Qalqonoldi bezi - Qalqonoldi bezi – 2-4 ta bo’lib, qalqonsimon bez yuzasida yoki ichki qismida joylashgan. U kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadigan paratgormon (paratireod gormoni yoki PTG yoki paratirin) ishlab chiqaradi.
- Bu gormon nerv va mushak tizimini mo’tadil faoliyati va kalsiyni suyaklarda to’planishi uchun kerak bo’ladigan kalsiy miqdorini qonda ushlab turadi. Paratgormon kalsiyni siydik bilan ajralishini kamaytirib, uning ichakda so’rilishini D vitamini ishtirokida kuchaytiradi.
Ayrisimon bez (Timus) - Ayrisimon bez – toq limfoid organ, to’sh suyagi orqasida joylashgan. Timuds limfoidlar kabi T-hujayralar bilan bir qatorda timozin va timopoetin gormonlarini ishlab chiqaradi. Ular immun va o’sish jarayonlarining kimyoviy stimulyatorlari hisoblanadi.
- Oshqozon osti bezi – qorin bo’shlig’ining chap tomonida, me’da ostida joylashgan. Ezning ekzokrin qismi – atsinoz (zimogen) to’qimadan, endokrin qismi – Langergans orolchalaridan (pankreatik orolchalar) iborat. Langergans orolchalari – murakkab ichki sekretor apparati bo’lib, har xil turdagi hjayralar to’plamidan iborat:
- α-hujayralarida ishlanadigan glyukagon gormoni uglevod va yog’lar almashinuvini;
- β-hujayralarida sintezlanadigan insulin uglevodlar, yog’lar, oqsillar metabolizmini boshqaradi.
- D – hujayralarida esa somatostatin, pankreagastrin va sekretinlar ishlab chiqariladi.
- Somatostatin – insulin, glyukagon va boshqalar ishini nazorat qiladi;
- Pankreagarstin – oshqozon bezlarining nordon (kislotali) sekretsiyasini boshqaradi;
- Sekretin – oshqozon osti ekzokrin sekretsiyasining stimulyatori bo’lib, ingichka ichakning yuqori bo’limlarida ham hosil bo’ladi.
Buyrak usti bezlari - Buyrak usti bezlari - juft organ, po’stloq va mag’iz qismlaridan iborat. Buyrak usti bezi fibroz kapsula bilan qoplangan, unda hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan kortikosteroid gormonlar ishlab chiqariladi.
Po'stloq qavati - Buyrak usti bezi po’stloq qismi hujayralari shakli bo’yicha uch qismdan iborat:
- Tashqi koptokchali qavati – mineralokartikoidlarni (aldosteron) ishlab chiqaradi, ular mineral va suv almashinuvini boshqaradi. U Na+ va K+ almashinuvini boshqarib asosan buyrakka ta’sir ko’rsatadi. Aldosteron nefron naychalarida Na+ va suvni birlamchi siydikdan qayta so’rilishini kuchaytirib, uni organizmda ushlab qoladi va K+ ni ajralishini kuchaytiradi.
- O’rta dastali qavat ishlab chiqaradigan glyukokartikoidlar (gidrokartizon, kartikosteron) uglevod, oqsil va yog’ almashinuviga ta’sir qiladi. Ular oqsil va glyukozadan glikogen hosil bo’lishini kuchaytiradi va glikogenni mushaklarda to’planishini ta’minlab, ish qobiliyatini oshiradi.
- Ichki to’r qavat hujayralari androgen ishlab chiqaradi. Ular bolalik davrida jinsiy bezlarning ichki sekretsiya faoliyati kam rivojlangan vaqtda skelet, mushaklar va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’sishida katta ahamiyatga ega.
Mag'iz qavati - Buyrak usti bezining mag’iz qavati yirik hujayralardan tashkil topgan,. Unda ikki xil hujayralar mavjud:
- Epinefrotsitlar adrenalin gormonini ishlab chiqaradi;
- Norepineftotsitlar noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi.
Noradrenalin va adrenalin qisman dofamin bilan katexolaminni hosil qiladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishini tezlashtiradi, to’qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |