bilgan edim shashtini,

Endi surar yigitlikning gashtini.

Ukag'arni topsam yeyman go'shtini,

Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.


Ukag'ar ko'rmagan qo'lim zarbini,

Choqlaya bilmagan kuch-u qurbini

Darrov keltir menga billur durbini,

Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.


Oldimga hozir et yov-yarog'itn.

Xoljuvon jononim. ko'zim qarog'im,

Asta-asta olib mening daragim,

Qizim olib qochgan hukmin Go'ro'g'li.


Bu yerlarda dev ham qo'rqib turmaydi,

Tirikmen, izimdan dushman yurmaydi.

Yoshligida ko'rgan edim zahrini.

Magar turkman bir marta qo'l sermaydi,

Qizim olib ketgan hukmin Go'ro'g'li.
Arabning tog'larin chalmasin tuman,

Tezroq kiyimim bergin, Xoljuvon,

Bu yerda orqayin qolmasin Rayhon,

Qizim olib qochgan hukmin Go'ro'g'li.


— Darrov kiyimlarimni ber, anjom-aslahalarimni olib keltir, qizimni olib ketgan hukmin Go'ro'g'li, boshqa hech kirn emas. Boshqalar bu yerlarga kelmaydi ham, — deb cherpina berdi. Xoljuvonoy ming bir ayyorlikni o'qib: "Shohim, hali kiyimlaring ho'l", — deyberdi. Rayhon arab Xoljuvonga: "Ho'l bo'lsa, shamolga yelpit. E, yo'q, to'xta, kiyimlarni menga ber, o'zim yelpitaman. Sabil kun chitiq ekan. Kiyimlar oz-moz muzlabdi, kun ham kechki salqinda. Sen darrov otni egarla", — deb shoshib, takbiridan adashib, chirpinayotir. Xoljuvonoy chiqib otni jo'rtagadan imirsilanib, teskari abzallab: "Otni abzallab qo'ydim", — deb adab saqlab turdi. Shunda Rayhon arab hali kiyimlari kepmay' qolganidan zorlanib: "Sabil kun mun-cha chitiq bo'lmasa. Endi kiyimlar kepmabdi-ku. Ma, ol, sen dalaga chiqarib, kiyimlarni shamolga serpib tur. Men aslaha-anjomlarimni choq qilay. Ey sabil, anjom-aslahani kiyimsiz taqib bo'larmi", — deb goh Xoljuvonoyni koyib, goh suyub, shoshib-pishib chirpinib, dalaga chiqib, ichkariga kirib yurib, ko'zi otiga iushib: "Xoljuvonoy otni teskari egarlab qo'yibdi", — dedi. "Ey, Xoljuvonoy, men seni ham bilmay qoldim. Ha-ha, darvoqe, ayolning ishi teskari-da! Shuytib, bular gaj qabirg'adan yaratilgan, deydi-da. Ayolga ish buyur, orqasidan o'zing yugur", — deb so'kinib, Rayhon arab otni boshqatdan abzallab olib kelib. Xoljuvonoyning qo'lidan kiyimlarini olib ko'rsa, hali ham kepmabdi. Rayhon arab shoshib kiyim-larini ham kiymay: "Hay, shu Go'ro'g'li bo'lsa, kiyimsiz ham ushlab kelaman. Imirsilab kayfimni uchir-ding. Hali Go'ro'g'lini ushlab kelay, keyin senga bir salom beraman", — deb yalang'och bo'yniga olacha shol ilingani holda qo'lidagi ho'l kiyimlarni yerga bir urib tashlab, anjom-aslahalarini olib, otiga minib, jilovini bo'shatib, Go'ro'g'libekning izidan tushib, haydab ketdi.

Go'ro'g'libek shu vaqtgacha yigirma toshlar chamasi yo'l bosib, har zamonda orqasiga bir qarab kelayapti. Jonivor G'irko'k ham yulduzday bo'lib kelayapti. Bu kuni choshtgoh vaqtigacha jami yuz ellik tosh yo'l bosib qo'ydi. Bir pilla orqasiga qarasa, bir nima changitib kelayapti. Shunda Go'ro'g'libek: "Bu muqarrar Rayhon arab. Endi qizini bir sinab ko'raychi, ko'ngli qayoqda ekan", — deb Zaydin arabga qarab, bir so'z deb kelayapti:


Zaydin arab, otang kelur orqadan,

Bunda kelib tutib olsa, netasan,

O'z elingga qilib seni sharmanda,

Gardaningga chilbir solsa, netasan?


Otang zo'rdir har ish kelar qo'lidan,

Qaytmaydi sira ham kelgan yo'lidan,

Bilmayman ne kechar hozir dilidan,

Orqamizdan yetib qolsa, netasan?


Menga ham jon kerak, tashlab qochaman,

Zo'r kelgandan keyin sendan kechaman.

Yulduz oqqaniday bo'lib uchaman,

Shuytib Rayhon yetib kelsa, netasan?


Qo'lida o'q-yoyi, otang ko'p g'irrom,

Seni tutib olmay toparmi armon,

Bekor ob qochibman men bir kalla xom.

Ha, qizim, deb suxan qilsa, netasan?


Go'ro'g'li der, hali Chambil uzoqda,

Har zamon qolarmiz bandi tuzoqda

Jon shirin ketaman, tashlayman dog'da,

Shamshir bilan bag'ring tilsa, netasan?


Zaydin arab Go'ro'g'libekning bu so'zini eshitib: "Men sening shariatingni bilmayman. Ammo arab­ning shariatida qiz birov bilan bir lahza birga bo'ldi degancha, aybga tangildi hisob bo'ladi. Men bo'lsam, sening bilan bir kecha-kunduzdan beri birga kelayotirman. Endi otam meni tutib olsa, avvali o'ldiradi. Agar ichi achib o'ldirmaganida ham, arablar endi meni qiz deb hisoblamaydilar. Meni birov olganda ham yarim qalinga yesir hisobida olib ketadi. Undan ko'ra, endi meni tashlama. Oting yosh, o'zi tulporzod ko'rinadi.O'zing ham yoshsan. Otam bo'lsa, keksa, daydib qolgan odam. Oti ham ancha ko'hnargan. Otamni bir to'xtatib, keyin qochsang, otamning oti qolib ketadi. Sening oting yosh, qaytish deganni bilmaydi", — dedi Go'ro'g'libek Zaydin arabning bu so'zini eshitib, qochishga ko'ngil bog'laganini bildi. Xuddi shu vaqtda Rayhon arab otini qo'yib, bir qo'lida xanjar, bir qo'lida sifar, bo'ynidan olacha o'tkazilgan holda kelayotir. Ot har haprang otganda, o'n gaz, o'n besh gaz yerga tushadi. Shamolmas, yomg'irda ham otning ketish zarbidan olacha yoyilab, Rayhon arab toza shildingday bo'lib, bor avrati ko'rinib, dabdala bo'Iib kelayotir. Shunda Go'ro'g'libek Rayhon arabning sha'niga bu so'zni aytib kelayotir:
Yuqorida objuvoz,

Objuvozning suvi oz,

Olacha ko'ylak shildirboz.

Orangdan Rayhon o'tdimi?


Yomg'ir yog'ar shiva-shiva,

Guldir momom tiva-tiva,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?


Dayrabotning shamoli,

Darbandining qamali,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?

Dayrabotning to'lqini,

Qor-yomg'irning salqini,

lyiqtirding yilqini,

Shu so'zimning talqini.

Olacha ko'ylak shildirboz.

Orangdan Rayhon o'tdimi?


Zaydin qochib ketdimi,

Quvgan bilan yetdimi,

G'irko'kimdan o'tdimi,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?
Tog' betida qo'chqorak,

Tepasida varvarak,

Tomoshasi xo'p kerak,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?
Zaydin qizi dirillar,

Ko'k kaptarday pirillar,

Olacha quvib sharillar,

Ostida ot orillar,

Arslon misol g'orillar,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?
Go'ro'g'libek o'ch oldi,

Arab alamda qoldi,

Har dam senga o'roldi,

Olacha ko'ylak shildirboz,

Orangdan Rayhon o'tdimi?
Ot chopishga haddili usta Rayhon arab zang'ar qimtib G'irko'kka yaqinlab qoldi. Shunda Go'ro'g'libek G'irko'k otini orqaga burib, Rayhon arabga qaratib: "Ha, arab, to'xta, otingni biroz saqla. senga bir-ikki og'iz so'zim bor". - dedi. Rayhon arab: "Qachon bo'lsa, baribir buning orqasidan yeta-man", — deb otini saqlab: "Mana, to'xtadim. Nima so'zing bo'lsa, darrov ayt", — dedi. Shunda Go'ro'g'libek belidan sozini qo'liga olib, Rayhon arabga qarab, senga so'zim shu, deb sozini chertib, bir so'z dedi:
So'zim eshit, Rayhon arab,

Mening bilan bo'lma taraf,

Kelma endi berman qarab,

Hozir bo'l seni otaman.


Ostimda o'ynaydi otim,

Chambil mening mamlakatim,

Qaytib ket qoningdan o'tdim,

Bo'lmasa, seni otaman.


Orqamda kelar Zaydinoy,

Rayhon arab holingga voy,

Qo'limda tayyor parli yoy,

Indashsang, seni otaman.


Oshdim baland tovlaringdan,

O'tib keldim g'ovlaringdan,

Qaytsang o'tarman bahringdan,

Bo'lmasa, seni otaman.


G'irko'kimga oting qo'shma,

Bekorga orqamdan tushma,

Jon shirin bo'lsa, indashma,

Indashsang, seni otaman.


Qaytgin arabning yurtiga,

Jo'na dayrobod sirtiga,

Go'ro'g'li boqmas ortiga,

Indashsang, seni otaman.


Go'ro'g'libek do'mbirasini beliga qistirib, G'irko'k otining boshini burib, jilovini qo'yib yuborib, lo'killatib haydab keta berdi. Rayhon arabning oti shu yerda qotib qoldi. Shunda arab qattiq azoblanib, otiga bir-ikki qamchi bergan edi, oti munkiyib, Rayhon arab otining yolidan ummaga oshib tushib, kallasi bir toshga tegib, yorilib qonab qoldi. Rayhon arab etigidan gartak qirindi olib, belbog'i bilan boshiga tortib, otini sekin haydab kela-kela yana qizdirib olib, jilovini qo'yib yuborib, katta haprak otdirib haydab kela berdi. Ungacha Go'ro'g'libek Gurgon daryosiga yetay deb qolgan edi. Bir pilla qarasa, Rayhon arab bir qo'lida xanjar, bir qo'lida sifar, vang'illatib otini qo'yib kelayotir.

Ana shunda Go'ro'g'libek yana orqaga burilib, Rayhon arabga qarab: "Hoy, Rayhon arab, to'xta. Senga yana boshqa bir gapim bor", — dedi. Rayhon arab: "Yana bu turkmanning nima gapi bor ekan", — deb otining jilovini saqlab, to'xtatib turdi. Go'ro'g'libek belidan sozini olib, Rayhon arabga qarab, soz bilan birso'z dedi:


Rayhon arab, eshit mening so'zimni,

Chambilbelga to'ra deydi o'zimni,

Javob bergin, bosmay endi izimni,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Yangamning o'rniga oldim o'chimni,

Navbat keldi, bosim qildim kuchimni,

O'zingga tashladim qari chechamni,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Rayhon arab, oting borda qaytag'ay,

Haloling bo'lsin, deb menga aytag'ay,

Qutuldim, bizniki bo'ldi Zaydinoy,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Bildir, gapir, necha belingdan oshdim,

Navbat keldi, maqsadimga uloshdim,

Oy Zaydinday gulbadanga yondoshdim,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Qizingni ob qochdim otga yopshirib,

Oq to'shini ko'k korsonga qopshirib.

El og'asi Ahmadbekka topshirib,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Javobingni aytgin, yo'qsa, ketayin,

Gurgon daryosidan haqlab o'tayin,

Erta tushga Chambilbelga yetayin,

Bek tog'amga berayinmi qizingni?


Rayhon arab Go'ro'g'libekdan bu so'zni eshitib: "Hali seni tutib, shu gapni aytgan og'zingni muzday qilib, yirtib tashlamasam", — deb achchig'lanib, otini jilovini qo'yib yuborgan edi, oti chopa olmay qoldi. Go'ro'g'libek bo'lsa G'irotni burib, jilovini bo'shatib, Gurgon daryosiga kelib, G'irko'k daryodan jimiyib sakrab o'tib keta berdi. Shunday bo'lmay, Go'ro'g'libekning guzari Hazar dengizidan kelganda ham, G'iroti qirq gaz ko'tarilib uchib o'tib, Rayhon arab dengizning naryog'ida qolib ketgan bo'lar edi. Negaki, Rayhon arabning oti har qancha juyruk tuipor bo'lsa ham, G'irotning hali yoshligini hisobga olmasa, G'irol nazarkarda, Rayhon arabning otidan yuqori edi. Shuytib, bu martaba Rayhon arabning oti chala qotgan ekan. Bir-ikki qamchini tortib, Rayhon arab otini haydab kela berdi. Go'ro'g'libek bo'lsa, Gurgon daryosi­dan o'tib, bir qirga kelib, G'irko'kni burib, o'zini bir yovvoyi jiydaning panasiga olib: "Qani, Rayhon arab Gurgon daryosidan o'tib, nima qilar ekan?" — deb kuzatib turdi. Rayhon arab Gurgon daryosining narigi. labiga kelib, otini daryoga to'g'rilab, achchiq qamchini bergan edi, asli tuipor emasmi, jonivor shunday Gurgon daryosidan bir hatlab o'taman, deb qimtinib sakrab yuborgan edi, otning chala qotgani sabab bo'lib.

daryoning bergi yog'i mo'ljaliga yeta olmay, Gurgon daryosining o'rtasiga tushib, yaxday suv bilan toa shovshab qolib, o'zini o'ng'ara olmay, suvga g'arq bo'lib keta berdi. Rayhon arab bu holni ko'rib, suvgi irg'inib tushib, otini zo'rg'a o'ng'arib, o'zi ham olacha-polachasi bilan, suvdan chiqqan pishakday ivfttj qolib, otini yetaklab, daryoning naryog'iga chiqardi. Shunda Go'ro'g'Iibek yovvoyi jiydaning panasidai chiqib, Rayhon arabning ko'ziga ko'rindi. Shunda Rayhon arab Go'ro'g'libekka qarab: "Haloling bo'lsin, uka, endi nima bo'lsa ham, qizimni o'zing ol. Tog'angga berma, sen mcni yutding, barakalla Go'ro'g'Iibek", — deb bir necha joydan timsol keltirib, bu so'zlarni dedi:


Bek Go'ro'g'li. eshit endi so'zimni,

Qon yoshga to'ldirma ikki ko'zimni,

G'am bilan sarg'aytma qizil yuzimni.

Gul gulga qo'shilsin jonim. chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Hech kishini qabo falak urmasin,

Bu ko'rgiligimni boshqa ko'rmasin,

Toza gul bargiga tikon urmasin.

Gul gulga qo'shilsin, jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Oltin kosa loyqa suvga to'lmasin,

Hasrat bilan nurli yuzlar so'lmasin.

Novdalikda qizim nobud bo'lmasin,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Bek Go'ro'g'li, qoyil bo'ldim o'zingga,

Chibin o'ltirmasin oyday yuzingga,

Qizim tashlab qaytib ketay izimga,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Qoyil bo'ldim, ko'k otingni kezdirding,

Chaqmoqdayin tulporimdan o'zdirding,

Ko'nglin topib, qizim yo'ldan ozdirding,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Taka Yovmit derlar asli zotingni,

Navbat kelib mendan olding lotingni,

Lekin senga nasihatim, ukaj on,

Uyurga bermagin sira otingni,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.


