Qaqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog’liq yana bir kasallik – endemik bo’qoq. Odatda bu kasallik suv va o’simliklarda yod yetishmaydigan tog’li joylarda yashovchi aholi o’rtasida ko’proq uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez to’qimasi biriktiruvchi to’qima hisobiga kompensator kattalashadi, ammo bu jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi kuzatilmaydi - Qaqonsimon bez jarohatlanishi bilan bog’liq yana bir kasallik – endemik bo’qoq. Odatda bu kasallik suv va o’simliklarda yod yetishmaydigan tog’li joylarda yashovchi aholi o’rtasida ko’proq uchraydi. Yodning yetishmasligi tufayli qalqonsimon bez to’qimasi biriktiruvchi to’qima hisobiga kompensator kattalashadi, ammo bu jarayonda tireoid gormonlar sekretsiyasining oshishi kuzatilmaydi
Qalqonsimon oldi bezi gormonlari - Qalqonsimon oldi bezi gormonlari. Paratgormon qalqonsimon bezning orqa yuzasida joylashgan paratireoid bezlarda hosil bo’luvchi peptidli (84 ta aminokislota qoldig’i) gormondir. Kaltsiy kontsentratsiyasi pasayganda uning sintezi tezlashadi; ortganda esa sekinlashadi. Paratgormonning yarim yashash davri – 20 daqiqa. Nishon hujayralar suyak va buyraklardir, ularda paratgormon bilan bog’lanuvchi retseptorlar mavjud. Uning ta’sirida suyakda reabsorbtsiya boshlanib, kaltsiy va fosfatlar qonga o’tadi.
Buyraklarda esa kaltsiy reabsorbtsiyasi kuchayadi, fosfatlar reabsorbtsiyasi pasayadi, natijada organizmda kaltsiy tejab qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi. D3 vitamini gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning o’tmishdoshidir. Bu modda kaltsitrol deb ataladi. Kaltsitrolning nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kaltsiy va fosfatlarning so’rilishini, suyaklarda kaltsiy metabolizmini jonlantiradi. D3 vitamini organizmga yuborilganda kaltsiyni biriktirib oladigan va uning so’rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi. - Buyraklarda esa kaltsiy reabsorbtsiyasi kuchayadi, fosfatlar reabsorbtsiyasi pasayadi, natijada organizmda kaltsiy tejab qolinadi, fosfatlar esa chiqarib yuboriladi. D3 vitamini gormon sifatida ta’sir etadigan moddaning o’tmishdoshidir. Bu modda kaltsitrol deb ataladi. Kaltsitrolning nishon a’zolari ingichka ichak va suyak. Ingichka ichakda kaltsiy va fosfatlarning so’rilishini, suyaklarda kaltsiy metabolizmini jonlantiradi. D3 vitamini organizmga yuborilganda kaltsiyni biriktirib oladigan va uning so’rilishida ishtirok etadigan oqsilning sintezi tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |