1. Gorizontga burchak ostida otilgan jism 8 s da yerga qaytib tushdi. U qanday balandlikka ko’tarilgan?
A) 45 B) 80 C) 125 D) 320
2. Gorizontga nisbatan 60
o burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan jism trayektoriyasining eng yuqori qismidagi egrilik radiusini (m) toping.
A) 15 B) 40 C) 10 D) 20
3. Gorizontga burchak ostida otilgan jismning otilish burchagini o’zgartirmasdan, uchish uzoqligini 4 marta orttirish uchun boshlang’ich
tezligini necha marta
orttirish kerak?
A) 16 B) 4 C) 8 D) 2
4. Anvar avval shimoliy g’arb tomonga 28 m, keyin sharq tomonga 15 m va janub tomonga 32 m yurgan bo’lsa, uning ko’chishini (m) toping.
A) 75 B) 45 C) 11 D) 13
5. Boshlang’ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi 3 s da 165 m masofani bosib o’tgan bo’lsa, u qanday balandlikdan (m) tushmoqda?
A) 180 B) 245 C) 320 D) 215
6. 4 s vaqt intervali bilan yuqoriga otilgan jismlar yerdan 300 m balandlikda uchrashgan bo’lsa, ular qanday boshlang’ich tezlik (m/s) bilan otilgan?
A) 80 B) 70 C) 90 D) 75
7. Moddiy nuqta koordinatasi (-2; -1) bo’lgan nuqtadan koordinatasi (2; 2) bo’lgan nuqtaga ko’chdi. Nuqtaning ko’chish uzunligini toping?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
8. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamasi 6 - 2t = x
1 va 3t - 24 = x
2
ko’rinishga ega. Ular qancha vaqtdan (s) keyin uchrashadi?
A) 12 B) 6 C) 4 D) 2,25
9. Ikkita moddiy nuqtaning harakat tenglamalari 10 - 5t = x
1 va 2t - 18 = x
2
ko’rinishga ega. Ular koordinata o’qining qayerida (m) uchrashadi?
A) 10 B) 14 C) 4 D) 12
10. Kuzatuvchidan 1332 m masofada temir relsning ustiga bolg’a bilan urildi. Zarba tovoshi havoda relsdagiga nisbatan 3 s kechikib keldi. Agar tovushning
havodagi tezligi 333 m/s bo’lsa, temirdagi tezligini (m/s) toping.
A) 666 B) 1332 C) 5130 D) 2664
11. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 36 km/h tezlik bilan, yo’lning qolgan qismini esa 72 km/h tezlik bilan bosib o’tdi. Avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini (m/s) toping.
A) 54 B) 15 C) 13,3 D) 10,3
12. Jismga bir vaqtning o’zida 4 N va 5 N kuchlar ta’sir qilishi mumkin. Quyidagilarning qaysi biri shu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi bo’la oladi?
A) 0,5 N B) 10 N C) 20 N D) 7,2 N
13. G’ildiraklari va rels (iz) orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng bo’lgan 4000 t massali poyezd o’zgarmas 36 km/h tezlik bilan harakat qilmoqda. Poyezdni tortayotgan paravozning tortish kuchini (MN) toping.
A) 8 B) 4000 C) 8000 D) 36
14. Biror sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishi g qaysi kattaliklarga bog’liq emas?
A) sayyoraning quyoshdan qanchalik uzoqligiga B)
sayyora massasiga
C) sayyora radiusiga D) sayyora zichligiga
15. 5 kg massali tosh 60 m/s boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga tik otildi va 100 m balandlikkacha ko’tarildi. Havoning harakatga qarshilik kuchuni (N) toping.
A) 100 B) 80 C) 60 D) 40
16. Kosmik kema Yer va Oyning o’rtasida shunday joylashganki, uning Yerga gravitatsion tortishish kuchi Oyning tortish kuchiga teng.
Kosmik kemaning
dvigateli ishlayaptimi? Uning tutuni qaysi tomonga chiqishi kerak?
A) ha,
ishlayapti, tutun Oy tomonga chiqadi
B) ha, ishlayapti, tutun Yer tomonga chiqadi
C) yo’q, dvigatel ishlamayapti,
tutn chiqmaydi
D) ha ishlayapti, tutun Oy bilan Yerni tutashtiruvchi
to’g’ri chiziqqa perpendikulyar yo’naladi
17. Dinamometrning ikki tarafiga 450 N va 500 N kuch qo’yilgan. Dinamometr necha N ko’rsatadi?
A) 50 B) 950 C) 450 D) 425
18. Vaznsiz blokning ikki tarafiga o’zaro ip bilan bog’langan 200 g va 300 g massali yuklar osilgan. Ipdagi taranglik kuchini (N) toping.
A) 1,2 B) 5 C) 2 D) 2,4
19. Yer sirtidan 3R balandlikda sun’iy yo’ldosh doiraviy orbita bo’ylab aylanmoqda (dvigatellar ishlamayapti) . Kema ichidagi 16 kg massali jismning vazni (N)
qanday bo’ladi?
A) 0 B) 40 C) 10 D) 1,6
20. Yer sirtidan 4R balandlikda 10 kg massali jismning Yerga tortilish kuchini (N) toping? R – Yer radiusi.
A) 4 B) 20 C) 25 D) 100
21. Uzunligi 50 sm bo’lgan ip maksimum 64 N kuchga chidaydi. Ip uzilib ketmasligi uchun unga bog’langan 200 g massali yukni qanday eng katta chastotada (Hz) aylantirish mumkin?
A) 4 B) 2,5 C) 24 D) 6,25
22. 3 t massali avtomobil 72 km/h tezlik
bilan harakatlanib kelib, 10 s da tormozlanib to’xtadi. Tormozlovchi kuchni (kN) toping.
A) 3 B) 4,5 C) 1,5 D) 6
23. Gorizontal tekislikda aylanayotgan disk ustidagi jism ham disk bilan birga aylanmoqda. Agar diskning aylanish chastotasi 2 marta kamaytirilsa, jismga ta’sir qiluvchi ishqalanish kuchi qanday o’zgaradi?
o’zgarmaydi B) 2 marta kamayadi
C)1,41 marta ortadi D) 4
marta kamayadi
24. Moddiy nuqtaga 2 ta 17 N kuch ta’sir etmoqda. Kuchlarning yo’nalishla ri orasidagi burchak 120
O. Jismga ta’sir etayotgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisini (N) toping.
A) 34 B) 17 C) 23,8 D) 29,4
25. 2 kg massali jismga o’zaro perpendikulyar bo’lgan 24 N va 10 N kuchlar va sirpanish ishqalanish kuchi ta’sir qilsa, u jism 5 m/s
2 tezlanish bilan harakatlanadi. Jismga ta’sir qilayotgan kuchlarning teng ta’sir etuvchisini toping (N).
A) 10 B) 3 C) 13 D) 16
26.350 kg massali vagonetkaga gorizontal yo’nalgan qanday kuch (N) ta’sir qilsa, rels bo’ylab 0,15 m/s
2 tezlanish oladi? Harakatga qarshilik kuchi 12 N. A) 52,5 B) 64,5 C) 40,5 D) 53,9
27.50 kg massali jismga gorizontga 30
0 burchak ostida yo’nalgan 200 N kuch ta’sirida qilmoqda. Sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 0,2 ga teng. Jismga ta’sir qiluvchi ishqalanish kuchini (N) toping.
A) 80 B) 173 C) 86,7 D) 100
28. 30
o qiya tekislikdagi 20 kg massali jismga qiya tekislikka tik yo’nalgan 100 N kuch ta’sir qilsa, ishqalanish kuchi qanday o’zgaradi? Sirpanish ishqalanish koeffitsiyenti 0,6 ga teng. A) 1,58 marta ortadi B) 1,64 marta ortadi
C) o’zgarmaydi D) 1,04 marta ortadi
29. Jismning absolyut uzayishi 2 sm ga, nisbiy uzayishi 0,004 ga teng bo’lsa,
uning haqiqiy
(deformatsiyalanmagan vaqtda) uzunligini (m) toping.
A) 5 B) 0,5 C) 0,05 D) 500
30. Yer sirtidan qanday balandlikda (km) jismning massasi 4 marta kamayadi? Yer radiusi 6400 km.
A) o’zgarmaydi B) 19200 C) 12800 D) 6400 11.