Bek Go'ro'g'li, omon borgin, men qaytdim,

Senga yov bo'lmasligimga gap aytdim,

Sen ham yov bo'p menga kelmasing lozim,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Gul lola yarashar taqsa yoqangga,

Hargiz berma bo'y qizimni tog'angga,

Kashal bo'lmay, qaytib ketay orqamga,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Men ham o'z yurtimda qadrli sulton,

Yarashibon gulman o'ralsa rayhon,

Erka o'sgan qizim bo'lsin bearmon,

Gul gulga qo'shilsin jonim, chirog'im,

Har na bo'lsa, o'zing olgin qizimni.
Shunda Go'ro'g'Iibek Rayhon arabga qarab: "Qizingni o'zim sira ham olmayman, kashal bo'lmay, keta ber. Zaydinoyni tog'amga eltib beraman, "— deb bir so'z aytdi:
Kashal bo'lma, arab elning sultoni,

Tog'amga qo'shaman eltib qizingni,

Xoljuvonday suluv yangam o'rniga

Tog'amga beraman eltib qizingni.


Zaydinoyning tugunlari ochilar,

Nikoh oqshomida bodom sochilar.

Bugun-erta qalliq bo'lib quchilar,

Tog'amga beraman eltib qizingni.


Yumuq ko'zi choyday bo'lib ochilar,

Shu kechasi bandi tugun yechilar,

Oltin piyolada sharob ichilar,

Tog'amga qo'shaman eltib qizingni.


Ochilib yayraydi g'uncha tugunchak,

Bugun-erta bo'lar qizing kelinchak.

Kashal bo'lmay, keta bergin ertaroq,

Tog'amga qo'shaman cltib qizingni.


Birga yursang, o'z ko'zingman ko'rasan.

Vakil bo'lib rozilik so'zin berasan,

Arabga ikki, uch kun keyin borasan,

Tog'amga beraman eltib qizingni.


Mard yigitman aytganimdan qolmayman,

Ot chopmoqda hargiz horib-tolmayman,

Niyatim — shu: qizing aslo olmayman,

Tog'amga qo’shaman eltib qizingni


Go'ro'g'li dushmandan lotin olgandi,

U yetolmay suvga shilib qolgandi,

Kuchim endi senga ma'lum bo'lgandi,

Tog'amga beraman eltib qizingni.


Go'ro'g'libek otining boshini burib qayta berdi. Rayhon arab yig'lamsirab: "Ey, Go'ro"g'lijon, qizimni nobud qilma, o'zing ol, o'zing ol!" — deb qola berdi. Go'ro'g'libek: "Qizingni o'zim sira olmayman, tog'amga eltib beraman", — deb keta berdi.

Shuytib, Go'ro'g'libek bunday aylanib, bir do'nglikning panasidan qarasa, Rayhon arab g'o'jinib, yelkasini qisib, asta-asta orqasiga qaytib ketib borayotir. Go'ro'g'libek shuytib dushmanidan qutilib, turk-man yurtiga kelib kirdi. Hazar dengizining yoqasida mol boqib yurgan cho'ponlarning ustidan tushib, cho'ponlar chaylasiga qo'nib, bir qo'yni so'ydirib, qovurdoq qildirib, cho'ponlarning birini Chambilga suyunchi uchun yubordi. Qirq yigit bilan Xoldorbek Go'ro'g'libekning arabning qizini olib kelayotganini eshitib, barchalari Go'ro'g'libekning oldiga peshvoz chiqdilar. Hammalari Go'ro'g'libek bilan ko'rishib, bari shod-u xurram Chambilga kelib, mayxonaga tushib, katta gulxanni qalab, Zaydin arabni bo'lsa, qirq yigitlaming xotinlari ichkariga tushiribdi. Ayollar ham, erkaklar ham shod-u xurram bo'lib o'tirishdilar. Chambildagi odamlarning hammasi qutli bo'lsinga kelib-ketaberdi. Oradan bir-ikki kun o'tsa ham, hali Ahmad sardordan darak yo'q edi. Oxiri Go'ro'g'libek qirq yigitning birovini yubortib, Ahmad sardorni chaqirtdi. Xabarchi Yovmitda Ahmad sardomikiga borib: "Go'ro'g'libek safardan qaytib kelib, sizni bir kelib ketsin, deb chorladi", — dedi. Shunda Ahmad sardor: "Go'ro'g'libek safardan qaytib kelgan bo'lsa, nima olib kelibdi", — deb so'radi. Xabarchi: "Bir qiz olib kelgan", — dedi. Ahmad sardor: "Bo'lmasa, Go'ro'g'libek qizga to'y qilib, o'ziga nikoh qildirib olar", — deb otlanib, xabarchi bilan birga Chambilga kelib, otidan tushib, so'rashib bo'lgandan keyin: "Qani, jiyanim, menga nima sovg'a keltirding", — deb so'rab turibdi. Shunda Go'ro'g'libek tog'asiga qarab, bir necha joydan timsol keltirib, sizga Rayhon arab­ning qizini keltirdim, deb shu so'zni aytdi:


Ko'rsatdim arabga qudrat-kuchimni,

Qoyil aylab Rayhon shohning qizini.

Sening uchun undan oldim o'chimni.

O'zingga, deb olib keldim qizini.


Hazardan uchirib otim shoshirdim,

Arabning qizini qo'lga tushirdim,

Olib keting, shuni sizga topshirdim,

Yor aylar, deb olib keldim qizini.


Otimni o'ynatib qirlardan oshdim.

Dushmanimning elatiga yondashdim,

Rayhon bilan yo'1-yo'lakay ot qo'shdim,

O'zing uchun olib keldim qizini.


Arab tog'larida sayil ayladim,

Zaydin qizni aldab moyil ayladim,

Ob qochdim, Rayhonni qoyil ayladim,

O'zingga, deb olib keldim qizini.


O'tkaz oy Zaydinning bugun to'yini,

Baxshilar aytishsin terma, kuyini,

Salom solsin, barcha ko'rsin bo'yini,

O'zingga, deb olib keldim qizini.


Go'ro'g'li Takaman Yovmitga sulton,

Rayhon qizin olib ketgin, tog'ajon,

Qiz ana, ko'nglingda qolmasin armon,

Seni deb op keldim arab qizini.


Bu so'zni Ahmad sardor Go'ro'g'li jiyanidan eshitib, quvonib: "Endi, Go'ro'g'libek jiyanim, qoyilmar senga. Turkmanga o'zing xon, o'zing sulton. Xiroj deysanmi, boj deysanmi, faqat bizdan, qulluq-qul-luq",— deb dovdirab qoldi. Qirq yigit chaqchaqlashib: "Endi to'yni Ahmad sardornikida qildik", — deb Yovmitga jo'nab ketdi. Yovmitga yetib, Ahmad sardorning qo'ylaridan so'yib, uchidan kabob qilib, to'yni boshlab yuboribdilar. Bu yoqdan Go'ro'g'libek, Xoldorbek, Ahmad sardor qator bo'lib, Yovmitga yetishdi-lar. Qirq yigitning xotinlari Zaydin arabni yasatib, sochini qirqta qilib o'rdirib, yor-yor aytishib, bular ham Zaydinoyni uzatib, Yovmitga keldilar. Oqshom to'y bo'lib. qirq yigit may ichib kayf qilib, Zaydin arabning nikohini Ahmad sardorga qiyib, Ahmad sardorni chimildiqqa kirgizib, ikkovini qo'shib qo'ydilar. Ertagisin Go'ro'g'libek boshliq Xoldorbek va qirq yigit Ahmad sardorning siylov to'nini kiyishib, Chambilga qayt-dilar.

Kunlar o'tib, bir kun Go'ro'g'libek turkman elining kattalarini chaqirib, bir majlis o'tkazdi. Shundan keyin Go'ro'g'libek turkman eliga sulton, Xoldorbek mahram vazir, Ahmad sardor beklar begi sardor. Og'abegi Zamon takaga, Safo o'g'li Chaqqon ko'klangga, Mamarayim polvon ersariga bek qilib belgi-lanibdi. Bundan tashqari, Turkman elatiga to'qson to'qqiz biy tayinlanib, keyin Go'ro'g'li sulton mayxonada kayfini qilib, ko'k choyni ichib, qirq yigiti bilan hangomasini gurung qilib yota berdi.
Download 395 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish